Nizomiy nomidagi


II BOB. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashda olib boriladigan ishlar haqida



Yüklə 186,5 Kb.
səhifə5/7
tarix29.03.2023
ölçüsü186,5 Kb.
#91097
1   2   3   4   5   6   7
Tirkasshev

II BOB. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashda olib boriladigan ishlar haqida
2.1. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashda o’tkaziladigan tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyati
Yurtimiz ravnaqiga hissa qo’shishni o’ziga azmu qaror qilib olgan shaxslami tarbiyalab voyaga yetkazishda milliy madaniyat va ma’naviyat muhim o’rin tutadi. Demak, xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy me’morchilik, milliy teatr va musiqa, qo’shiqchilik va xalq raqs san’ati namunalarining falsafiy, psixologik va tarbiyaviy jihatlarini anglash, mazmunmohiyatini chuqur bilish uchun uni xalq pedagogikasi bilan bog’lab o’rganish zarurdir. Chunki yuqorida ta’kidlangan san’at va hunarmandchilik turlari xalq hayotining bevosita ifodasi bo’lib, xalqimizning ijtimoiy hayot haqidagi tushunchalarini, uning yuksak didini, estetik qarashlarini va shu bilan birga xalq pedagogikasining axloqiy tarbiya bilan bog’liq muhim qirralarini o’zida aks ettiradi. Shuningdek, xalqimizning uzoq tarixi, urf-odatlari, keng dunyoqarashi, orzu-umidlarini ham butun ulug’vorligi va teranligi bilan namoyon etib, ular haqida keng va chuqur bilim beradi va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga, kasb-hunarga qiziqish uyg’otishda muhim manba hisoblanadi. Yurtimizda vujudga kelib, gullab yashnagan san’at turlari o’zining jozibadorligi va betakrorligi bilan dunyoga mashhur bo’lib, shulardan xalq amaliy san’ati xalqimizning ko’p asrlik tarixida madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. Xalq amaliy san’atining mohir ustalari o’z asarlariga shunchaki bezak bermasdan, balki shu bezak vositasida o’z fikrlarini aks ettirganlar. Mavjud tarixiy obidalar, qo’lyozmalar, xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi namunalari fikrimiz dalilidir. Hunarmandchilikning qadimiy davrlardan keng tarqalgan sohalari mavjud bo’lib, temirchilik, degrezlik, pichoqchilik, qulfchilik, zargarlik, zardo’zlik, duradgorlik, o’ymakorlik, xarrotlik, sandiqchilik, naqqoshlik, popopchilik, gilamdo’zlik, beshikchilik, do’ppichilik, ganchkorlik, sartaroshlik, kulolchilik, koshinchilik, ko’nchilik, charmgarlik, mahsido’zlik, etikdo’zlik, qandolatchilik shular jumlasiga kiradi. Shu o’rinda hunarmandchilik haqida ikki og’iz to’xtalib o’tsak. Taniqli etnograf I. Jabborovning ta’kidlashicha, temirchilik rivojlanishi bilan mustaqil sohalar yuzaga kela boshlagan. Masalan, o’zbek pichog’ini pichoqchilar, qulf-kalitni qulfchilar, igna-bigizni ignachilar, ro’zg’orda zarur bo`lgan buyumlami chilangar, mixgar, taqachilar yasaganlar. O`zbek zargarlari yasagan noyob qimmatbaho bezaklar dunyoda mashhur. Yog’och buyumlarini yasash hunarmandchiligini duradgorlar amalga oshirgan, bunda o’ymakorlik alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Shuningdek, uyro’zg’or buyumlarini yasaydigan usta-xarrotlar, egarchi, taroqchi, elakchi ustalar ham bo’lgan. Mahalliy duradgor ustalar milliy musiqa asboblari yasaganlar.
Qurilish ishlari bilan shug’ullanuvchi ustalarni gilkor (g’isht quyuvchi), suvoqchi, paxsakash deb ataganlar. Maxsus me’morlar, ya’ni mohir suvoqchi va ganchkorlar milliy me’morchilik san’atini egallab, machit madrasalar, minora va ko’shklar qurganlar. Sabr-toqat va og’ir mehnat talab qiladigan badiiy amaliy san’at sohasi tosh va suyak o’ymakorligi, ya’ni toshtaroshlik va sangtaroshlikdir. Sangtaroshlar asosan marmar ustunlar yasaganlar. Kulolchilik eng qadimiy va ommaviy hunarmandchilik turi bo’lib hisoblangan. “O’zbeklarning bu qadimiy amaliy san’ati o’zining boy an’analari, nozik va mayin naqshlari va o’ziga xos milliyligi bilan uzoq davrlardan beri uzoq-yaqin xalqlami ham o’ziga maftun qilib kelgan”.
Rangli, sirlangan g’isht taxtalami yasovchi ustalar koshinlar deb nomlangan, ular quruvchi bo’lsalar ham kulolchilik asboblaridan foydalanganlar. Tandirlami tandirchilar yasaganlar, teridan po’stin va bosh kiyim tikkan ustalami po’stindo’z, telpakdo’z deb ataganlar. Shuningdek, ko’n va charmdan oyoq kiyim va turli buyum yasaganlamicharmgar, etikdo’z, mahsido’z, kavushdo’z deb nomlaganlar. To’qimachilik va ipakchilik kasbi ham turli sohalarga bo’lingan. Pillani chuvatish bilan pillakashlar shug’ullanganlar, gazlama va iplarnibo’yoqchi, rangrez ustalar bo’yaganlar, so’ngra abrband ustalar unganaqsh chizganlar. Kashtachilik o’zbeklarning eng sevimli kasbi bo’lsa, do’ppi kashtachiligi o’zbek xalqining g’ururi hisoblanadi, yurtimizdagihar bir joyning do’ppisi o’zaro farqlanadi. O`zbek milliy shirinliklarinitayyorlaydigan ustalar qandolatchi, shirapaz, holvagar, shakarpaz debatalgan. Shuningdek, qassoblik, oshpazlik, novvoylik kasblari hammashhur bo’lgan. Gilamdo’zlik, kigiz bosish, savat va bo’yra to’qishham amaliy san’atning noyob turlaridan hisoblangan. Metall buyumlarga o ‘yib naqsh ishlash kasbi-kandakorlik, misdanturli buyumlami yasash misgarlik kasbi deb atalgan. Eng serhasham badiiy amaliy san’at kasbi zardo’zlik hisoblangan. Zardo`z kiyimlar va zardo’zlik kasbi haqida juda ham ko’p arxeologik va tarixiy ma’lumotlarmavjud bo’lib, ular o ‘zbek xalqining uzoq tarixiy taraqqiyotida boyan’analarga ega bo’lgan xalq amaliy san’ati madaniy merosimizningyorqin namunalariga aylangan. Xalq amaliy san’ati kasb-hunar bilanchambarchas bog’liq. Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, otabobolarimizdan 150 dan ziyod hunar turlari bizgacha meros bo’lib kelganligiga amin bo’ldik. Oilada farzandlarni hunarga qiziqtirish va o’rgatish masalalari hamma vaqt dolzarb bo’lib kelgan. Buyuk allomalar, sharq mutafakkirlari, ma’rifatparvar ziyolilar tomonidan mehnat, hunar insonni har tomonlama ulug’lovchi omil ekanligini ta’kidlovchi fikrlari hozirgi kunda hamahamiyatlidir. Xalq pedagogikasining qator manbalarida, jumladan xalqog’zaki ijodining barcha janrlarida mehnatsevarlik va hunar tarbiyasihaqida ko’plab ma’lumotlami olishimiz mumkin. Masalan:

  • Hunar zar, hunarsiz xor.

  • Hunarli er xor bo’lmas, do’st-dushmanga zor bo’lmas.

  • Hunari yo’q kishining mazasi yo’q ishining.

  • Qunt bilan o’rgan hunar, hunardan rizqing unar.

  • Bir yigitga yetmish hunar oz.

- Tekin boylik axtarguncha o’zingga bop hunar top kabimaqollardan tashqari ertaklarda ham xalq amaliy san’atining biror turinio’ziga hunar qilib olish zarurati haqida gap ketadi. Masalan: «Hunarsiz kishi o’limga yaqin» ertagida bir mamlakatning podshohi kambag’al o’tinchining qizini so’ratib sovchi yuboradi. Shunda qiz: «Podshoning nima hunari bor? Men hunarli kishiga tegaman», - debdi. Sovchilar:
«Dunyoda podshohlikdan ham katta hunar bo’ladimi? Podsho barcha hunarli fuqarolaming otasi bo’ladi», - debdilar. Qiz bo’lsa: «Menga hunarlilarning otasi kerak emas, hunarlikning o’zi kerak. Zamon o’zgarishi bilan bugun podsho bo’lgan kishi, ertaga taxtdan surilib, tilanchi bo’lib qolishi mumkin. Podshohingizga borib ayting, menga hunarini ko’rsatsin, undan so’ng tegaman»,- debdi. Sovchilar qaytib kelib, bo’lgan gapni podshohga so’zlabdilar. Avvaliga shohning achchig’i kelibdi va qizni o’limga buyurmoqchi bo’lbdi. So’ng o’ziga kelib, gilam to’qishni o’rganibdi. Hatto mamlakat podshohlari ham hunarni qadrlaganlari va o’ziga munosib kishilami hunarmandlar orasidan qidirganlarini ushbu ertak mazmunidan bilib oldik. Ko’rib turganingizdek, o’zbek xalq og’zaki ijodida hunar yuksak baholanadi, bolaligidanoq hunarga mehr qo’yib, hunarmand bo’lib yetishgan asar qahramonlari faqat ma’lum bir kasb egasi bo’lib qolmay, balki aqliy, jismoniy va ma’naviy yetuk, barkamol shaxs sifatida tasvirlanadi.
O’zbek xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati ustalarining kasb-hunarlari yuqori baholanib, yoshlami hunar o’rganishga, turli kasb-hunar sohalariga qiziqtirishga g’amxo’rlik va boshchilik qilishlari kerakligi uqtiriladi. Shuningdek, zamonamizning barkamol yoshlari ilmli, hunarli bo’lishlari bilan birga aql-idrokli, fahm-farosatli, mohir hunarmand va ibratli odob-axloq egasi bo’lishi zarurligi qat’iy ta’kidlanadi.
Xalqimiz hunar egalarini qanchalik ardoqlagan va yuksak baholagan bo’lsa, axloqiy yetuklik, kasbga hurmatni ham shunchalik yuqori o’ringa qo’ygan. Xalq amaliy san’atiga, shu orqali hunar egallashga qiziqishni uyg’otish axloqiy tarbiya bilan uyg’unlikda olib borilganligi tufayli diyorimizda o’zbek madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan qanchadan-qancha yirik mutafakkirlar, olimlar, ilmu fan san’at va adabiyot namoyondalari yetishib chiqqan. Xalq pedagogikasi manbalarida berilishicha, yoshlami hunarmand bo’lishga odatlantirish, qiziqtirish, yo’llash va undash eng avvalo oiladan boshlanadi. Hunar o ‘rgatish orqali axloqiy tarbiyalash ham oilada keyinchalik ta’lim muassasalarida davom etadi. Oiladagi kattalar yoshlami hunar o’rganishga yo’naltirish, ulaming hunarniegallayotganlarini sinchiklab kuzatib borishi va manzur bo’lgan ishlari uchun rag’batlantirib, maqtab, mukofatlab turishlari haqida xalq pedagogikasidan juda ko’p ma’lumotlami olish mumkin. Zero, xalq o’tmishida aytilgan axloq-odob, hunar haqidagi fikrlarni davr elagidan saralab o’tkazadi, durdonalarini ardoqlab, kelajak avlodga uzatadi. Demak, xalq amaliy san’ati na`munalari yoshlarda kasb-hunarga mehr uyg’otish hamda mehnatsevarlik hissini singdirish vositasi bo’lib qolaveradi.
O’zbek xalqining teatr va musiqa san’ati ma’naviy madaniyatda muhim o’rinni egallaydi. Turli xalq bayramlari va sayillarida, to’y vaziy ofatlarda doimo ommaviy xalq o’yinlari sahnalashtirilgan, askiyabozlik, qo’g’irchoq teatri, darboz, sozanda-go’yanda va masxarabozlik san’ati namoyish qilingan. O’zbek xalq teatri masxaraboz-qiziqchilar vaqo’g’irchoq teatrlariga bo’lingan bo’lib, ularda askiyaboz, muallaqchi, darboz, nayrangboz (fokuschi), yog’ochoyoq, masxaraboz, qiziqchi, qo’g’irchoq o’ynatuvchilar, sozandalar ishtirok etishgan. Ular boy zodagonlarning xasisligi, nopokligi, ta’magirligi, munofiqligini ayovsiz fosh qilganlar. Milliy teatr taraqqiyot bosqichini o’rganar ekanmiz, xalqimizko’ngli zavq-shavqqa to’lgan, san’atni qadrlaydigan, yuksak didli ekanligiga yana bir bor amin bo’lamiz. Zero, «yuksak badiiyat va haqqoniylik, ezgu maqsadlarga xizmat qilish ruhi bilan sug’orilgan asarlar yaratish - barcha san’at turlari kabi bu soha uchun ham asosiy mezon bo’lishi tabiiydir». Musiqa madaniyatida xalq ashulalari, xalq kuylari, sozandachiliksan’ati rivojlangan. Ilk to’la maqom XVI asrga oid Buxoro «Shoshmaqomi»dir. Maqomlaming asosiy mazmuni lirik sevgi va didaktikshe’rlardan tashkil topgan. Hozirgacha eng sevimli maqomlar Umar Hayyom, Jomiy, Rumiy, Navoiy, Bedil, Ogahiy kabi klassik shoirlarning asarlari asosida bastalangan. Musiqa haqida Aflotun: «Musiqa insonlarni tarbiyalashda har qanday o’zga vositalardan afzaldir. Chunki ohang va uyg’unlik inson ruhi va ruhiyati tomon yo’l topadi»,-degan bo’lsa, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy: «Ko’ngil xush ohangdan quvvat, ruh esa xush ovozdan oziq oladi»,- deydi.Qur’oni Karimdagi suralar ohangdor ovoz bilan, qiroat ila o’qilishi ham yuqoridagi fikrlar tasdig’idir. Bir tabiatshunos olim umrining oxirida o’zining she’riyatga, musiqaga ishtiyoqi kamaygani xususida kuyinib, agar umrimni qaytadanboshlash nasib qilganda, har haftada laoqal bir marta biroz she’r o’qish, andak musiqa tinglashni qoida qilib, shu yo’l bilan miyamning tegishliqismlarini faol holatda saqlab qolgan bo’lardim, deb yozgandi. Sa’diy Sheroziy kuy va qo’shiqni «Ruh ozuqasi» deb bejiz aytmagan. Kishi yaxshi kuyni tinglaganda, jaholatdan yiroqlashadi, muhabbat, sadoqat, go’zallik kabi yuksak insoniy his-tuyg’ulami qalbanhis etadi, natijada did va nafosat tuyg’usi shakllanadi. Shuningdek, musiqaning inson kayfiyati va sog`ig’iga ta’siri beqiyosligi bois uning tibbiyotda qo’llanilishi ko’hna tariximizdan ma’lum. Ulug’ siymolar musiqaning inson salomatligiga ta’siri haqida qator risolalar yozib qoldirganlar. Moziyga bir nazar solib, bir nechayillik tarixga ega bo’lgan «Navro’z», «Mehrjon», «Lola sayli», «Hosilbayrami». «Qovun sayli», «Uzum sayli», «Sumalak gurungi» kabimavsumiy bayramlar va u bilan bog’liq urf-odatlami eslaylik. Bundaybayramlarda xalq karnay-surnay, doira, nog’ora sadolari jo’rligida o’zining jismoniy harakatlari orqali qo’shiqlar kuylab, raqslar ijro etganlar. Ana shunday tadbirlar insonni ruhan tetiklikka, jismonan bardamlikka chorlagan. Masalan, qosh o’yini, bosh o’yini, yelka o ‘yini, oyoq va qo’llar o’yinlarini buyuk tibbiyot allomalari inson ruhini yanada ko’taruvchi omil, deb baholaganlar. G’arb shifokorlari ham ba’zi kasalliklarni davolashda dori-darmon o’rniga mumtoz musiqani tavsiya qilishadi.Aniqlanishicha, Betxovenning 5-simfoniyasi yurak faoliyatiga xush ta’sir qiladi, «Oy sonatasi» esa asablarni tinchlantiradi. Baxning «Italiya konserti» qahru-g’azabni bosadi. Shopenning mazurkalari va Shtrausning valslari xavotirlituyg’ulami aritadi. Chaykovskiyning «Oqqush ko’li» va Shopenning «Re-minor noktyur» ni qon bosimini tushiradi. Sharqda maqom yo’nalishidagi og’ir qo’shiqlar tinchlantirsa, sho’x, o’ynoqi ohangdagi kuy qo’shiqlar tetiklashtiradi. Xalqimiz nazdida yoqimli musiqa va ohang ta’sirida uyg’onadigan ijobiy his-tuyg’ular markaziy asab tizimiga ta’sirqilib, yurak ishini faollashtiradi, diqqatni bir joyga to’plashga, beqarorlikdan qutulish va hissiy holatni yaxshilashga olib keladi. Bir so’z bilanaytganda, yoqimli musiqa insonni yangi-yangi zafarlarga ilhomlantiradi va uning ruhiyatidagi yashirin zahiralami ishga soladi. Ulug’ tabib Abu Ali ibn Sino ham turli kasaliklarni davolashda musiqadan kengfoydalangan, har bir bemorning mijoziga qarab musiqa tanlagan. Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy musiqani uch turga bo’ladi:

  • «Birinchidan, insonga xursandchilik baxsh etadi;

  • ikkinchidan, insonda ijobiy his-tuyg’u va zavq-shavq uyg’otadi,

  • uchinchidan, inson tasavvuriga ta’sir etib, ko’z oldiga hayotdagi eng quvonchli damlarni keltiradi»,-deydi. Allomaning ta’kidlashicha, «Agar tibbiyot bilan musiqa birlashsa, odam tarbiyasida juda katta yutuqlarga erishish mumkin bo’lardi». Darhaqiqat, milliy musiqa va qo’shiqchilik san’ati yoshlarimizda nafosat tuyg’usini shakllantirish omili deb qaraladi.

Ammo inson ruhiyatiga salbiy ta’sir o’tkazadigan musiqa va qo’shiqlar albatta bundan mustasno. Bu haqda yurtboshimiz shunday fikr bildiradilar: «Agar insonning qulog’i yengil-yelpi, tumtaroq ohanglarga o’rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma’naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi hech gap emas. Oxir oqibatda bunday odam «Shoshmaqom» singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabidunyo tan olgan buyuk kompozitorlaming asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo’ladi». Demak, yoshlarimizning madaniy saviyasini yuksaltirishimiz, buning uchun esa nafosat tarbiyasiga katta e’tibor qaratishimiz zarurdir. Xalq pedagogikasi manbalarida milliy musiqa, qo’shiqchilikka oid ma’lumotlar behisob. Qo’shiqlarda xalq hayoti, xalq xarakteri, ruhiyati, shuningdek, xalq tafakkuri, dunyoqarashi, an’analari, urf-odatlari, o’zigaxos xususiyatlari butun qirralari bilan namoyon bo’ladi. Inson chaqaloqlik davridayoq alla orqali qo’shiq eshitadi, butun umri davomida qo’shiq tinglaydi, oxirgi kunida ham yig’i-yo’qlov qo’shiqlari bilan kuzatiladi, ya’ni butun umri davomida qo’shiq insonga hamrohlik qiladi. Qo’shiqlariga allalar, yor-yorlar, laparlar, mehnat qo’shiqlari, mavsumiy qo’shiqlar, muhabbat mavzusidagi qo’shiqlar kiradi. Musiqa va qo’shiqning yuksak did va nafosat tarbiyasidagi ahamiyati haqidaxalq og’zaki ijodida qator afsona, rivoyat, asotir va hikoyalami misol qilib keltirishimiz mumkin. Masalan, «Doira» rivoyatida hikoya qilinishicha, qadim-qadim zamonlarda bir mamlakatning savdogarlari savdo qilish uchun safarga chiqishibdi. Yo’llari cho’li Malikdan o’tar ekan. Yo’l yurib, yo’l yurishsa ham oz emas, mo’l yurishib, cho’li Malikning qoq o’rtasiga borib qolishibdi. Bir payt g’amlagan suvlari ham tamom bo’lib qolibdi. Suvsizlikdan birin-ketin sulayishib, yotib qolishibdi. Kuch-quvvatlari ketib, turib yurishga aslo madorlari qolmabdi. Karvonda bir yigit ham bor ekan. U o’zining oxirgi meshidagi suvni safardoshlari og’ziga tomchilab-tomchilab quyibdi. Odamlar biroz o’zlariga kelishibdi-yu, baribir issiq hamda chanqovdan yo’lga tusha olishmabdi. Shunda boyagi yigit o’ylab-o’ylab, suvdan bo’shagan meshini yorib, aravaning g’ildiragiga tarang qilib tortibdi. Shundan keyin oftobga qaratib qo’yibdi. So’ngra uni taka-tumlata boshlabdi. Ovoziga mahliyo bo’lib qattiqroq takatumlatibdi. Bora-bora unishunchalik ura boshlabdiki, asbobning ovozi butun cho’lni larzaga keltiribdi. G’ayritabiiy bu ovozdan odamlar ham o’zlariga kelib, g’imirlay boshlashibdi. Ularda kuch-quvvat, xatti-harakat paydo bo’libdi. Ovoz barxandan barxanga o’tibdi, tepalikdan tepalikka ko’chibdi. Oxiri shu cho’lning narigi chekkasida ketayotgan boshqa karvondagilarning qulog’iga yetib boribdi. Karvondagilar: «Karvon halokatga uchrabdi, bo’lmasa bunaqa ovoz chiqarmasdi. Yordamga chaqiryapti, bormoq kerak», - deb ulaming oldilariga yetib borishibdi. Suv berib, falokatga uchragan savdogarlarni saqlab qolishibdi-da, savdoga birga olib ketishibdi.
Cho’lda suvsizlikdan halokat holiga kelgan savdogarlarni saqlab qolgan narsa doira ekan. Shu-shu doira «taka-taka-tum» deb ovoz chiqara boshladimi, odamlarda tetiklik, jasurlik, dadillik kayfiyatlari uyg’onarkan. «Jazo» rivoyatida esa qo’shiq sehri, insonlarga xos bo’lgan ziyraklik, topqirlik, aql tarannum etiladi: « Bir shahzoda yolg’iz o’ziovga chiqibdi. U hech qo’rqmay, qalin to’qay ichiga kirib bedarakketibdi.
Podshoning yuragiga g’ulg’ula tushibdi. Bosh vazimi oldiga chaqirib: « O’g’limni tezda topasan, topmay qaytib kelsang yoki yomon bir xabar keltirsang og’zingga qo’rg’oshin quydiraman», - debdi. Boshvazir odamlarini olib, to’qayga ravona bo’libdi. Qidirib-qidirib qarasalar, shahzodani yovvoyi hayvon o’ldirib ketgan emish.Vazir podshoning oldiga borib bu xabami aytishga yuragi betlamabdi. Keyin bir joyga to’planib maslahat qilishibdi. Vazir bilan birga borgan odamlardan biri: «Mana shu to’qayning narigi chetida bir dono chol bor,o’sha chol nima qilish kerakligini aytib beradi, shuning oldiga boramiz»,- deb maslahat beribdi. Vazir boshliq podshoning odamlari o’sha cholning oldiga borishibdi, bo’lgan gaplarni aytib berishibdi. Chol o’ylanib turib: «Mayli, men o’zim borib javobini beraman», - debdi.
Bular hammasi shahzodaning o’ligini bir yerga yashirib, podshoning saroyiga boribdilar. Zo’r tashvishda o’tirgan podsho darrov: «Xabar topib keldingizmi?» - deb so’rabdi. Hamma jim turaveribdi, chunki kim to’g’risini aytsa, og’ziga qo’rg’oshin quyilishi kerak edi. Shunda haligi odam qo’liga dutorini olib chala beribdi. Dutordan shunday mungli, qayg’uli ovoz tarqalibdiki, podsho o’g’liga nima bo’lganini darrov sezib og’ziga qo’rg’oshin quyilsin», - deb buyruq beribdi. Haligi chol: «Meni avf eting, podshohim, menda hech ayb yo’q, qayg’uli xabarni men emas, mana bu dutorim aytdi, jazoni shu dutor tortishi kerak», - debdi. Podsho buyruqni chor-nochor o’zgartiribdi: dutorning qorniga qo’rg’oshin eritib quyibdilar.
Ma’lumki, yurtimizdagi tarixiy obidalar, milliy me’morchilik na`munalari ulkan ahamiyatga ega bo’lgan yodgorlikdir. Ularning har biri milliy boyligimiz, milliy o’zligimizni anglatib turuvchi tarixiy xotira, saboq, odobnomalardir. Ana shu xalq durdonalari jahon me’morchiligi tarixida o’zlarining badiiy qadr-qimmati, obro`siga ko’ra Misr, Hindiston, Eron, antik Yunoniston va qadimgi Rimdagi mashhur me’morchilik yodgorliklari bilan haqli ravishda bir qatorda turadi. Bu obidalar bir necha asrlardan beri vaqt sinovlariga bardosh berib kelayotganligi, betakror bezaklari va salobati bilan jahon xalqlarini maftun qilib kelmoqda. Yosh avlod nihoyatda yuksak aql-zakovat mahsuli bo’lgan bunday arxitektura ansambllari, mahobatli binolarni ko’rib, ulardagi mislsiz go’zallikni his qiladilar. Hunarmand ustalarishini ko’rib, hunar o’rganishga yanada qiziqishi ortadi. Shuningdek, bunday monumental qurilishlar, majmua va yodgorliklar yoshlarni axloqiy tarbiyalashda muhim manba hisoblanadi. Ajdodlarning me’morchilik qobiliyatidan faxrlanish hissi vatanni sevishga, vatanparvarlik hissining uyg’onishiga olib keladi. Vatanparvarlik esa axloqiy tarbiyaning bosh mezonidir. Yurtimizdagi har bir tarixiy me’morchilik obidalari o’ziga xos murakkab arxitektura asosida qurilgan va juda katta mehnat sarflangan. Jumladan, Samarqand shahridagi Sherdor madrasasi 1619-1636 yillarda Samarqand hokimi Bahodir Yalangto’sh tomonidan Abdujabbor loyihasi asosida qurdirilgan. Me’mor Abdujabbor «Sherdor» madrasasining peshtoqini hech qaysi me’morchilikda takrorlanmaydigan uslubda bezaydi. Unda hayvonlar, o’simlik va issiqlik, yorug`lik manbai bo`lgan quyosh orqali komil insonni aks ettirishga muvaffaq bo`lgan. Bu me’mor Abdujabborning nafaqat naqsh tilini, balki go’zallik falsafasini, naqshlarning ramzlarini bilgan mohir usta bo’lganidan dalolat beradi. Madrasaning hammani o’ziga tortadigan jihatlaridan biri shundaki, uning peshtoqiga sher, ohu, quyosh va inson yuzining tasviri tushirilgan .Sher boshining birinchi ramziy ma’nosi tirik mavjudotlar ichida eng aqlli va kuchli qilib insonlarning yaratilganligini anglatadi. Tasvir Samarqand hokimi Bahodir Yalang to’shbiyning dovyurakligi, aqlzakovati, epchilligi, ziyoli va donoligiga qiyoslanib, uning burji sher, muchali esa yo’lbarsligiga ishora qilingan. Sherning qulog’i esa insonlarni hushyorlikka undashi, ya’ni halol va harom luqmaning farqini hushyorlik bilan ajrata bilishga undaydi.
Asarda ajdodlarimizdan Abu Nasr Forobiyning quloq haqidagi ibratli fikrlari ham keltirilgan. «Agar quloqni nimalardan berkitish kerak, deb so’rasalar, aytgil, avval botil va bid’at so’zlardan, ikkinchidan, behudava foydasiz so’zlardan, uchinchidan, g’iybat va bo’xton so’zlarnieshitishdan. Chunonchi, g’iybatga quloq solgan g`iybatchining gunohiga sherikdir».
Sherning tishi orqali aql-zakovatda, ilmda, tafakkurda o’tkir bo’lish lozimligi, tili esa dunyodagi eng shirin va achchiq narsa ekanligi eslatib o’tiladi. Ko’z tasvirida insonning qalb ko’zi ramziy ma’noda ifodalangan bo’lib, inson olarni ko’zi bilan ko’radi, lekin shunday narsalar borki, inson ulami qalb ko’zi bilan ko’rishi va idrok etishi kerakligi ma’nosida ifodalangan. Aynan yoshi ulug’ sher tasviri insonlar va Bahodir Yalangto’shbiyning donoligi, tajribaga asoslangan aql-zakovati yuksak darajadaekanligi ramzi sifatida ko’rsatilgan. Sherning tanasidagi qora zuluk shakllarida yovuzlik va tunifodalanib, hayot oq va qora hamda tun va kundan iboratligiga ishora qilingan. Oq rang poklik, ezgulik va yorug’likni bildirsa, qora rangyovuzlik ramzi sifatida olingan.
Ganchkor ustalar har xil turdagi o’yma ishlatadilar: zamin-kori, choka pardoz, loli-pardoz va tabaqa-pardoz. Ganchkor naqshlar katta korxonalar, ma’muriy imoratlar, madaniyat va san’at saroylarini bezabginaqolmay, keyingi yillarda juda ko’p fuqarolaming uylariga ham husn bag’ishlamoqda. Yirik inshootlar, monumental obidalar, keng savdoga mo’ljallangan o’ymakor ganch naqshlar muayyan motivdagi mamentlar tasvirlangan qoliplarda qo`yilib ishlanadi. Bunday ajoyib milliy bezaklar Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida, katta san’at va madaniyat saroylarida, juda ko’p ma’muriy va jamoatchilik binolarida, oshxonalar va do’konlarda keng ishlatilgan bo’lib, ular shahar husniga husn bag’ishlamoqda.Yorqin mayin bo’yoqlar bilan an’anaviy o’ymakorlik naqshlarining birgalikda ishlatilishi, ayniqsa, chiroy kashf etadi. Mashhur badiiy ganchkor ustalardan O’zbekiston fanlar akademiyasining faxriy a’zosi, Respublikada xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Shirin Murodov, Xalqaro mukofotlar sovrindori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Abdulla Boltayev, elda katta hurmatga sazovor bo’lgan mohir ustalar Toshpo’lat Arslonqulov, Usmon Ikromov, Anvar Quliyev, Shamsiddin G’ofurov, Quli Jalilov, O’zbekiston fanlar akademiyasining faxriy a’zosi Yusuf Ali Musayev va boshqalar yaratgan o’ymakorlik va me’morlik san’ati xalqimizning badiiy boyligidir. Amaliy bezak san’ati turlaridan O’zbekistonda keng tarqalgan sohasi-bo’yoqli rasmlar chizishdir. Odatda, bu soha ikki xilda: ganchs uvoqli devorga rasm chizish va yog’och buyumlarga rangli naqsh berishdan iborat. Mazkur hunarni naqqoshlik san’ati deb ataydilar. O’tmishda yuksak did bilan bunyod etilgan naqshli muhtasham binolarhozirgacha kishini o’ziga mafitun qilib kelmoqda. Nihoyatda boy, mazmunli milliy naqshlarimiz turar joy va yirik imoratlarning devorhamda shifitlarida, oddiy idish-tovoqda, sandiq va ko’rpachalar, belanchak, cholg’u asboblari va boshqa buyumlarda jilovlanib insonni hayratga soladi.
Mavzu: Bahor va gul bayrami
Bu bayram maktab xovlisida yoki maktab zalida o’tkaziladi. Bayramga ota-onalar, o’qituvchilar va boshlang’ich sinf o’quvchilari taklif etiladi. Zal va maktab g’ovlisi “Bahor” mavzusiga oid rasmlar, tuvaklarda bahorda ochiladigan gullar, vazalarda daraxt navdalari, o’quvchilarning bahor fasliga oid rasmlari bezatiladi. Bayram masxarabozlarning va jarchilarning chiqishi bilan boshlandi.
1-jarchi: - Bolalar-u bolalar,
2-jarchi: - Tog’da ochilgan lolalar!
1-jarchi: - Eshitmadim demanglar,
2-jarchi: - Eshitganlar jilmanglar!
1-Masxaraboz: - Bugun maktabimizda
2-Masxaraboz: - Zo’r tomosha bo’ladi.
Xo-xo-xoy!
1-2 Jarchilar: - Navro’z va gul bayramiga xush kelibsizlar!
Shundan so’ng ot o’yinda, yog’och oyoqda masxaraboz, polvonlar kirib kelishadi va musiqa sadolari ostida turli tomoshalar ko’rsatiladi. Qizlar gulchambarlar va sochlariga sochpopuklar taqishib, atlas ko’ylaklar kiyishib, o’g’il bolalar esa yaxtak va do’ppi kiyishib zalga kirib kelishadi. So’ngra salomlashadilar.
Assalom davramizning quvnoq o’g’il qizlari,
She’riyat osmonining chaqnoq yulduzlari.
Qabul aylang do’stlarim deymiz assalom,
Qo’limiz ko’ksimizda salom-assalom.
O’qituvchilar she’rni aytib bo’lishgach, “Bahor” valsi chalinadi, qizlar raqsga tushadilar.
O’qituvchilar: Inson o’z erini sevadi chunki inson yaproqlar hidisiz, jarangli qo’shiqlarsiz, ariq-anxorsiz, qip-qizil lolalarsiz yashay olmaydi. O’zlariga ma’lumki, qadim-qadimda ota-bobolarimiz “Navro’z” va “Gul bayrami”ni keng nishonlab keladi. Keksa-yu yosh bu bayramda bir-biriga juda yaxshi tilaklar bildirishgan. Ariqlarni tozalab, gullar, mevali daraxtlar ekishgan. Ayniqsa bahorda ochiladigan chuchmoma, boychechak, yalpizlarni terishib momolarimizga, onalarimizga sovg’a qilishgan. Ular bu gul va ko’katlarni ko’zlariga surishib, omonlik-omonlik, xech ko’rmaylik yomonlik deb duolar qilishdi. Ushbu so’zlardan so’ng sahnalashtirilgan ko’rinish qo’yiladi. Qizcha buvisiga boychechaklar sovg’a qiladi. Buvi esa qizini duo qiladi. So’ngra boychechak ashulasi aytiladi.
1-O’quvchi: Ochiladimi boychechak
Endi har yosh gul demak.
Chunki bahor elchisi
Shu mitti gul boychechak.
2- O’quvchi: Ariq bo’yiga boring
Yo ko’pchilik yo yolg’iz.
Hammamizga birday teng
Atir purkar ko’k yalpiz.
3- O’quvchi: Ariq bo’yida yalpiz
Atir chochgani-chochgan
Barg yozib yashnab gul qiz
Quchoq ochgani-ochgan.
Sundan so’ng kuy ostida bayramga dehqonbobo va bahoroy tashrif buyurishdi.
Bahoroy: Assalomu, alaykum, aziz bolajonlar, mana yana o’lkamizga men o’z ko’kimni yoydim.
O’qituvchi: Aylabon lutfi kalom
Navro’zi olam keladur!
O’smondek koni dalam
Naro’zi olam keladur.
Nish urib serbarglar arjumand aylab yana
Maysa serob dalam
Navro’zi olam keladur.
Bahoroy: Mendan xursadmisizlar?
O’qituvchilar: Ha, juda xursadmiz. Sen fasllarning eng go’zalisan. Bahoroy bolalarga turli-tuman gullar, kurtak ochgan novdalarni sovg’a qiladi.
Dehqonbobo: Bugun ayyomingiz muborak qilib,
Zumrad sepi yoyibdi bahor.
Bahoriy gullarning xusniday bo’lib,
Olam go’zalligi bo’linib barqaror
Shundan so’ng o’qituvchi o’quvchilarni 2-guruhga bo’lib, “Gul bayrami” o’tkazadi. Bir gulga qarab she’r aytadi va 1-guruhdagi o’quvchi beradi.
Gul bu yaxshilikdan erur nishona,
Soflik, do’stlik doim uni hamxona
Bunda har bir o’quvchi gulni olgandan so’ng, shu gulga bag’ishlab bir misra she’r aytadi. Agar she’r topib ayta olmasa, u guruh yutqazgan bo’ladi.
1-O’quvchi: Hali erimasdan qor,
Dala qirda gul bahor
Chiqdi mitti gul chechak
May elchisi boychechak.
2-O’quvchi: Mana senga pushti gul
Xohlasang oq gulga qo’n.
Gulsapsar ham go’zaldir
Anor kiygan qizlar to’n
O’yin shunday davom etadi. “Chitti gul” ashulasi ijro etiladi.
Chitti gul ey, chitti gul
Etaginga gul bosdim
Hayu chitti gul, hayu chitti gul
Bahoroy: Bolalar, qaranglar menda qanday chiroyli gullar bor. Qani kim biladi, bu gullarning nomi nima? Tularning rangi va shakli qanaqa?
1-O’quvchi: Bu gulning nomi lolaqizg’aldoq, rangi qizil. U bahorda qir-adirlarda chaman bo’lib, ochiladi.Boshqa gullar ham shunday ta’riflanadi.So’ngra tabiatga oid topishmoqlar aytiladi.Javobini o’quvchilar topadilar.
Erdan asta unadi,
Ilk bahorda kuladi.
(Boychechak)
Jonon kosa ko’z o’ynar
Sochlari jilva-jilva (Buloq)
Keyin bahor gullari viktorinasi 2-guruh bo’yicha o’tkaziladi. Patnisda konvertlarga turli savollar yozib o’qiladi - shu savollarga to’g’ri javob bergan guruh g’olib topiladi shu bilan bayram yakunlanadi va bolalar rag’batlantiriladi.
Ilg’or pedagogik texnologiyalarga oid noan’anaviy usullarni boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’z faoliyatlarida qo’llamoqdalar.
Pedagogik texnologiya – o’qitish usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui sifatida o’quv materiallarini tanlash, qayta ishlab, o’quvchilarning kuchiga, o’zlashtirish xususiyatlariga moslab metod va vositalarni ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir.
Boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarida «qora quti», «Zakovatli zukko», «qarama-qarshi munosabat», «Bilaman», «Bilishni xohlayman», «Bilib oldim» nomli o’yinlarni qo’llab, noan’anaviy darslarni tashkil qilish mumkin.
Quyida dars jarayonida «Qora quti» va «Zakovatli zukko» nomli interfaol (noan’anaviy) usullardan qanday qilib foydalanish haqida fikr yuritamiz.
Interfaol usuldan foydalanishning maqsadi: o’quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara) erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakllantirish.

Yüklə 186,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin