Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o’rni



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə14/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   318
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o’rni
Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘Yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham Shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u Yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahami yatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagog olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Ijtimoiy muhit – inson ko’rib turgan, uning mavjudligini, shakllanishini ta’minlaydigan moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning majmuasi. Ijtimoiy muhit keng ma’noda (makro muhit) umuman ijtimoiy-iqtisodiy tizim ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy munosabatlar, jamiyat madaniyatini qamrab oladi. Tor ma’noda (mikromuhit), umuman ijtimoiy muhitning tarkibiy qismi sifatida bevosita insonni o’rab turgan oila, mehnat, o’quv va h.k. Jamoalar va guruhlarni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi3.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyahi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi; ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, Shaxs kamolga yetadi; uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish mumkin; to‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham etakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta’sir yetiladi. Buning natijasida muhitdagi voqyealarning to’g’ri ijobiy ta’sirini amalga oshirish imkoni tug’iladi. Muhit bera olmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, hatto tarbiya tufayli Shaxsda tug’ma kamchiliklarni ham o’zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashqari tarbiya muhitning salbiy ta’siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish Shaxs faoliyatidan tashqarida bo’lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat hoh o’yin, mehnat, o’qish, sport va boshqalar Shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shaxs ulg’aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o’zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o’zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida o’yin, o’quvchi hayotida o’qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.
O’quvchi va o’quvchilarning rivojlanishida o’quv jarayonlarining ahamiyati va ta’siri beqiyos kattadir. Bilimlarni o’zlashtirish ularning tafakkurini o’stiradi, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo’lib qoladi. Bu jarayonda ularda ijtimoiy hulq mezonlari shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda bo’lishidan qat’iy nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, mehnat insonning ham jismoniy, ham ma’naviy kamol topishida muhim manba hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar, o’zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko’rsatishga harakat qiladilar. Mehnat orqali Shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Ular o’z-o’zini tarbiyalashga astoydil kirishadilar. O’z-o’zini tarbiyalashga ota-ona, o’qituvchining tarbiyaviy ta’siri yanada samarali bo’ladi. Tarbiya bilan rivojlanishning o’zaro bir-biriga ta’siri va munosabatlari mavjud, chunki qayerda tarbiya jarayoni muammolari to’g’ri hal etilsa, u shaxs kamolotiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Kamol topgan shaxs tarbiyaning roli va imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydi.
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatni tushunish, bilish faoliyatining o’zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil bo’lmog’i uchun tarbiya jamiyatning tarbiya oldiga qo’ygan talablarini, shaxsning o’ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning yetakchiligini e’tirof etish bilan birga ularning o’zaro bir-biriga ta’sirini tan oladi.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo’lmay, balki yosh hususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo’ladi. Tarbiya jarayonida o’sayotgan avlodning yosh va o’ziga xos hususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur. Ma’lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o’quvchi-o’quvchilarning har birining o’ziga xos hususiyatlari mavjud.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin