Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Jismoniy tarbiyani tashkil etish yo’llari va vositalari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə114/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   318
Jismoniy tarbiyani tashkil etish yo’llari va vositalari
Barkamol avlod tarbiyasi ko’p jihatdan ularning sog’ligini mustahkamlashga, me’yoriy – davriy jismoniy rivojlanishga va yuqori darajadagi intellektual salohiyatga bog’liq bo’ladi. Ularning turmush tarzida jismoniy tarbiya va sport odatiy tusga aylanmog’i lozim. Shu sababli ham har tomonlama kamol topgan inson deganda ham jismoniy jihatdan chiniqqan, ham aqliy salohiyati mustahkam odam inson tushuniladi. Ular hayotida jismoniy tarbiya bilan muntazam Shug’ullaniSh muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida jismoniy tarbiyani tashkil etish yo’llari va ularning inson kamolotidagi ahamiyati to’g’risidagi ma’lumotlarni keltiramiz.
1. Ertalabki badantarbiya. Sog’lom bo’lishni va muntazam aqliy rivojlanishni o’ziga maqsad qilib olgan har qanday insonning ertalabki badantarbiyasi ish kunining asosiy dastlabki bosqichidan iborat bo’lmog’i lozim. Bu holatga o’qituvchi ham alohida e’tiborni qaratish lozim bo’ladi, ya’ni o’qituvchi har bir o’quvchining ish kuni badantarbiya mashqlarini bajarishdan boshlanishiga erishish kerak. Bunday mashqlar uchun mo’ljallangan harakatlar majmualarini jismoniy madaniyat darslarida o’rganish kerak. Har bir majmuaga 6-7 ta mashq kiritiladi va bunda muskullarning hammasini qamrab oluvchi mashqlar (harakatlar) e’tiborga olinmog’i lozim bo’ladi.
2. Mashg’ulotlargacha bo’lgan badantarbiya. Bunday mashg’ulotlar dars jarayoni boshlangunga qadar amalga oshiriladi. Muntazam ravishda olib boriladigan bunday mashqlardan ko’zlangan maqsad, o’quvchilar organizmining tashqi muhitga nisbatan chiniqishini va qomatining to’g’ri rivojlanishini ta’minlashdan iborat bo’ladi. Bu turdagi badantarbiyani sport maydonlarida o’tkazilsa qulay bo’ladi va bu bilan qo’shimcha ravishda yugurish, sakrash kabi harakatlarni ham qo’shib olib borishga imkoniyat yaratiladi. Har qanday Sharoitda ham kamida bir oyda bunday mashg’ulotlar majmuasini tarkibiy harakatlar tizimini almashtirib turish lozim.
3. Jismoniy tarbiya daqiqasi. Bu turdagi mashg’ulotlar jismoniy madaniyatga ko’proq tegishli bo’lib, ayniqsa muayyahi fanlarni o’zlashtirish davomidagi aqliy toliqishning oldini olish uchun undan foydalaniladi. Bunday harakatlardan (harakatlar majmuini o’qituvchi tanlaydi) ko’zlangan maqsad quyidagilardan iborat:

  • Ta’lim oluvchilarning asab tarangligini bo’shashtirish;

  • Ta’lim oluvchilarning jismoniy holatini yaxshilash;

  • Diqqatini yanada o’rganilayotgan mavzuga kuchaytirish.

Umuman olganda jismoniy tarbiya daqiqasi asosan quyidagi uch qismdan iborat bo’ladi:
1. Harakatlarga kirishishni ta’minlash;
2. Oyoq muskullarini harakatlantirishga mo’ljallangan mashqlar;
3. Tananing boshqa a’zolarini harakatlanishiga mo’ljallangan mashqlar.
Bunday ko’rinishdagi jismoniy tarbiya daqiqalari o’yin ko’rinishida tashkil etilib, bunda qo’l harakatlari barcha mashq turlarida mos holda ishtirok qiladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin