Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Iqtisodiy tarbiya – o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə100/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   318
Iqtisodiy tarbiya – o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida
Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi ko’pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo’lib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir.
Avvalo, iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga ega bo’lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarda tejamkorlik,
Mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir.
Hunar egallash yoshlarni mustaqillikka o’rgatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilishni ham o’rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega bo’ladi.
Farzand oilada ota-ona tajribalari ta’sirida tarbiya ko’radi. Ota-ona har qadam, har nafasda bolaga saboq beradi:
Ishlab chiqarish korxonasidami, ro’zg’ordami, tabiat bag’ridami, qayerda bo’lmasin, tejalgan ne’mat katta ijtimoiy ahamiyatga ega.
Agar biz o’zimizga berilgan rizqu ro’zimizni tejamkorlik bilan iste’mol qilsak, jamiyatimiz boyligini tejagan bo’lamiz. Jamiyat mulkini, boyligini tejab borsak, uning navfi har bir kishiga tegishi muqarrar. Demak, jamiyat mulkini tejash orqali o’zimizdan tashqari jamiyatga ma’lum darajada foyda keltirgan bo’lamiz. Ham Shaxsiy, ham ijtimoiy mulkni barobar tejash esa bizdan dunyoqarashimiz va axloqimiz, turmush tarzimiz darajasini namoyon etadi.
Tejamkorlik jarayoni oila yoki davlatning moddiy qudratini mustahkamlashdan tashqari, odamlarni turmush kechirish me’yoriga amal qilishni ham vujudga keltiradi.
Non, tuz, qog’oz, yoqilg’i, elektr quvvati, gaz, neft’, ruda, mato, qo’yingki, barcha ne’matlar-aziz. Ammo inson o’zi yaratuvchi, o’zi iste’molchi, o’zi nazoratchi bo’lganligi uchun ham, ularning hammasidan arzonroqdir. Shu sababli, avvalo, insonning o’zini uning umri, kuchi, aql-zakovati, iste’dodi, kayfiyatini, mehnatga qobiliyatini asrash umrining uzaytirish temkorlikning eng xususiyatli tomoni hisoblanadi.
Vaqt- inson ixtiyoridagi bebaho xazina. Uni faqat dunyoni o’rganish va o’zgartirishga, shaxsiy manfaati va el-yurt xizmatiga, mehnat samadorligini oshirish va mahsulot tannarxini arzonlashtirishga sarf etish xususiyati har bir kishida shakllanishi zarur bo’lgan ulug’vor fazilatdir.
Tejamkorlik xususiyatlari kishilarda ularning majoziy xislatlariga muvofiq ravishda shakllanadi va xasislik, pishiqlik, sahiylik, xalollik tarzida ko’zga tashlanadi.
Xasis kishilar o’z imkoniyatlarini tejashga doimo intiladilar, ammo o’zgalarning va jamiyat manfaatini himoya qilishga moyil o’lmaydilar,undaylar Shaxsiy manfaat, boyligini ko’paytirish jazavasi bilan yonib, insof, muruvvat va odamiylikni unutib yashaydilar. Bunday kishilar sarxil mevamiz bozoriga, sutimizning qaymog’i haridorga, nonimizning mazalisi, ko’rpa-to’shakning yangisi, xonamizning chiroylisi mehmonga, o’zimiz sifatsiz ne’matlarni tozalab yeb, labi uchgan idishlar ishlatsak ham, yashasak ham bo’laveradi, deb tushunadilar. Bu bilan obro’ orttirishga intiladilar. Ular "Topganingdan yetarlisini yeb-ichib, kiy, salomat, tetik, bearmon yasha», degan g’oyaga qarshi ish tutib, farovonligimizning asl mazmuniga putur yetkazadilar: yashash va daromad qilishning vijdonga, tarbiyaga xilof usullarini qo’llab, ba’zan ko’pchilikning nafratiga duchor bo’ladilar, o’z xasisliklari, yasama xushomadlari, yolg’on mulozamatlari bilan turmush kechirish, mehmon kuzatish va farzand tarbiyalash madaniyatiga dog’ tushiradilar.
Pishiqlik daromad va harajatni to’g’ri rejalashtirish, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, xo’jasizlikning oldini olish manbaidir.
Ro’zg’orda yoki xo’jalikda bor narsani qizg’anmaslik, inson qadrini moddiy jihatdan rag’batlantirib borish saxiylik alomatidir. Saxiylik kishilarda kamtarlik, soddalik, ko’ngilchanlik, raxmdillik, samimiylik, mehmondo’stlik, muhtojni qo’llash, berilgan yordamni ta’na qilmaslik xususiyatlari ustun bo’ladi.
Saxiylik yuksak darajadagi insonparvarlikdir. Shu bilan birga saxiylik, tejamkorlik ruhi bilan sug’orilmog’i kerak. Yoshlarga daromad hajmini belgilash va harajatning me’yorini barqarorlashtirish, boshqacha aytganda, ne’mat yaratish va uni tasarruf etish rejasini ishlab chiqish va unga qat’iy amal qilish ko’nikmasi singdirilishi darkor.
Qiymati qay darajada bo’lishidan qat’iy nazar, narsani egasidan so’rab yoki rozi qilib olish, omonatni ehtiyotlab ishlatish va qaytarish xalollik belgisidir.
Yoshlarga nimani, qachon, nima uchun va qay darajada asrash lozimligi,tejashning mohiyati va usullarini to’g’ri anglatish tejamkorlik tarbiyasining maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadning to’laqonli amalga oshishi ota-onalar, o’qituvchilar, tarbiyachilar, rahbarlar, jamoatchilikning faolligiga bog’liq.
Har qanday ota-ona o’z farzandini voyaga yetkazib, uylab-joylagunga qadar, xatto undan keyin ham o’tdan, suvdan, Shamol va ofatdan, sinish, chiqish, zaharlanish, g’aflat va hayosizlikdan, sayoqlik va beg’amlikdan, moddiy tanglik va jinoyat qilishdan, xijolatlik va g’animlar nazaridan qudrati yetguncha ehtiyotlaydi, asraydi.
Demak, tejamkorlik tarbiyasining mazmuni, ta’sirchanligi va samarasi bilan bolalar dastlab o’z oilalarida tanishadilar. Ota-onaning hal qiluvchi roli ana Shu tanishuvdan boshlab yuzaga chiqadi va sekin-asta kuchaya boradi. Namuna ko’rsatish, ishontirish, nasihat qilish, maslahat berish yo’li bilan farzandlarni tejamkor bo’lishga safarbar etish, ular faoliyatini doimo nazorat qilib borish, lozim bo’lsa, isrofgarchilik qilganlari uchun jazolash va ota-onalarning tarbiyalay olish mahoratlariga bog’liq.
O’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish bilan chambarchas olib borilishiga erishish zarur. Iqtisodiy tarbiya uslublari xilma-xildir. Jumladan, suhbat, ma’ruza, amaliy mashg’ulot, sanoat shahobchalariga sayohat o’tkazish, solishtirish, hisob-kitob qilish g’oyatda ta’sirchan uslublar hisoblanadi. O’quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari mashg’ulotlardan unumli foydalanish mumkin. O’quvchilarni nechog’lik iqtisodiy tarbiya topganliklari o’qituvchilar tomonidan kuzatib borilishi kerak.
Tejamkorlik, ijodkorlik, mas’uliyat hissi tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, hisob-kitob mohirligi o’quvchilar iqtisodiy tarbiyadan qanday saboq olayotganliklarini ko’rsatuvchi muhim belgilardir.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin