Nizomiy nomidagi


Matriarxatdan patriarxatga o’tilishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə94/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105
Nizomiy nomidagi

Matriarxatdan patriarxatga o’tilishi. Ota urug’ning ona urug’i o’rnini olishi jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan. Ayol ishlab chiqarishda muhim mavqeyni egallab turganiga qadar oila - urug’ munosabatlarida matriarxal xarakteri saqlanib turgan. Plug dehqonchilik, chorvachilik, kasbkorlik, ovchilik ixtisoslashtirilgan. Baliq ovlash erkaklar mashg’uloti hisoblangan. Ularning rivojlana borishi bilan erkak doimiy zahiralarni vujudga keltiradigan va ortiqcha mahsulot ishlab chiqaradigan bo’lib qolgan. Bular uning mulki bo’lgan kasbchilikni, dehqonchilikdan ajralib chiqishi sababli ayol kishining ilgarigi uy xo’jaligi faoliyatidagi ko’pgina sohalar ham erkaklarning hunarmandchilik kasb mashg’ulotiga aylangan. Erkak boshqarish ishini qo’lga olgan. Ayol ijtimoiy ishlab chiqarishdagi yetakchilik rolini yo’qotib, jamiyatdagi va oiladagi birinchi o’rinni erkak kishiga bo’shatib bergan. Ayollar qishloq kengashi va majlislarida ishtirok etishdan chetlashtirilgan. Ayol erga chiqishda erining jamoasiga ko’chib o’tadigan bo’lgan. Urug’ ayolni uzatar ekan uning uchun haq, ish kuchi birligining yo’qotilishi evaziga tovon to’lashni ta’lab qilgan.
Shu tariqa ayollarni sotib olish vujudga kelgan. Xotin erining irodasiga tomomila bo’ysungan. Ayollari er jamoasiga mahkam birikishi uchun levirat (lotincha levir qaynog’a) aka yoki uka o’lsa uning xotiniga uylanishga haqli bo’lgan. Sarorat (lotincha soror-singil) ham erkak tomonidan o’lgan xotin uchun to’langan haqni qaytarib berish talab qiladigan bo’lsa uning singlisiga uylanishga haqli bo’lgan. Erkak oila boshlig’iga, ayol uning oqsochiga aylangan.
Magistrlar bilimini sinash uchun savol va topshiriqlar
1. Ilk paleolit odamlarining ijtimoiy munosabatlari qanday bo’lgan?
2. Urug’chilikning kelib chiqish sabablarini tushuntiring.
3. Mezolit va neolitda ona urug’i davri odamlarning yutuqlari nimadan iborat bo’lgan?
4. Matriarxatdan patriarxatga o’tilishining ijobiy tomonlarini yoriting.
5. Mezolit va neolit davrlaridagi ijtimoiy munosabatlarni tushuntiring.



Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin