Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə85/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105
Nizomiy nomidagi

Irqlarning aralashuvi
Irqlarning yangi tiplarining shakllanishida metisariya, ya’ni har xil irqlar orasidagi nikoh ularning aralashuvida nihoyatda katta rol o’ynaydi. Yevropa ekspansiyasiga qadar irqlar orasidagi nikoh Sudan, oldingi Hindiston, Hindi - xitoy, Indoneziya, Mikroneziya, O’rta Osiyo, G’arbiy Sibir Oltoy - Sayan tog’lik o’lkalarida kuchli bo’lgan.
Yevropa ekspansiyadan keyingi irqlar orasidagi nikoh AQSH va Markaziy, Janubiy Amerikada kuchli bo’lgan. Turli irqlarning nikohidan rivojlangan metislarda belgilarning oraliq holda irsiylanishi ro’y beradi. Masalan, G’arbiy Sibir xalqlari buryat, yakutlarga qaraganda mongoloid tipining belgilarini kamroq ifoda qiladilar. Ular mangoloid va yevropid irqlari nikohidan paydo bo’ganlar. Agar u yoki bu hududdagi qazilma holdagi odamlar ikki katta irqga tegishli bo’lsa, bundan hozirgi mavjud odamlar tipi ularning o’zaro nikohlanishidan hosil bo’lgan, degan xulosaga kelish mumkin.
Irqlarning shakllanishi. Irqlarning shakllanish tarixi deganda irqlarning bir qator cheklangan arealda shu irqqa ta’sir ko‘rsatib, uning o‘zgarishini yo`naltirib bergan har xil tabiiy va ijtimoiy shart-sharoitlarning birgalikdagi ta’siri ostida kelib chiqishi va rivojlanish yo`lini tushunmoq kerak. Yuzaga kelgan belgilar shu tufayli bir-biri bilan qo`shilib yangi komplekslarni hosil qilgan.
Antroplogik tiplarning tarqalishi alohidalanish, ko`payishi, aralashuvi, ovqatlanish usullarini o`zgartirishi, tabiiy va jinsiy tanlanish bilan birga qo`shilib, qadimgi gominidlarda irqlar rivojlanishi yoki irq genezining asosiy omili bo`lgan.
Ushbu omillar har xil tarzda bir-biriga qo`shilib hamda o`zin ng shiddati va ta’siri jihatidan har xil tarzda o`zgarib borib, insoniyatning tarixiy rivojlanishi davomida irqlarning shakllanishiga turlicha ta’sir ko`rsatgan. Irqlarning paydo bo`lish jarayoni tubandagi bosqichlar orqali ro’y bergan.
Omillarning irqiy belgilari ta’sir etish bosqichlari:

  1. Belgining irsiy o`zgaruvchanlik tufayli paydo bo`lishi.

  2. Belgilarning genotipda turg`unlashishi va ularning aholi genotipida saqlanishi.

  3. Belgilarning ma’lum hududda tarqalishi.

  4. Belgilarning o`zaro har xil birikishlarining paydo bo`lishi.

  5. Belgilarning o`zgarish tasnifi va qonuniyatlari.

  6. Belgilarning paydo bo`lishi.

Har bir holatda yangi mutatsiya tufayli odamda belgining paydo bo`lgan-ligini aniqlash nihoyatda qiyin. Belgining qanday tezlikda aniqlashning bilvosita metodlari mavjud. Xolden hisobiga ko`ra gemofiliya kasalligi bilan bog`liq gen o`zgarishini har bir 50 ming odamdan birida uchratish mumkin. Irq paydo bo`lish muammosida o’xshash mutatsiya aholining har xil guruhlarida bir- biridan mustasno hosil bo’lishi nihoyatda ahamiyatlidir. Albinizm, barmoqlarning kalta bo’lishi, pakanalikning ayrim shakllari haqiqatan ham har - xil irqlarda mustaqil ravishda paydo bo’ladi.
Normal belgilardan sariq soch to’g’risida ham shunday fikrni bayon etish mumkin. Sochning jingalakligi ham Afrika negrlari bilan melanaziyaliklarda bir biridan mustasno ravishda paydo bo’lgan.
Odam organizmida u yoki bu irsiy belgilarning jamlanishida alohidalanishning ham ta’siri bo’lishi mumkin.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin