Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Yosh avlodni huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish – fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə106/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   318
Yosh avlodni huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish – fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi
Hukumat qarorlarida maktablar, Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari yosh avlodni har tomonlama etuk va barkamol qilib tarbiyalashga da’vat etilganlar. O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatanini sevishi, xalqiga cheksiz sadoqatli bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasisning qonun va qoidalarini, ramzlarini yaxshi bilishi va ularga chuqur xurmat bilan munosabatda bo‘lishi Shart. O‘quvchi va talabalarda ana shu xis-tuyg‘ularni tarbiyalash muqaddas vazifadir.
Ahloq, odob qoidalarining buzilishi, tarbiyasi "qiyin" deb ataluvchi o‘smirlarga etarlicha pedagogik ta’sir ko‘rsatmasligimiz natijasida kelib chiqadi. O‘miriing bunday noahloqiy harakati oila, maktabda huquqiy tarbiya sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bilan harakterlanadi. Ko‘cha-ko‘ydagi muhit ham o‘smirning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ko‘pincha odob me’yoridan chetga chiqqan o‘smirlarning xulq-atvorini izohlashda, uning o‘tish davrida bir muncha tez jismoniy rivojlanishi va nerv tizimining kuchli kamoloti kabi omillarga kam e’tibor beriladi.
Organizmdagi fiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda o‘smirning harakterida faollik, tashabbuskorlik kuchayadi. U o‘zidagi kuch-qudratni jismoniy imkoniyatlari darajasida ishlatishda ba’zan me’yorni unitib qo‘yadi. Xaddan tashqari beboshlik, tarbiyaviy ta’sirning etarli emasligi intizom va jamoat tartibini buzishga sabab bo‘ladi, bezorilik, Shumlik va Shunga o‘xshash ko‘ngilsiz hodisalarni keltirib chiqaradi.
O‘smirlar, odatda, turli tuman ijobiy va salbiy ta’sirlarga tez beriluvchan bo‘lishadi, sezgirlik va ta’sirchanlik ular harakterining shakllanishiga yordam beradi. Bu yoshda paydo bo‘lgan taassurot uzoq vaqt uning hayot yo‘lini belgilashi mumkin. O‘smirlar ko‘pincha o‘z Shaxsiy idealini izlashda va unga o‘xshashga harakat qilishadi. Bu ideal o‘zlari bilgan tanigan odam yoki adabiy qaxramon qiyofasida namoyon bo‘ladi.
O‘smirlarda o‘ziga ortiqcha baho berish kuchli bo‘ladi, Ular o‘zlarini tutish, muomala, xatti-harakatlarida kattalardek bo‘lishga intilishadi. Kattalarni ularning "mustaqilligini" cheklab qo‘yishga qaratilgan har qanday urinishlariga nisbatan juda sezgir bo‘ladilar. Odatda 14-15 yoshlarda iroda shakllana boshlaydi. Bunday yoshda o‘smirlar o‘zlarini ma’lum darajada shakllangan shaxs sifatida anglab, kuchli irodali shaxslarni namuna qilib olib, o‘zlarida ularni fazilatlarini rivojlantirishga intilishadi.
Shaxsning mavjud bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zini ko‘rsata bilishining asosiy belgisi muomala hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlar oqsab qolgan maktablarda o‘smirga ko‘cha-ko‘ydagi guruhlarning tasiri sezilarli iz qoldira boshlaydi.
Ko‘chadagi muomalani boshqarish ancha mushkuldir. U ko‘pincha soxta o‘rtoqchilik va yuzaki "qahramonlik" shakllarini olishi mumkin.
O‘smirlarda o‘yinqaroqlik mayli kuchli bo‘ladi. Hayotning o‘zi ular uchun o‘yindek tuyuladi. Ular uchun o‘yin qoidalari xulq-atvor andozasi bo‘lib qoladi va ularning xatti-harakatlarida o‘z aksini topadi. O‘smirlar o‘z xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholay olish me’yorini unutib qo‘yadilar. Buning oqibatida bezorilik, beboshlik, hayvonlarga azob berish singari qiliqlar uning uchun oddiy holat bo‘lib qoladi va ularda berahmlik, birovning boshiga tushgan kulfatga befarq qarash, loqaydlik hususiyatlari paydo bo‘ladi. Shaxsning voyaga etishi g‘oyat murakkab davr hisoblanadi. Bu jarayon qiyinchilik bilan kechadi. Ko‘nikib qolgan ayrim odatlardan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Oiladagi va maktabdagi nazoratning bo‘Shligi natijasida huquqiy tarbiya ham susayadi. Shu davrda o‘smirning yangicha xayot sharoitlarga ko‘nikishiga ko‘z-quloq bo‘lib turilmasa, huquqiy tarbiyadan chetga chiqish xavfi kelib chiqadi. Huquqiy tarbiyaning etarli darajada shakllanmaganligi, bolada ma’suliyat tuyg‘usining etarlicha rivojlanmaganligida, oilaga va jamiyatga nisbatan o‘z burchini bilmaslik yoki tan olmaslik kabi urinishlarida ko‘rinadi.
Ba’zi oilalarda o‘smirni arzanda qilib o‘stirish, qo‘lini sovuq suvga urdirmaslik kabi odatlar vaziyatga tanqidiy baho bera olmaslikka olib keladi.
Odatda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Bu yoshda o‘smirlar sodir etilgan jinoyatning xavflilik darajasini anglab etgan bo‘ladilar va sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikka tortilishi mumkin ekanligini biladilar. Biroq ta’qiqlangan va jamiyat uchun xavfli jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik o‘n to‘rt yoshdan boshlab belgilangan qasddan yoki ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirish, badanga qasddan tan jaroxat etkazib, kishi sog‘lig‘iga zarar etkazish, nomusiga tegish, bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘rilik ashaddiy bezorilik, davlat mulkini yoki fuqarolarning shaxsiy mulklarini qasddan nobud qilish yoki zarar etkazish natijasida og‘ir oqibatlar kelib chiqishi, ashaddiy bezorilik, o‘q otar qurollar, o‘q-dorilar yoki portlovchi moddalarni, poezdni halokatga olib kelishi kabi jinoyatlari uchun o‘n to‘rt yoshdan jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Axloqi buzilgan o‘quvchilar bilan dastlabki ishlar, avvalo- xalq ta’limi bo‘limlari, jamoalari tomonidan olib boriladi. Bunda o‘zlari otaliqqa olgan notinch oilalarga imkoniyatlari darajasida yordam berish ko‘zda tutiladi. Umumiy majburiy ta’limga jalb qilish, kuni uzaytirilgan guruppalarga joylashtirish, otaliqa olishga tayinlash, ota-onalarning huquq va burchlari to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazish, notinch oilalarni yig‘ilishlarda muhokama qilish, ota-onalar burchining qanday bajarilayotganligi haqidagi ma’lumotlarni sudlariga jo‘natish kabi choralar jinoyatni oldini olish tadbirlariga kiradi.
Tajriba voyaga etmaganlar o‘rtasida huquq tarbiyasini olib borishda oilaviy axborotni barcha vositalaridan (matbuot, radio televidenie) yagona reja bo‘yicha foydlanishi zarurligini ko‘rsatmoqda. O‘quvchilarning huquqiy tarbiyasi maktabda ham yagona reja asosida olib borilmog‘i uchun pedagoglar ota-onalar uchun huquqiy mavzuli targ‘ibotlar, savol-javob kechalarini tashkil etish, tarbiya usullari va bolalarni kuzatib borish haqida ota-onalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazishni hozirgi kun talablari darajasiga ko‘tarishlari kerak. Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ibot qilish o‘quvchilarning o‘zlashtirishini ko‘taribgina qolmasdan, balki ularni maktabdan tashqaridagi xulqning yaxshilanishiga yordam beradi. Xalqimiz o‘z-o‘zini anglab borayotgan hozirgi davrda maktab o‘quvchilarining maktabdan tashqaridagi xulqiga ta’sir etish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi, bolalar tashkilotlari faoliyatida qat’iy bir maqsadga qaratilganlik oshdi, dam olishni tashkil etish yaxshilandi.
Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning yangi Shakllari qo‘llana boshlandi. Yoshlar o‘rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tashkil etish va sodir etiladigan huquqbuzarlikni oldini olish borasidagi pedagogik faoliyatini yanada kuchaytirish uchun fikrimizcha quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1.Umumiy ta’lim maktablarida huquqiy bilimlarni targ‘ib qiladigan xonalar tashkil qilishga alohida ahamiyat berish;
2.Barcha maktablarning sud, prokratura, advokatura, birinchi navba
Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin