Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə116/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   318
Birinchi yo’nalish asosan jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanishning kundalik rejimi asosida harakatlar majmuini tashkil etadi. Qat’iy rejim har qanday yoshni sog’lig’ini muntazam ravishda ta’minlash bilan birga ularni algoritmik tarzdagi tartib – intizomga ham o’rgatadi va bu faoliyat Shartli refleksga aylanib bo’ladi. Shuningdek, yoshlarning kundalik rejimni muntazam ravishda bajarib borishi, ular organizmining ritm bilan ishlashiga odatlantiradi va domiy hayotiy ehtiyojga aylanadi.
Rejimga rioya qilmaslik, ya’ni o’z vaqtida ovqatlanmaslik, me’yorida uxlamaslik, aqliy va jismoniy mehnatlarning tartibsiz bajarilishi quyidagi salbiy oqibatlarning paydo bo’lishiga olib keladi:

  • Kishi organizmini tashqi muhitga chidamliligi susayadi, ya’ni organizm bo’shashib ketadi;

  • Organizm hujayralarining me’yoriy harakatlari faoliyati buziladi;

  • Kishi bosh miyasi funksiyasi buziladi.

Kundalik rejim tuzishda kishilar yoshi, o’quv yurtlaridagi mashg’ulotlar muddati, ovqatlanish vaqti, ochiq havoda dam olish vaqti, yilning fasllari va aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning almashinuvi kabi jihatlari e’tiborga olinsa kundalik rejim tuzishning optimal variantlarini kafolotlashga erishiladi.
Ikkinchi yo’nalish. Kishi jismoniy sog’lomligini ta’minlashda tabiatdagi sog’lomlashtiruvchi kuchlardan foydalanish yoshlarning sog’lig’ini mustahkamlash, organizmni chiniqtirish va ularning muntazam jismonan rivojlanish darajasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy vositalar quyosh, havo va suvdan iborat bo’ladi, ya’ni tabiat kuchlari jismoniy mashg’ulotlar o’tkazish va mustaqil Shug’ullaniSh uchun eng asosiy vositalar sifatida foydalaniladi.
Uchinchi yo’nalish. Jismoniy tarbiyada foydalaniladigan jismoniy tarbiya vositalari orasida eng ko’p qo’llaniladigani jismoniy mashqlar tizimidir. Ular orqali quyidagi samaralarga erishiladi:

  • Gavda muskullarining me’yorida o’sishi ta’minlanadi;

  • Organizm jismonan mustahkamlanadi;

  • Yurak qon – tomir tizimi faoliyati yaxshilanadi;

  • Nafas olish tizimining ishlashi yaxshilanadi;

  • Bosh miya qobig’ida harakatlantiruvchi sohalarning faoliyatini yaxshilashga samarali ta’sir ko’rsatadi.

Ushbu yo’nalishdagi jismoniy tarbiya vositalari tizimida gimnastika, harakatli o’yinlar va sport mashg’ulotlari yetakchi o’rinni egallaydi.
Gimnastikaning quyidagi turlari mavjud:

  • Asosiy gimnastika, ya’ni gigiyenik gimnastika;

  • Sport gimnastikasi va uning ba’zi turlari (akrobatika, badiiy gimnastika va Shu kabilar);

  • Yordamchi, jumladan davolovchi gimnastikasi.

Sport. Jismoniy tarbiya tizimida sport musobaqalarini tashkil etilishi va uyushtirilishi jismoniy tarbiyani og’ishmay amalga oshirishning asosiy vositalaridan hisoblanadi. Bundagi xatti – harakatlar ko’proq musobaqaviy tarzda amalga oshirilib, ularda eng yuqori yutuqlarga intilish, ya’ni g’oliblikni qo’lga kiritish, muntazam ravishda mashq qilish, sport musobaqalarga qatnashish, sport razryadlari olish, sport ustasi maqomiga sazovor bo’lish va hakozo ko’rinishlarda amalga oshiriladi.
Bugungi kunda Respublikamizda sportning barcha turlariga katta e’tibor berilmoqda va bu sohadagi ishlarni qo’llab – quvvatlash davlat siyosati darajasigacha ko’tarilgan. Bularni “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” va Shu kabi respublika miqyosidagi o’tkazilayotgan sport musobaqalaridan ham anglasa bo’ladi. Ularning natijalari esa Vatanimiz yoshlarining dunyo miqyosida o’z o’rnini topishiga keng imkoniyatlar yaratmoqda.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin