Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə49/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105
Nizomiy nomidagi

Tog‘ay-suyakli baliqlar tanasi ko‘pchilik akulalarga o‘xshash duksimon shaklda, o‘q skeletining asosini xorda tashkil qiladi va u bir umrga saqlanib qoladi. Bosh skeleti deyarli tog‘aydan tuzilgan, lekin miya qutisining ustki qoplag‘ichi suyaklardan iborat. Suzgich pufagi kanal bilan qizilo‘ngachga qo‘shilgan. Qo‘shilish organlari yo‘q. Otalanishi tashqi.
Shulaqanotlilar kenja sinfi baliqlar sinfining 97% qamrab oladi. Ular turli tuman muhitda yashagani uchun tashqi qiyofasi ham turlicha bo‘ladi. Skeleti to‘liq suyakdan tuzilgan. Kloakasi yo‘q. Gavdasi suyak tangachalar bilan qoplangan. Qalqonli cho‘rtan baliqlarda tangachalar suyakdan emas, balki ganoidli bo‘ladi. O‘q skeleti bir qancha umurtqalar yig‘indisidan tuzilgan.
Eng qadimgi shulaqanotlilar paleonissidlar bo‘lib, ularning qazilma qoldiqlari devonning o‘rtasi karbon va perm davrlaridagi hamma joylarda topilgan. Ichki skeleti suyakdan bo‘lgan. Dum suzgich qanoti geterokserkal tipda rostrumi rivojlangan. Sirti ganoid tangacha bilan qoplangan. Ular ko‘p jixatdan suyak-tog‘ayli baliqlardan osyotrlarga yaqin bo‘lgan. Bu baliqlar bo‘r davrining boshiga kelib qirilib ketgan.
Paleonissidlar trias davrida yashagan va ulardan suyakli gonoid kelib chiqqan. Ular paleonissidlar bilan suyakli baliqlar orasidagi oraliq forma hisoblangan. Suyakli gonoidlar triasda paydo bo‘lib, o‘rta mezozoyda hukmron bo‘lgan. Bo‘r davrining o‘rtalaridan keskin kamaygan hozirgi vaqtda ulardan amniyalar va kaymon baliqlar yashab kelmoqda. Haqiqiy suyakdor baliqlar triasda paydo bo‘lgan. Hozirgi vaqtda suyakdor baliqlar xukmron sanaladi. Suzgichlari shu’lasimon bo‘lgan baliqlar paleontologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha 100-180 mln yillar mobaynida ya’ni perm va trias davrlarda nihoyatda xilma-xil bo‘lganlar.
Ikki xil nafas oluvchi baliqlar kenja sinfi sodda tuzilishi bilan boshqa suyakli baliqlardan farq qiladi. O‘q skeletining xordadan tuzilganligi, arterial konusi hamda ichagida spiral klapanlarning bo‘lishi, suzgich pufagining yo‘qligi ularni tog‘ayli baliqlarga, juft suzgichlari skeleti , jabra qopqog‘ining borligi, miya qutisining suyakdan tuzilganligi ularni suyakli baliqlarga yaqinligini ko‘rsatadi.(14)
Bularda kislorod kam bo‘lgan suvlarda yashashga imkon beradigan sodda belgilari bilan birgalikda yuqori darajada moslashgan belgilari ham mujassamlashgan. Hozirgi vakillarida skeletning ko‘p qismi tog‘aydan iborat, yaxshi rivojlangan xorda bor. Umurtqa pog‘onasi deyarli rivojlanmagan, miya qutisi tog‘aydan tuzilgan, faqat ba’zi joylarida suyak bilan qoplangan. Jabra bilan nafas olishdan tashqari, o‘pka bilan nafas olish kuzatiladi. O‘pka bilan nafas olish organi bo‘lib ichak sistemasining ostki tomoniga ochiluvchi bitta yoki ikkita pufakcha hisoblanadi. Bu pufakcha suyakli baliqlarning suzgich pufakchalari bilan gomologik emas. Burun teshikchalari ochiq bo‘lib, o‘pka orqali nafas olishda ishtirok etadi. Yurak bo‘lmasini ikkiga bo‘luvchi to‘siq bor.
Ikki xil nafas oluvchi baliqlarning progressiv belgilaridan yana biri oldingi miyaning kuchli rivojlanishidir. Uning qopqog‘i suyakli baliq-lardagi kabi epitelial bo‘lmasdan, balki nerv hujayralarga ega.
Jinsiy sistemasi bir tomondan tog‘ayli baliqlarga, ikkinchi tomondan amfibiylarga o‘xshash. Vakil neotseratod, protopterus, lepidosiren.(13)
Bular butunlay qurib qoladigan sayoz botqoqliklarda yashagan. Havzalar qurigan vaqtda balchiqqa ko‘milib kapsulaga o‘ralib oladi va o‘pka suvsirab qolganda jabra bilan nafas oladi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar quruqlikda yashovchi hayvonlarning ajdodlari bo‘lmasada, ular bilan qator o‘xshash belgilarga ega ekanligiga baliqlarning suvda va quruqlikda yashovchilarga aylanishi yo‘llarini aniqlash imkonini beradi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin