Nizomiy nomidagi


Urug’chilik tuzimining rivoj topishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə93/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   105
Nizomiy nomidagi

Urug’chilik tuzimining rivoj topishi. Keyingi poleolitda ona urug’ning rivojlanishi yuqori bosqichga o’tdi. Mezolitda qabila bir necha urug’dan tashkil topa boshlagan, ular o’rtasidagi aloqalar murakkablasha borgan. Mehnatning tabiiy taqsimoti aniq ifodalanadi. Erkaklar ovchilik, ayollar terib- termachilik, ovqat topish bilan shug’ullanganlar. Ularning ijtimoiy mavqeyi teng huquqli bo’lgan. Jamiyat a’zolaridan farq yoshga qarab bo’lgan. Jamoa yosh bo’yicha keksa odamlar, katta yoshli odamlar va bolalar guruhlariga bo’linganlar. Har bir guruhning o’z huquqlari va burchlari bo’lgan. Masalan, bolalar urushlarda qatnashmas, yig’ilishlarda ovoz bera olmas, keksa odamlar esa, urf -odatlarni saqlovchilar bo’lib, ko’pincha ularning shaxsiga sig’inishgan. Ular bilim va tajribalariga ega bo’lganliklari uchun jamiyatga katta ta’sir ko’rsatadilar. Katta yoshli odamlar guruhiga o’tishda yigit va qizlarga mehnat malakalari va boshlang’ich ilmiy bilimlar berish, urug’chilik urf-odatlari, rivoyatlar, sirlar, e’tiqod, qo’shiq, raqslarni bilib olishdan iborat bo’lgan. Yigitlarning chidamliligi sinab ko’rilgan. Ular yarador qilingan, bir necha oldi tishi sindirilgan, tirnog’i ko’chirilgan, xatna qilingan, yangi tutunlashib yonib turgan shoxlar gulxan ustiga yotqizishgan. Sinovdan o’tganlari mehnat hayotiga tayyor deb, uylanishga ruxsat berilgan..
Neolit urug’lar fratriyaga (birodarlik - yunoncha) va qabilalarga birlashti-rilgan. Fratriya ona urug’larning bo’linishidan paydo bo’lgan, birodar urug’lar birlashmagan bo’lgan. Ona va qiz urug’lari dastlabki fratriyani tashkil etishgan.
Dastlabki qabila to’rt, sakkiz va undan ortiq urug’larni o’z ichiga olgan. Ota va ona tomonidagi qabilalar bo’lgan. Qabilaning ikki qismga bo’linishini dual tashkilot deb ataladi. Shimoliy Amerika indeyslarida fratriyalar urug’lar katta qushlar, baliqlar, hayvonlar nomida yurgan.
Har bir fratriya uch- to’rtta urug’ni birlashtiradi. Ekzogamiya barcha qabilalar tomonidan fratriyalariga tarqaladi. Harbiy bosqinlar vaqtida fratriyalarning a’zolari qul qilib olinmagan. Amerika indeyslari ijtimoiy rivojlanishda qabilaviy birlashmalardan nari keta olmagan. Jamiyatni iroda etish demokratik bo’lgan. Urug’ning barcha a’zolari teng ovoz berish huquqiga ega bo’lganlar. Yo’lboshchilar urug’ning eng tajribali, keksa a’zolaridan bo’lgan.
Aholining son jihatdan ko’payishi tufayli qabilalar chegarasi bir- biriga yaqinlashgan. Nikoh onalarning istagi bo’yicha bo’lgan. Er va xotinning joylashuvi matriarxal, ya’ni er xotinning oilasiga ko’chib o’tgan. Lekin erkin nikoh uzoq vaqt davom etgan. Juft oila mustaqil xo’jalik yuritgan. Qabilalararo urushlar davomida ko’pincha manzilgohlar yo’q qilingan, aholi qirilgan va asir olingan. Harbiy asirlarni ba’zan yeb qo’yishgan, ammo ko’pincha o’ldirilgan.
Birgalikdagi mehnat va umumiy mulkning mavjudligi sharoitida jamoalar ortiqcha mahsulotlarni urug’ oqsoqollarining vositachiligida ayriboshlaganlar.
Alohida ishlab chiqarishning paydo bo’lishi va xususiy mulk vujudga kelishi bilan individual ayriboshlash yuzaga kelgan. Ishlab chiqarish va ayriboshlashning individullashuvi natijasida ayrim kishilarning qo’lida ortiqcha mahsulotlar jamg’a-rilib borgan, bunday mahsulotlar xususiy mulkchilikka asos solgan.
Ijtimoiylashtirilgan xo’jaliklarda mehnat unumdorligi orta borgan. Harbiy asirlar qulga aylantirilgan. Patrialxal qullik butun dunyoga yoyilgan va nasldan- naslga o’tgan.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin