Nizomiy nomidagi


Alohidalanishning belgilar jamlanishiga ta’siri



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə86/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105
Nizomiy nomidagi

Alohidalanishning belgilar jamlanishiga ta’siri.
1. Antropologlarning ta’kidlashicha, ibtidoiy jamoaning shakllanish jarayonida uzoq vaqt kam sonli odamlardan tashkil topgan odamlar guruhi o’zlarini boshqa guruhga qarshi qo’ygan, ularning tilini bilmagan, ba’zan geografik jihatdan ulardan alohida -alohida bo’lib yashaganlar.
2. Zoogeograflarning guvohlik berishicha, kenja turlar orasidagi tafovut, ularning bir - biridan qanchalik uzoq muddat davomida alohida -alohida yashaganliklari va ularning o’zaro aralashib ketmaganligi bilan belgilanadi.
3. Genetiklarning ta’kidlashicha, alohidalanish populyatsiyalarda belgilarning tarqalishiga gomozigota formalarni alohida -alohida ko’payishiga sababchi bo’ladi. Odam guruhi alohida yashashiga sabab har bir guruh o’z taqdiri kelajagini shu yer sharoiti bilan bog’laydilar. Bunga misol qilib eskimoslarning shimolda, bushmenlarning sahro – cho’lda yashashini olish mumkin
Irq va millat. Irq bilan millat tushunchalarini farqlash lozim. Odam tili, yashash hududi, turmush kechirish tarzi, ruhiy holatining o’xshashligi bilan millatga ajraladi. Millatdan farqli ravishda irq deganda ma’lum areal bilan bog’liq odamlar jismoniy tipi o’xshashligi tushuniladi.
Rus irqi, ingliz irqi yoki italyan irqi deb atash xato hisoblanadi. Masalan, shimolda yashovchi italyanlar janubda yashovchi italyanlarga qaraganda baland bo’yli qoramtirroq ko’z va sochlidir. Har bir irqqa kiruvchi odamlar turli xil tilda gaplashadilar. Irq bilan millat orasidagi tarqalish xilma – xil, masalan, azarbayjon yevropa irqining janubiy variantiga yakutlar, mongoloid, chuvashlar ural irq tipiga mansub. Melaneziyaliklar, malayziyaliklar, polineziyaliklar antropologik tipi bo’yi-cha farqlansalar ham malay – polineziyaliklar til guruhiga kiradi. Shunga o’xshash dalillar til bilan irq o’rtasida sababli bog’lanish yo’qligini ko’rsatadi. Ba’zi holatlarda til bilan irq o’rtasida tarixan bog’lanish bo’ladi. Til bilan irq o’rtasida tarixan bog’lanish har xil shakllarini o’rganish natijasida tubandagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Til va madaniyat antropologik tiplarni aralashmasi bo’lmasa ham tarqalishi mumkin. Lekin antropologik tipi ma’lum madaniyat tilni tashimasdan tarqala olmaydi.
2. Antropologik dalillar u yoki bu xalqning tarkibidagi irqlarni aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.
3. Antropologik tarkib bo‘yicha bir xil aholining har-xil tilda gaplashadigan guruhlarga ajratilsa, tarixiy jarayonda ularning umumiyligini ko’ramiz.
4. Xalqlarni tarixiy - madaniy klassifikatsiya qilishda ikkita prinsipni farqlash lozim.
A) xo’jalik - madaniy formasi bilan klassifikatsiyalash (Masalan: serktik dengiz oldi ovchilar, tundra kiyik boquvchilar ko’chmanchi chorvadorlar);
V) tarixiy etnograf shoxobchasi bo’yicha klassifikatsiyalash, ya’ni xalqlarning tarixiy taqdirining birligi uzoq vaqtdan beri ularni o’zaro aloqasi, ta’siri bo’yicha klassifiqatsiyalash).
5. Irqlar muammosini hal etish tarixiy etnografik klassifikatsiyalash xo’jalik madaniy klassifikatsiyaga nisbatan katta ahamiyatga ega.
6. Antropologik tiplarning chegarasi tarixiy - etnografik oblasti, xo’jalik, madaniy tiplar chegara nisbatiga mosdir.
Irq bilan millatni farqlash kerak. Odamlarni tili, yashash hududi, iqtisodiyoti, hayot kechirish tarzi va ruhiyatining umumiyligi bilan millatga ajratiladi.
Irq esa ma’lum geografik hudud bilan aloqador bo’lgan odamlarning antropologik tipi sanaladi. Hech bir payt ingliz irqi, german irqi, xitoy irqi deb aytilmagan.
Bir millat ichida irsiy belgilar turli variantlarda uchraydi. Masalan, Andijon aholisining ko’pchiligi mongoloid, Farg’ona, Toshkentda yashovchi o’zbeklarning ko’pchiligi yevropoid irq tipiga mansub belgilarni o’zida namoyon qiladi. Til bilan irq o’rtasida hech qanday bog’lanish bo’lmaydi.
Masalan, MDH davlatlarining turkiy tillarda so’zlashuvchi xalqlari orasida azarbayjonlar janubiy yevpopoid, yakutlar, mongoloid irqiga mansubdir. Bir irq doirasida turli tilda so’zlashuvchi odamlar bo’ladi. Masalan, yevropoid irqidagi fransuz, nemis, polyak kabi millatlar boshqa tillarda gaplashadilar.
Til va madaniyat irqiy belgilari migratsiya irqiy komponentlarni tashib yuradi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin