Nizomiy nomidagi


Odamzod irqlari va ularning belgilari



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə80/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105
Nizomiy nomidagi

Odamzod irqlari va ularning belgilari
Rus antropologi N.N. Chebaksarov XX asr o’rtalarida dunyo aholisini uchta: ekvatorial yoki avstralo – negroid, Yevroosiyo yoki yevropoid, Osiyo – Amerika yoki mongoloid irqlariga bo’lgan. Odamlarni irqlarga bo’lishda tubandagi belgilar antropologlarning diqqat markazida bo’ladi:

    1. Boshning soch va uchlamchi soch qatlamining shakli.

    2. Bosh va yuzning kattaligi.

    3. Teri, ko’z va sochning pigmentatsiyasi.

    4. Ko’z tuzilishi.

    5. Dermatolifika.

    6. Qon guruhi.

    7. Tishlar shakli.

    8. Ta’m bilishni o’ziga xosligi.

    9. Ko’rish qobiliyati.

Katta irqlarning antropologik xarakteristikasi
Katta irqlarning antropologik xarakteristikasiga to’xtaladigan bo’lsak, yevropoid irqiga kiruvchi odamlarning teri rangi oqdan bug’doy ranggacha. Hatto, jigarranggacha, yuzi pushtisimon yoki qizg’ish tusda, boshidagi sochlari yumshoq tekis yoki to’lqinsimon, oqdan qora ranggacha bo’lishi mumkin. Badandagi uchlamchi yung qoplami kuchli yoki o’rtacha, soqol va mo’ylovlari esa ko’pincha kuchli rivojlangan, peshonasi to’g’ri yoki sal qiya. Burun bilan lablar o’rtasidagi oraliq ancha oldinga chiqqan yonoqlari ham xuddi jag’lari kabi kuchli bo’rtib chiqib turadi. Ko’z burchaklar bir xil sathda joylashgan. Yuqori qovoq burmasi sust rivojlangan. Ko’pchiligi qo’y ko’z, lekin Yevropaning shimoliy yarmidagi xalqlarda kulrang, ko’k, havorang ko’zlar uchraydi. Burun odamda ancha chiqib turadigan qirra burun, qanshari ancha baland. Tashqi burun teshiklari uzunasiga ketgan o’qlari oldinga yo’nalgan, lablari yupqa yoki o’rtacha qalinlikda, oldinga bo’rtib chiqmaydi. Engagi o’rtacha yoki kuchli rivojlangan. Katta yevropoid irqini ikkita tarmoqqa bo’lish mumkin.
Negroid irqi. Afrika negrlarining badanida qora yung qatlami kam, ko’pincha deyarli bo’lmaydi. Negrlarning boshidagi sochlari ko’proq jingalak qora. Peshonasi to’g’ri, peshona do’nglari yaxshi ifodalangan, qosh usti rovoqlari sust rivojlangan. Negrlarning burni yassi tortgan, sharqiy negroidlarda esa burun orqasi qavariq yoki to’g’ri bo’ladi, lablari do’rdaygan. Negroid irqining xarakterli xususiyatlaridan biri uning tarkibida pigmeylar, ya’ni pakana antropologik tiplar borligi. Bular yevropoid, mongoloid katta irqlari orasida ma’lum emas.
Negroid irqi ikkita katta tarmoqqa Afrika yoki negroid tarmoq va okeaniya yoki avstraloid tarmoqga ajraladi. Ular o’rtasida o’xshashlik bilan farqlar ham bor. Avstroloidlarda (papuaslar, melaneziyaliklar) yung qatlami kuchli rivojlangan, peshonasi o’rtacha qiya, qosh usti rovoqlari kuchliroq. Tipik negrlar Afrikada yashovchilardir.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin