Nizomiy nomidagi


Urug’ning vujudga kelishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə91/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105
Nizomiy nomidagi

Urug’ning vujudga kelishi. Galaning urug’ jamoasiga aylanishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi va shu bilan bog’liq ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va o’zgarishi, shuningdek, yaqin qarindosh bilan jinsiy aloqada bo’lishni bartaraf qilinishi bilan bog’liqdir. Keyingi neolitdagi mustahkam o’troqlik va ovchilik hamda turar-joylar xarakteri o’sha davrda ishlab chiqarish birlashmalaridan iborat katta inoq jamoa mavjudligini ko’rsatadi. Har bir turar- joyda kamida 50 nafar odam yashagan. Manzilgohlarda ikki yoki uchta turar joy bo’lgan.
Birgalikdagi mehnat faoliyati, umumiy turar- joy, nisbiy o’troq jamoa a’zolarining jipslashuviga va qarindoshlik aloqasining anglashga olib kelgan. Qarindoshlik haqidagi tushuncha jismoniy qarindoshlikni emas, balki jamoa iqtisodiy va ijtimoiy birligining ifodasi bo’lgan. Qarindoshlikni guruh qarindoshligi sifatida anglashi tojemlar g’oyasi asosida bo’lgan (tojem - hindcha uni urug’ degan). Ayol urug’ning boshlig’i hisoblangan, bolalar uning atrofida to’plana borgan. Ayol jamoaning qon-qarindoshlari o’rtasida nikohlarning ta’qiqlanishi bilan homo sapiensda ekzogamiya vujudga kelgan. Bu davrda ikki urug’ o’rtasida nikohlanish natijasida urug’ paydo bo’lgan, ba’zi olimlar fikricha, ikkita urug’ birlashgan va natijada nikoh endogamiyaga aylangan.
Avstraliyaning ayol tomon qarindoshlaridan tashkil topgan ichki nikoh sinfiy ekzogamiyaning eng eski shakli sanaladi. Sinflar o’rtasidagi nikoh ahdlari tuzilgan. Bir sinf erkaklari boshqa sinf ayollari bilan jinsiy aloqa qilishgan. Nikoh guruh holda bo’lgan. Har qaysi qalliq o’z sinfi ichida yashagan. Erkaklar ba’zi- ba’zida xotinlarini borib ko’rgan. Bolalar ona safida qoldirilgan. Demak, qizlar o’z otalarining xotinlari bo’lib qolish ehtimoli mavjud bo’lgan. Demak, yaqin qarindoshlar bilan jinsiy aloqada bo’lish tamomila bartaraf etilmagan.
Avstraliyaliklarning qarindoshlik sistemasi bo’yicha ayol faqat o’zining haqiqiy erini emas, balki o’z nikoh sinfining hamma erkaklarini ham o’z eri deb atagan, erkak esa o’z xotini sinfining barcha ayollarini o’z xotinlari deb hisoblasa, ayoli o‘lganda uning o’z qizlari ham shu sinf tarkibiga kirar edi.
To’rt sinfli nikoh sistemasida ota - onalar bilan bolalar o’rtasida nikoh bartaraf qilingan. Bu esa chamasi guruh holidagi nikohni tartibga solishdagi ikkinchi qoida bo’lgandir. Birlamchi ishlab chiqarish jamoasidan iborat bo’lgan urug’ faqat ekzogamiya xususiyati bilan xarakterlanib qolmasdan jamoa mehnati bilan xarakterlanib, unda birgalikda ishlab chiqarish mavjud bo’lgan. Ishlab chiqarish vositalari, ist’emol mahsulotlarining umumiy, hududiy, umumiy e’tiqodni birlash-tirgan. Urug’ kromanonlarda paydo bo’lgan.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin