Nizomiy nomidagi


Irqlarning hosil bo’lishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə83/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105
Nizomiy nomidagi

Irqlarning hosil bo’lishi
Irqiy tiplarning shakllanishida tubandagi omillar muhim rol o’ynagan:
1) belgilarning paydo bo’lishi;
2) belgilarning turg’un bo’lishi va aholida saqlanishi;
3) hududga belgilarning tarqalishi;
4) belgilarning har xil birikishda hosil bo’lishi.

  1. belgilarni o’zgarish qonuniyatlari va ta’snifi

Irq hosil bo’lish omillarining taxlil qilishda odamlarga hos yashash tarzi (jamoa bo’lib) yashash e’tiborga olinishi kerak.
Belgilarning paydo bo’lishi. Odamdagi belgilarning yangi mutatsiya tufayli paydo bo’lganligini aniq aytish juda qiyin. Mutatsiyaning tez tarqalishini aniqlovchi bilvosita usullar bor. Masalan, Xolden hisobiga ko’ra 50 ming odamdan bittasida gemofiliya aniqlangan.
Irq hosil bo’lishida aholining har xil guruhlarida o’xshash mutatsiyalar bir- biridan mustaqil hosil bo’lishi aniqlangan. Albinizm, qisqa barmoq, pakanalik kabi belgilar har xil irqlarda mustaqil paydo bo’lishi o’rganilgan. Normal belgilar, qo’ng’ir soch belgisi ham har xil irqlada o’rganilgan. Irqiy belgilarining o’zgarishi ham diqqatga sazovordir. Masalan, Afrika pakana odamlarida havorang ko’zli, niderlandiya odamlarida sochlar spiral shaklda o’ralganligi. Sochning spiral shaklda bo’lishi Afrika negrlarida va meksikaliklarda, burunning cheti oldinga chiqqanligi popuas va Shimoliy Amerika indeyslarida hamda yevropaliklarda bir-biridan mustaqil holda paydo bo’lgan.
Belgilarning mustahkamlanishi. O’simlik, hayvonlarda yangi belgilarning turg’un holatga o’tishi saqlanishi va boshqa individlarga tarqalishi tabiiy tanlanish, ya’ni shu muhitda, shu belgiga ega formalarning yashab qolishi bilan belgilanadi. Odamlar evolyutsiyasida tabiiy tanlanish organik olamdagiga o’xshab katta ahamiyatga ega bo’lmaydi. Bu holat odam geografik muhit bilan bevosita aloqada bo’lmasligi, balki ijtimoiy muhit va madaniyat tufayli ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan aloqada bo’ladi.
Jamoa odamlarining o’zaro aloqasi biologik qonuniyatlar asosida emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar asosida ro’y beradi. Raqobat, urush bilan xalqlarni qirib tashlashni tabiiy tanlanish formasi sifatida talqin etish haqiqiy holatni buzib ko’rsatishdir. Agar katta irqlarning paydo bo’lishini ilk davrlariga e’tibor qilinsa, u holda geografik muhitining rolini ba’zilar inkor etishi mumkin emas. Negr, Habashiston, Indoneziya, Avstraliya, Janubiy Mongoliya irqlari shimoldagi odamlar-ga nisbatan terisining qoraligi, tropik mintaqadagi quyoshning ultrabinafsha nurlarining kuchli ta’siri natijasida paydo bo’lib, moslanish xossasiga ega bo’lgan. Negrlarga ter, yog’ bezlarining qachonlardir oq tanlilarga qaraganda moslanishi ahamiyatiga ega bo’lgan. Shimoliy o’lkalardagi odamlarning boldir suyaklarining tropik zonadagi odamlarning boldir, son suyaklariga karaganda kaltaligi qattiq sovuqda oyoq suyaklari uzunligi qulay emasligidan dalolat beradi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin