An’anaviy ta’lim va zamonaviy ta'limning qiyosiy tahlili
Ta’lim jaaryonining o‘ziga xos bosqichlari, xususiyatlari
|
An’anaviy ta’lim jarayoni
|
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan noan’anaviy ta’lim jarayoni
|
Pedagogik munosabatlar tipi.
|
Sub’ekt-ob’ekt
|
Sub’ekt-ob’ekt
|
Pedagogik munosabatlar tipi.
|
Avtoritor
|
Insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, o‘zaro hamkorlik.
|
Darsning maqsadi
|
Bilimlarni o‘zlashtirish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, o‘quv materialini tushunish.
|
Shaxsning qizig‘ishi, motivini rivojlantirish, aqliy, ma’naviy-ahloqiy, ruhiy va jismoniy barkamolligini ta’minlash.
|
Ta’limning harakatlantiruvchi kuchi
|
Tahdid, buyruq, ta’qiqlash, jazolash, baho, boshqalarga taqqoslab, shaxsni kamsitish yoki rag‘batlantirish.
|
Bilish quvonchi, o‘zidagi ijobiy o‘zgarishlarni xis qilish, o‘ziga va o‘z bilimiga ishonchning paydo bo‘lishi, o‘zini va boshqalarni hurmat qilish, o‘zaro hamjixatlikka asoslangan qulay ijtimoiy psixologik muhit
|
O‘quvchining vazifasi
|
Axborotni qabul qilish, yodlash, axborotni qayta ishlamagan holda javob berish va tegishli bahoni kutish.
|
O‘quv topshiriqlari va muammoni hal etishga oid individual, guruhli izlanishlarda ishtirok etish, doimo o‘z bilimini boyitish va mustahkamlash maqsadida muntazam va sidqidildan mehnat qilish, o‘zini, iqtidorini namoyon etish.
|
Ta’limning yakuniy natijasi.
|
DTS va dastur talablariga mos bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllaniiga erishish.
|
O‘quvchilarning aqliy, ma’naviy-ahloqiy, jismoniy, ruhiy barkamolligiga erishish, bilimlarni egallash usullari, o‘zlashtirgan bilimlarni yangi, kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashga o‘rgatish, o‘z ustida mustaqil va muntazam ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish.
|
An’anaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan ma’ruza, seminar, sinov darslarining ta’lim jarayonida tutgan o‘rni va qimmatini kamaytirmagan holda, ularni hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirish yo‘llari ustida qayg‘urish zarur.
Mazkur darslarni takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratilishi ko‘zda tutiladi:
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va va demokratlashtirish. Hamkorlik pedagogikasiga amal qilish.
Ta’lim jarayonini demokratlashtirish. O‘quvchilarga tanlash huquqini berish.
O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, o‘zaro hamjixatlikka asoslangan qulay ijtimoiy – psixologik muhit yaratish.
O‘quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlarini samarali tashkil etish.
Ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy ta’lim texnologiyasi elementlaridan foydalanish.
Bugungi ta’lim jarayoni pedagogning shaxsga bo‘lgan insonparvarlashtirilgan
munosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri uchun qayg‘urishi, bolalarga ishonchning yuqoriligi, o‘zaro hamkorlikning vujudga kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi, ta’lim oluvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlashdan voz kyechish va aksincha ijobiy rag‘batlantirishning usutnligi tufayli ko‘zlangan maqsadga erishish, bolalar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bo‘lish, ularni bartaraf etishning samarali usullarini qo‘llashda namoyon bo‘lsa, ta’lim jarayonini demokratlashtirish esa o‘qituvchi va o‘quvchilar huquqlarini tenglashtirish, ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarga tanlash huquqining berilishi, o‘z fikri, nuqtai nazarini erkin bayon etishni aqozo etadi.
Noan’anaviy ta’lim jaaryonida o‘quvchilar va o‘qituvchilar munosabatining o‘ziga xos jihati o‘quvchilar mustaqilligi va o‘quv faoliyatini boshqarish emas, balki hamkorlikda tashkil etish, ta’lim olishda majburlash emas, balki o‘quvchilarni ishontirish, biror-bir faoliyatni amalga oshirish buyruq orqali emas, balki shu faoliyatni samarali tashkil etish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi, imkoniyatlarini chegaralash emas, balki erkin tanlash huquqini berish sanaladi.
Yangi munosabatlarning asosiy mohiyati, an’anaviy ta’limda ko‘zda tutilgan natijalarni bermayotgan majburan o‘qitishdan voz kyechish va uning o‘rniga:
- o‘zaro ishonchga asoslangan talabchanlik;
- ta’lim jarayonini samarali tashkil etish orqali o‘quvchilar o‘rtasida qiziqish uyg‘otish va ongli intizomni vujudga keltirish;
- o‘quvchilarni muvafaqqiyatli bilim olishga yo‘llovchi hamkorlikning paydo bo‘lishi;
- muntazam faoliyatning tashkil etilishi;
- tegishli talablarni jamoa orqali qo‘llashni amalga oshirish muhim sanaladi.
Noan’anaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda:
- o‘rta saviyali o‘quvchiga nisbatan mo‘ljal olishdan voz kyechish;
- o‘quvchilarning eng yaxshi sifatlarini aniqlash va rivojlantirish;
- ta’limda psixologik-pedagogik diagnostikani qo‘llash orqali o‘quvchilarning qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati, shaxsiy sifatlari, aqliy faoliyatning
xususiyatlarini aniqlash:
Dostları ilə paylaş: |