Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


– Mavzu: Ma’naviy – axloqiy tarbiya



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə108/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   318
18 – Mavzu: Ma’naviy – axloqiy tarbiya.
Reja.
1.Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
2. .Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari.
3.Oilada bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni.
4.O’quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash.


Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari
Axloq ijtimoiy tushunchalardan biri bo’lib, uning mohiyati, Shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shu bois, axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruxiy hayotida o’ziga xos muhim axamiyatga ega. Muayyahi millat qiyofasi, uning kishilik taraqqiyotidagi o’rni belgilanayotgan jarayonda maskur tushuncha asosiy mezonlardan biri bo’lib hizmat qiladi.
Axloq tushunchasi oila fikri asosida tartibga soluvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Qadimdanoq ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va madaniyatshunoslikka oid asrlarda ushbu tushuncha turli ko’lamda ishlatilib kelingan.
Axloq (arabcha xulq-atvor demakdir) – ijtimoiy ong Shakllaridan biri, ijtimoiy tartib-qoida bo’lib, bu tartib-qoida ijtimoy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloq omma faoliyatini tartibga solishning boshqa shakllari (o’quv, ishlab chiqarish, xalq ananalari) da o’z talablarining asoslanishi amalga oshirilishi va omma fikri asosida tartibga solinishi bilan farq qiladi. Axloq talablari barchaga taalluqli, biroq hyech kimning ko’rsatmasi, hyech qanday maxsus buyruq asosida bajarilmaydigan, ixtiyoriy amalga oshiriladigan burch shakliga kiradi. Axloq talablarining bajarilishi faqat ma’naviy ta’sir ko’rsatish shakllari doirasida yuz beradi.
Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo’lgan ma’naviy komillik asosini, poydevorini tashkil etadi. Bir so’z bilan aytganda axloq-jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq-odob normalari majmuidir.
Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamoloti darajasi odob, axloq, madaniyat va ma’naviyat elementlarining qanchalik mujasamlashganligi bilan belgilanadi.
Keyingi yillarda yaratilgan ilmiy adabiyotlar, chop etilgan ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarda, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda «axloq» tushunchasini qo’llash va unga dahldor mavzularni tariflashda «axloq» tushunchasi mustaqil tushuncha sifatida qo’llanilsa, ayrimlarida bevosita «ma’naviy-axloq», «axloqiy kamolot» kabi sinonim yoki muqobil so’zlar tarzida ham qo’llanilmoqda. Zero, axloqsiz, axloqiy talablar hamda ularda ifoda etilgan g’oyalarsiz Shaxsning ruhan va jismonan yetukligining mushtarakligi, uyg’unligi bo’lgan ma’naviy komillik shakllanmaydi.
Bizning nazarimizda, shaxs ma’naviyati – uning ongida kechadigan ijobiy mazmunga ega o’y-fikrlar, niyatlar, g’oyalar, nazariya va ta’limotlar mazmunining amaliy faoliyatda namoyon bo’luvchi ruhiy jarayondir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, shaxs ma’naviyati asosida ijobiy mazmunga ega bo’lgan o’y-fikrlar, niyatlar, g’oyalar, nazariyalar va ta’limotlar mazmuniga yetishishni e’tiborga olish lozim. Chunki, shaxs ongida hamisha ham ijobiy mazmunga ega fikrlar kechmaydi. Salbiy fikrlarga ega bo’lish esa ma’naviyatsiz, axloqsiz inson qiyofasini ko’rsatuvchi muhim belgidir.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning muvaffaqiyatini ta’minlovchi eng muhim omil sanaladi. Ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxs ma’naviy-axloqiy kamolotini shakllantirish asosi hisoblanadi. Ma’naviy-axloqiy ta’lim o’quvchilarga ma’naviy-axloqiy munosabatlar mohiyati to’g’risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda ma’naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish ma’naviy-axloqiy ongini shakllantirish jarayoni bo’lib, izchil, uzliksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy ma’naviy-axloqiy bilimlar negizida ijtimoiy faoliyatni tashkil yetish borasida ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ijobiy mazmundagi ma’naviy-axloqiy sifatlarni qaror toptirish va ma’naviy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan murakkab dinamik jarayon hisoblanadi.
O’quvchi hulqi, xatti-harakatlarida ma’naviy madaniyatlilikning asosiy me’zonlari: insonparvarlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, imon, ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, o’z-o’zini nazorat qilish va o’z-o’zini baholashni talab etadi. Bu talab o’quvchinining vatan, ota-ona, do’stlari, jamoa oldidagi burchiga, vazifalariga, ta’lim-tarbiya jarayonida namoyon bo’ladigan faollik, ijodkorlik xususiyatlariga munosabati orqali amalga oshiriladi.
Buning uchun, eng avvalo, inson fazilatlarining o’zaro munosabatlarini va o’rnini aniqlab olmog’i lozim. Insonnning ma’naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatida tashkil topadi.
Ma’naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida Shakllanadi. Mazkur bilimlar o’z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi. Fazilatlar insonnning ijobiy sifatlari majmuidan iborat.
Sifat aloxida bir shaxsning muayyahi bir xislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir. Fazilat—alohida shaxs, el, elat, xalk, ulusga taalluqli bo’lgan ijobiy-axloqiy sifatlar majmui. Yuqorida keltirilgan barcha ijobiy xislatlar o’quvchi Shaxsini ma’naviy-axloqiy darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi.
O’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish aniq maqsadga yo’naltirilgan yaxlit pedagogik jarayon bo’lib, ushbu jarayonda quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi:

  1. O’quvchilarga ma’naviy-axloqiy me’yorlar hamda axloqiy munosabatlar mohiyati va ularning ijtimoiy jamiyat hayotidagi ahamiyati to’g’risida ma’lumot beriladi.

  2. O’quvchilarda ma’naviy axloqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, ma’naviy-axloqiy ongini qaror toptirish.

  3. O’quvchilarda ijobiy mazmundagi ma’naviy-axloqiy sifatlar (bilimlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, mehr-muhabbat, vatanga, halqqa muhabbat, ota-ona va kattalarga hurmat, insonparvarlik, saxovat, burchga sadoqat va hakozolarni ) qaror toptirish.

  4. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy mazmundagi hulq-atvor, xarakter va irodani shakllantirish.

  5. O’quvchilar ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish.

O’quvchilar ma’naviy-axloqiy sifatlarining qaror topishi tarixiy-obe’ktiv sharoitda shaxs tomonidan jamiyat taraqqiyoti, insonlarning o’zaro hamkorlik, aloqa doiralarining kengayishi takomillashuviga ko’rsatiladigan ta’sirning ijobiy, mo’tadil holatda bo’lishini ta’minlashda ko’rinadi. Ma’naviy-axloqiy sifatlarning qaror topishi quyidagi umumiy mazmun asosida ro’y beradi:
-o’quvchining ma’naviy-axloqiylik darajasi ijtimoiy munosabatlar jarayonida, uning jamiyat, atrof-muhit va tabiatga bo’lgan yondashuvida namoyon bo’ladi;
- o’quvchining ma’naviy-axloqiylik darajasi jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyoti darajasiga bog’liq;
- o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy kamoloti obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarning o’zaro uyg’unlashuvi asosida tashkil etiladigan uzluksiz, tizimli ta’lim-tarbiyaninsh yo’lga qo’yilishi natijasida vujudga keladi;
- o’quvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti ijtimoiy munosabatlarning yo’lga qo’yilishida ijobiy natijalarga olib keladi.
O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini amalga oshirish quyidagi tamoyillarga muvofiq yo’lga qo’yiladi:

  1. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning ijtimoiy-g’oyaviy asosga ega ekanligi. Ushbu tamoyil ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiyaning o’zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlashi, milliy mafkura g’oyalarini o’quvchilar o’rtasida targ’ib etishda ifodalanadi.

  2. Ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiyaning izchil, tizimli, uzluksiz tashkil etilishi. Ushbu tamoyil o’quvchilarga ma’naviy-axloqiy bilimlar berish, ularda ijtimoiy-amaliy faoliyat ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiya ishining tizimliligini ta’minlash, doimiy tashkil etilishiga erishishda namoyon bo’ladi.

  3. Ma’naviy-axloqiy ta’lim-tarbiya g’oyalarining aniq maqsadga yo’naltirilganligi. O’quvchilar o’rtasida tashkil etilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiyani yo’lga qo’yishdan ko’zlangan yagona maqsad ularda ma’naviy-axloqiy sifatlar, ma’naviy-axloqiy madaniyatni qaror toptirishdan iboratdir. Mazkur tamoyil ana shu g’oyani yoritishga xizmat qiladi.

  4. O’quvchilar ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirishga har tomonlama (kompleks) yondashuv. Ushbu tamoyil o’quvchilar ma’naviy–axloqiy madaniyatini shakllantirishda fanlararo aloqadorlik, darsda, sinfdan va maktabdan tashqari ma’naviy-axloqiy ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish, ma’naviy-axloqiy tarbiyani olib borishda oila, ta’lim muassasalari, mahalla, ijtimoiy tashkilotlar,davlat va jamiyat imkoniyatlaridan biridek samarali foydalanishni nazarda tutadi.

  5. O’quvchilar ma’naviy-ax’loqiy tarbiyasini tashkil etishda tarixiy vorislik hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlar,ularda ilgari surilgan g’oyalarga tayanib ish ko’rish. Ushbu tamoyil ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda milliy, tarixiy tajriba , shuningdek , umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ularning g’oyalari ta’sir kuchiga tayanib ish ko’rishni o’zida ifoda etadi.

  6. Ijtimoiy faoliyatning insonparvarlik va demokratik xususiyatlarga ega ekanligi. Ushbu tamoyil o’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etishda insonparvarlik va demokratik tamoyillarning ustivorligi (o’quvchi Shaxsini hurmat qilish, uning qadr-qimmatini yuqori qo’yish, huquq va burchlarini hurmat qilish ) ni ifodalaydi.

  7. Ma’naviy-axloqiy ong va faoliyat birligi. Ushbu tamoyil ma’naviy-axloqiy bilimlarni o’zlashtirish, bu boradagi faoliyatni tashkil etish, o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy ma’naviy-axloqiy bilimlarning amaliyotdagi ijrosini taminlash asosida balimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirib borishni anglatadi.

Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish – faoliyat jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayon nafaqat ijobiy xislatlarni shakllantirishni, balki salbiy sifatlarni bartaraf etishni, har qanday axloqsiz xatti-harakatlarga qarshi kurashga o’quvchilarni undashni ham ko’zda tutadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida o’quvchi(tarbiyalanuvchi) ning o’z-o’zini tarbiyalashni kuchaytirishi katta ahamiyatga ega. Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida barkamol Shaxs tarbiyalanib voyaga yetkaziladi.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin