2.2. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashda o’tkaziladigan tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyatining tahlili Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bosqichida o’qituvchining mas’uliyatli lahzalari talaygina. Birinchidan, dasturda ko’zda tutilgan ishlarni tayyorlangan ssenariy asosida uning borishiga tuzatishlar kiritib, vazifasini amalga oshiradi va kuzatib boradi. Ikkinchidan, o’qituvchi butun jamoa va ayrim tarbiyalanuvchilarni kuzatib boradi, chunki u biladiki, tarbiyaviy ishlar tarbiyalanuvchilarda muayyan fazilatlarni rivojlantiradi, bu fazilatlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Uchinchidan, o’qituvchi tashkiliy masalalarning aniq hal etilishini kuzatib boradi. Umuman, bu bosqichdagi boshqaruv faoliyati darsdagi ayni shunday faoliyatdan kam farqlanadi, ammo u murakkabroq, chunki hisobga olish, nazorat qilish va ko’plab omillarga tuzatish kiritish lozim bo’ladi:
tarbiyalanuvchilarni o’zining ishtiroki bilan chegaralab qo’ymaslik kerak.
tarbiyalanuvchilarga o’z fikrlari va hissiyotlarini erkin ifodalashlari uchun xalaqit bermaslik lozim.
hodisalarning rivojini diqqat bilan kuzatish va uning nazoratdan chekkaga chiqishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
nomaqbul harakatlarni oqilona va o’z vaqtida tuzatish.
bo’lib o’tayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib borish lozim.
natijalarni e’lon qilish.
jamoaviy muhokama yoki individual pedagogik tahlil hamda yutuq va kamchiliklarning sabablarini ochish maqsadi qo’yiladi.
Tarbiyaviy ishlarning tahlili Rejada tarbiyaviy ishlarni tayyorlash va o’tkazishning barcha ko’rinishlari o’z aksini topganmi?
Dastur mazmuni ko’zlangan maqsadga javob beradimi?
Ko’zlangan maqsad, vazifalar va talablarga tashkil etish darajasi javob beradimi?
Rejalashtirilgan barcha me’yorlar yetarli darajada manbalar bilan mustahkamlandimi?
Ishning qaysi bo’limi yaxshiroq amalga oshdi, nima uchun?
Tarbiyaviy ish vaqt nuqtayi nazaridan o’zgarmadimi?
Kim va nima uchun o’z muddatida ulgurmadi?
Tarbiyaviy ishlar bir tizimni ifoda etadimi yoki nomigagina bog’langan to’plamdan iborat bo’ldimi?
Yangilik samarasi sezildimi?
Tarbiyaviy ishning emotsionalligi uning g’oyasiga javob berdimi?
Ishning sifati, o’quvchilarning unga munosabati qoniqtiradimi, ularni qaysi savollar o’ylashga majbur etdi?
Tarbiyaviy ishda ishtirok etgan jamoaning har qaysi a’zosi qanday bahoga loyiq
O’quvchilarning xulqi qanday edi?
Nima uchun ayrim o’quvchilarda u yoki bu pedagogik harakatga nisbatan qarshilik ko’rsatish alomatlari paydo bo’ladi?
Nimadan voz kechish kerak?
Tarbiyaviy ishlarda pedagogik texnologiyaning umumiy belgilari:
tarbiyaviy ta’sir tarbiyaviy ishlarning kompleksi sifatida o’ziga o’yinlar, tarbiyaviy suhbatlar va individual jihatlarning elementlarini qamrab oladi;
har bir ish har bir tarbiyalanuvchining axloqiy, ijtimoiy va boshqa fazilatlari shakllanganligi darajasini kompyuter orqali tashxislash bilan boshlanadi.
tarbiyaviy ta’sir tashxislash natijalarining faol tahlili va ideal shaxs bilan qiyoslaganda muayyan fazilatlarning shakllanganlik darajasiga yetganligini anglash bilan yuzaga keladi.
tarbiyalanuvchilar kishilar orasida hayot uchun zarur bo’lgan fazilatlarni o’zlashtiradilar, o’zlarini anglashni o’rganadilar, o’z-o’zini kamolga yetkazish yo’llarini tasavvur qiladilar;
shaxsiy kamolotga yetish dasturi (tashxislash natijalaridan qat’iy nazar) individual maslahatlar, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida mustahkamlanadi.
Xulosa Pedagogik faoliyat ko’p qirrali va xilma-xildir bu o’z mavzusi bo’yicha yuqori bilim darajasini saqlab qolish va uni qiziqarli va qulay tarzda taqdim etish qobiliyatidir. Shuningdek, u tinglovchilar bilan muloqot qilish va o’quvchilarning kasbiy bilim, ko’nikma va qobiliyatlarini shakllantirish uchun ularga zarur ta’sir ko’rsatish qobiliyatini o’z ichiga oladi. Va kelajakdagi kasbiy faoliyatga munosabat. Bularning barchasi o’qituvchining pedagogik kasbiy mahoratiga yuqori talablarni qo’yadi, ularning bajarilishi uning o’quv jarayonini tashkil etish tizimidagi va uni bevosita amalga oshirish jarayonida - sinfda o’z pozitsiyasini tushunishiga bog’liq. O’qituvchining o’zini o’quvchilarning o’quv-tarbiyaviy faoliyatining tashkilotchisi va yetakchisi sifatida bilishi ularning mehnati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va ular bilan birgalikda bu ishda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko’rsatishi emas bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi. Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan insonni emas, balki ijodkor, o’z iste’dodi bilan ajralib turuvchi ishbilarmon insonni tarbiyalash zamon taqozosidir.
Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari va o’ziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy g’oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgilaydi:
Tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;
Tarbiyani tashkil etishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj (rag’bat);
Tarbiya maqsadi.
Tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);
O’qituvchi (tarbiyachi) faoliyati;
O’quvchi (tarbiyalanuvchi faoliyati);
Tarbiya samarasi (natija).
Hayotga yangicha siyosiyva iqtisodiy nuqtai nazardan yondoshish o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liq jarayonni ham qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. O’quvchi yoshlarga o’quv mashg’ulotlari berish muammosi shaxs kamolotini jadallashtiradigan va to’la-to’kis bo’lishini ta’minlaydigan umuminsoniy tarbiyaning ajralmas qismidir. Pedagogika fani taraqqiyotining eng dastlabki davrlaridan o’rganib kelinganligi aniqlandi va yanada takomillashib borish kerakligi ta’kidlandi.
O’quv mashg’ulotlari bilan shug’ullanishning foydali ta’siri haqidagi dastlabki ma’lumotlar xilq og’zaki ijodi namunalaridan: dostonlar, ertaklar, maqollar, rivoyat va afsonalarda bayon etilgan bo’lib, kuchlilik, mardlik, adolatlilik, merganlik, qiyinchiliklarga chidash kabi fazilatlar orqali talqin etilgan. Ulug’ allomalarning bizga qoldirgan, ilmiy-nazariy, badiiy, maoddiy-madaniy meroslaridan o’quv mashg’ulotlarining ilmiy asoslari bilan bir qatorda hayotga tatbiq etish tajribalari ham qimmatli ma’rifiy ahamiyat kasb etadi. Ularni o’rganish hozirgi davr yoshlarini estetik ruhda va ma’naviy barkamol insonlarga aylantiradi.
O’quv mashg’ulotlaring estetik ruhda tarbiya berish mohiyatini ilmiy asoslashda mustaqillikka erishgandan keyin o’zbek olimlari barakali ishlar olib borayotganliklarini ta’kidlashni ma’qul topdik. Hozirgi davr pedagogika fanining dolzarb muammolaridan biri bo’lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan o’quv mashg’ulotlari tashkil etishda foydalanish yaxshi samara berishiga ishonch hosil qilgan holda mashg’ulotlarni loyihalashtirish va o’tkazish davr talabiga aylanganligi aniqlandi.
O’quv mashg’ulotlari ilmiy asosda tashkil etilganda o’o’quvchi yoshlarning aqliy, axloqiy, mehnat, estetik ruhda va boshqa tarbiya yo’nalishlariga kuchli ta’sir ko’rsatishi aniqlandi. Ta’lim-tarbiya muassasalarida o’quv mashg’ulotlari o’qitish uchun juda kam vaqt ajratilgan.Yoshlarning o’quv mashg’ulotlari o’yinlariga bo’lgan qiziqishlari hisobga olinib, mustaqil o’quv mashg’ulotlari mashqlari bilan shug’ullanib kelinadi. Mustaqil o’quv mashg’ulotlari bilan shug’ullanishning o’ziga xos talablari aniqlandi. Ularga rioya qilish mustaqil o’quv mashg’ulotlarini yanada samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Xulosa shuki:
Birinchidan, davlat tomonidan qabul qilingan qonun-qoidalarni mukammal bilish, ularning qanday maqsadlarga qaratilganligini yoshlarning ongiga etkazish va hayotga tadbiq etish uchun tinmasdan harakat qilish.
Jamiyat a’zolarini sog’lomlashtirish bilan birga, o’quv mashg’ulotlari sohasida erishilayotgan g’alabalarni ko’paytirishga da’vat etish. Bir so’z bilan aytganda O’zbekistonda o’quv mashg’ulotlari ishlari davlat ahamiyatiga molik bo’lgan soha ekanliginihisetishgaerishish.
Ikkinchidan, o’quv mashg’ulotlari mashqlari inson kamolotining zarur shartlaridan biri sifatida, bola shaxsi kamolotining ajralmas qismi bo’lib, har tomonlama shakllangan komil insonni tarbiyalashning asosiy omillaridan biri deb hisoblanishiga e’tibor qaratish. Shaxs kamolotining irsiyat, ta’lim va tarbiya, ijtimoiy muhit, shaxs faolligi omillarining estetik ruhda ulg’ayishdagi ta’sirini to’la namoyon etilishiga e’tiborni qaratilishi.
Uchinchidan, o’quv mashg’ulotlaring ilmiy asoslangan mazmuniga e’tiborni qaratgan holda, jahondagi eng ilg’or ta’lim-tarbiya mazmunlariga uyg’un bo’lgan ma’lumot va axborotlarga suyangan holda shug’ullanish. Jahon xalqlarining o’quv mashg’ulotlari turlarini o’rgangan holda, ular bilan shug’ullanib yuqori ko’rsatkichlarni qo’lga kiritish uchun harakat qilish. O’zbek milliy o’yinlarini jahonga yoyish. Kurashning qisqa muddatda qiziqarli xalqaro sport turiga aylanishiniasoslash.
To’rtinchidan, pedagogika uchun umumiy sanalgan ta’lim-tarbiya tamoyillariga o’quv mashg’ulotlari tashkil etishda qat’iy amal qilishga erishish. Ilmiylik, tizimiylik, izchillik, tushunarli bo’lish, ko’rgazmalilik, yosh va o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olish bilan bir qatorda insonparvarlik, vatanparvarlik, demokratiya talablariga rioya qilish kabi tamoyillar o’quv mashg’ulotlarini yuksaklikka ko’tarilishiga hissa qo’shadi.
Beshinchidan, XXI asrda ta’lim tarbiyaning dolzarb muammosiga aylangan kompyuter va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga erishish. Lokal va xalqaro axborot tizimi materiallaridan unumli foydalanib, o’quv mashg’ulotlari jahon standartlari darajasiga ko’tarish. Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagi interfaol metodlarini joriy etish. Bunda bilim oluvchi va shug’ullanuvchi shaxsining nufuzini orttirishga erishish.
Oltinchidan, eng zamonaviy talablarga javob beradigan sport mashg’ulotlaridan unumli foydalanish, ularning bekor turmasligi, yoshlarning muntazam shaharlarda emas, barcha joylarda faoliyat yuritishini ta’minlash. Pullik xizmatning ma’lum bir qismini mahalliy mablag’lar evaziga qoplash orqali barcha hohlovchilarning jalb etilishiga sharoit yaratish.
Ettinchidan, o’quv mashg’ulotlari bo’yicha ilmiy, o’quv-metodik, badiiy ommabop nashrlarni ko’paytirish va ta’sirchanligini oshirishga erishish. Sport musobaqalarining sharhi va tahlilini ommaviylashtirish.
Sakkizinchidan, o’quv mashg’ulotlari jihozlarini tayyorlovchi mahalliy ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish. Ular tayyorlagan jihozlar xalqaro talablarga javob berishiga erishish. Ayniqsa boshlang’ichuchun sport kiyimlari, asbob-uskunalar, mashg’ulotlar uchun zarur bo’lgan jihozlarning qulay va arzon bo’lishiga ahamiyat berilsa hamma uchun foydali bo’lar edi.
O’quv mashg’ulotlari bilan shug’ullanish jarayonida do’stlik, o’rtoqlik, o’zaro yordam, fidoyilik, vatanparvarlik, insonparvarlik, baynalminalchilik, ongli intizom, mustahkam irodaviy sifatlar tarkib topib boradi. Har bir mashg’ulotda bunday imkoniyatlardan to’lafoydalanishgaharakat qilish kerak. O’quv mashg’ulotlarining estetik ruhda qiymatini oshirish, mehnatsevarlikka yo’naltirilganligini kun sayin kuchaytirish, iqtisodiy mohiyatini samarali bo’lishiga hissa qo’shishni ta’minlash chora-tadbirlarini belgilash.
Xulosa qilib aytganda, me’moriy obidalarda aks etgan har bir bezak, naqshning o‘z siri va falsafasi bor. Ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida barpo etilgan ulkan, mahobatli me’moriy obidalaming boy mazmuni va teran mohiyatini yosh avlodga yetkazish muhim vazifalarimizdan biridir.