Nizomiy nomidagi


Ilk paleolit odamlarining ijtimoiy munosabatlari



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə90/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   105
Nizomiy nomidagi

Ilk paleolit odamlarining ijtimoiy munosabatlari. Ilk paleolit davrida to’rtlamchi geografik davrning boshlarida ajdodlarimiz hamma joyda tarqalgan bo’lib, o’ziga xos turmush tarziga, xo’jalik va madaniyatiga ega bo’lgan. Siyrak bir- birlaridan ajralgan odam guruhlari yashagan. Mehnat qurollarining o’xshashligi insoniyatning paydo bo’lish birligi bilan izohlanadi. Jamoa bo’lmay oziq- ovqat topish, mehnat qurollarini yasash, ularni ishlab chiqarish tajribalarini saqlab qolish va boshqa odamlarni o’rgatishi mumkin emas. 20 - 40 kishiga ega bo’lgan ilk jamoa ibtidoiy odamlar galasi deb atalgan. Ularda zoologik individuallik mavjud bo’lib, tartibga solingan jinsiy munosabatlar asosida qonli to’qnashuvlar, odamxo’rlik bo’lgan. Ota- ona bilan bolalar tug’ishgan aka - ukalar bilan opa- singillar o’rtasida nikoh cheklanishlari bo’lmagan. Qon - qarindoshlik tan olinmagan.
Arxantroplar ko’proq jipslashganligi bilan maymun galalaridan farq qilgan. Mehnat qilish odamlar galasining yashash sharti bo’lgan. Termachilikdan ov qilishga o’tish bilan odamlar malakasini tobora murakkablashib borishiga sabab bo’lgan, chidamlilik xislatlari rivojlanib borgan. Mustae davrida yirik hayvonlarni hiyla bilan ovlash oldingi davrga nisbatan orta borgan. Ular o’zaro jipslashib borgan.
Neandertal galalari 30 - 100 ta kishigacha bo’lgan. O’troq hayot kurtaklari umumiy o’choq, turar- joy, birgalikda mehnat qilish odamlarni jipslashtirgan. Nikoh avvaldan gala ichida bo’lgan. Ov, termachilik, ovqat topish davrida jinsiy muno-sabatlar man etilgan. Ayrim olimlar katta avlodlar bilan kichik avlodlar o’rtasida nikohlarni man etishdan iborat bo’lgan deydilar.
Urug’chilik jamoasi. Keyingi paleozoy (40 - 14mln yillar ilgari) tabiiy sharoitlari, odamlarning mehnat qurollari, turar- joylarga o’rnashishlari kuzatilgan.
Keyingi paleolitda qurollar shakl jihatdan xilma- xil, ishlatish bo’yicha ancha takomillashgan va xizmat vazifasi jihatdan xilma- xil bo’lgan. Masalan, tarash-lagichlar, pichoqlar, teshgichlar, tig’lar, nayza uchlari, sanchiqi nayzalar, nayza irqit-lar, garpun kabilar.
Toshga ishlov berish texnikasi takomillashib borgan. Qurol ishlatishning yangi usuli qurolni simmetriyalash (mutanosib qilish) uni ish bajaradigan chetini o’tkirlashtirish uchun toshga ikkilamchi ishlov berishda qo’llaniladigan siqma (otjim) keng yoyiladi. Siqish texnikasi toshni ingichka suyak tayoqcha bilan sekin bosib undan yupqa tangachalar (parchalar) ajratib olishdan iboratdir.
Keyingi paleolitda qurollar yasash uchun hayvon suyaklari va shoxlardan keng foydalana boshlaganlar. Keyingi paleolitda ovchilik terib- termachalab ovqat topish tirikchilik manbalari bo’lib qola bergan. Baliq ovlash yuzaga kelgan. Keyingi paleolitda aholi zichligi kamroq bo’lgan, shuningdek, ovchilar mamontlarni G’arbiy Yevropadagi kabi ma’lum darajada qirib yubora olishmagan. Ovchilik muvaffaqiyatli bo’lgan.
Odamlar g’orlardan turar- joy sifatida foydalanishgan va tabiiy sharoitga qarab o’zlari turar- joylar, bostirmalar, chayla, kapalar, ishlatiladigan yerto’lalar (o’rtasida o’chogi bo’lgan) odamlar hayvonlarni qirib biturgunicha bir joyda yashab keyin esa turar- joylarini yangi yerlarga olib borganlar. Mehnat unumdorligining orta borishi va turmush jarayonlarini ancha yaxshilanishi tufayli aholining zichligi orta borgan va shu bilan hayvonlarni ko’plab haydab kelib ovlash kuchaygan. Keyingi neolit davrida hozirgi jismoniy tipdagi odamlar shakllanadilar. Endazimiya cheklansh ekzogamiya nikoh bir guruh odamlar jamoasining erkaklari bilan boshqa odamlar jamoasining ayollari nikohlagan. Irqiy farqlar ming yillar davomida tashqi qiyofasiga muhitning ta’siri ostida shakllana borgan. Geografik muhitga moslanuvchanlik odamning biologik xususiyatlari (miyasining tuzilishi, oyoq qo’l tanalari) qabilalarga daxl qilmagan. Odamlarning tashqi jismoniy xususiyatlari nasldan- naslga meros bo’lib qolish va alohidalashgan irq genining ikkinchi omili sifatida mustahkamlana borgan. Frantsu va Bernvo 1675 -yilda irq tushunchalarini odamga nisbatan birinchi marta qo’lladi. 1735- yilda Klinni odamning tashqi jismoniy farqlari asosida inson irqlarini klassifikatsiya qildi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin