Nizomiy nomidagi


Belgilarning to’planishiga alohidalanishning ta’siri



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə84/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105
Nizomiy nomidagi

Belgilarning to’planishiga alohidalanishning ta’siri.
1. Ibtidoiy jamoalar rivojlanishi uzoq vaqt davomida alohida-alohida bo’lib, kam odamlardan tashkil topgan. Bu odamlar qo’shni guruhlardan geografik jihatdan ajralgan holda yashagan.
2. Zoogeografik dalillarning guvohlik berishicha, kenja turlar orasidagi tafovut ularni qanchalik bir - birlaridan alohida mavjud ekanligiga bog’liq bo’ladi.
3.Genetik dalillarning nazariy jihatdan ko’rsatishicha, aloxidalashgan populyatsiya-larda belgilarning tarqalishi ro’y beradi. Alohidalashgan populyatsiyada sekin- asta gomozigota formalar hosil bolishi amalga oshadi. Kam sonli populyatsiyalarning alohidalanishi gomozigotagalilikka olib keladi. Chunonchi tog’li rayonlarda yashay-digan tojiklarning alohidalanishgan populyatsiyalardagi gomogametallik har xil ko’rinishda amalga oshgan. Ular qanday bir-biridan alohidalashganligi vaqtga bog’langan. Lekin eskimoslar bilan boshqa mongoloidlar orasidagi tafovutlar butunlay alohidalanish bilan bog’lash noto’g’ri bo’lur edi. Bunga ular tarixining har- xil bo’lishi ham ta’sir etgan bo’lishi mumkin. Lekin ularni tashqi muhit ta’siri bilan bir xil bo’lgan deb hisoblab bo’lmaydi. Masalan, har - xil joyda yashaydigan indeyslarning seno, vedd, taolo, panian qabilalari qadimgi sanlazonlar bilan o’zaro o’xshash ekanligi ma’lum bo’lgan. Uzoq vaqt alohidalashgan bo’lsalarda, bunga asosiy sabab bu guruhlarning birortasi yangi viloyatning o’ziga xos sharoitini egallamaganligi va o’z taqdirini eskimoslarga o’xshash qutb yoki bushmenlarga o’xshash cho’l sharoiti bilan bog’lamaganliklaridir.
Belgilarning tarqalishi. Ijtimoiy omil u yoki bu hududda belgilarning tarqalishida o’ziga xos ahamiyatga egadir. Omilning qandaydir guruhi geografik va tarixiy sabablariga ko’ra boshqa guruhlarga nisbatan yuksak ishlab chiqarish kuchlarinng rivojlanishida o’tsa, bu guruh soni ko’payadi, bu sohada pastki ko’rsatgichlarga ega formalarni o’zlashtirib, ular tarqalgan hududning kamayishiga sababchi bo’ladi. Bu jarayon bilan bog’liq bo’lmagan holda irqiy belgilar o’z - o’zidan avtomatik ravishda tarqala boshlaydi.
Shunday qilib irqlar yangi keng maydonlarda paydo bo’ladi va u hayvon hududlaridan farqli ravishda ijtimoiy - iqtisodiy sabablarga ko’ra kattaligi va chegarasi bilan belgilanadi. Agar bir irq boshqa irqga nisbatan katta hududga ega bo’lsa, bu farq o‘sha irqlarning o’ziga xos xossalari bilan emas, balki xo’jalik yuritish tipi ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan ma’lum darajada hududiy va geografik o’ziga xosligidan foydalanish imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin