Nizomiy nomidagi


Magistrlar bilimini sinash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə89/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105
Nizomiy nomidagi

Magistrlar bilimini sinash uchun savol va topshiriqlar
1. N.I. Vavilov boshliq chorvachilik bilan shug’ullanuvchi olimlar hayvonlarni xonakilashtirishni besh markazga bo’lgan. Ular qaysilar?
2. N.I. Vavilov boshliq chorvachilik bilan shug’ullanuvchi olimlar hayvonlarni xonakilashtirishni 7 ta qo’shimcha markazga bo’lgan. Ular Qaysilar?
3. Darvinning uy hayvonlari haqidagi fikrlarini bayon eting.
4. Ayrim hayvon turlarini xonakilashtirishdagi izchillikni tushuntiring.
5. Muflon, arxar, argali kabilarning xromosoma yig’indisi haqida ma’lumot bering.


23-Mavzu: Kishilik jamiyatini shakllanishi

Asosiy tayanch tushunchalar va bilimlar: tabiiy sharoitlar. Shakllanayotgan odamlarning mehnat qurollari, ovqat topish usullari, Ilk paleolit odamlarining ijtimoiy munosabatlari, ashel, mustae, urug’chilik, Mezolit va neolitda ona urug’i davri odamlarning yutuqlari. Mezolit va neolitda ona urug’i davri odamlarning yutuqlari


Muzlik davrlarining sabablari noma’lum. Ba’zi olimlar yer o’qi qiyaligining o’zgarishi, quruqlikning ko’tarilishi, quyosh radiatsiyasining kamayishi bilan muz-lanishni tushuntiradilar. Muzlash markazi Grelandiya bo’lgan. Muzlik davri bir yoki to’rt marta takrorlangan bo’lishi mumkin. Dastlabki ikki muzlashni kichik muzlanish bo’lib yevropa borib yetgan, lekin yog’inlar ko’p bo’lgan, hatto Sahroi Kabirda ham daryolar oqqan, harorat birmuncha pasaygan.


Ammo Janubiy, O’rta Yevropada iqlim subtropik, Janubiy Osiyo va Afrikada tropik iqlim saqlanib qolgan. Yevropada fillar, begemotlar, karkidonlar, qilich tishli yo’lbarslar, otlar bo’lgan. Daralarda anjir o’sgan. Ilk davrlarda issiq iqlim bo’lgani uchun o’simliklar yashil bo’lgan, issiqsevar hayvonlar uchray boshlagan. Muzlash boshlanishi bilan issiqsevar hayvonlar qisman o’lib, ayrimlari esa janubga siljiganlar. Ular o’rnini serjun mamontlar, serjun karkidonlar, bizonlar, bug’ular, ayiqlar, arslonlar egallaganlar. Odam ashel davrida olovdan foydalangan. Hamma narsa yeyilgan, g’amlab qo’yish bo’lmagan. Shels - ashel zamonlarida ovchilar issiqsevar hayvonlarni ovlaganlar. Sinantrop, neandertal odamlar go’shtini yeganlar. Ular ko’proq bolalarni yeganlar. Oxirgi paleolitda ham odamxo’rlik davom etgan. Mustae davrigacha odamlar xom go’shtni iste’mol qilishgan. Mustae zamonidan go’sht pishirilgan. Dastlabki odamlar turar-joy, kiyim- boshga zarurat sezishmagan. Muzliklar boshlanishi bilan (ashele oxiri mustae davridan) kiyim- boshga talab bo’lgan.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin