Didaktika, uning asosiy kategoriyalari
Bilish jarayonining ilmiy, nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini, Ya’ni ta’lim, bilim berish, o‘qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil bo‘limi didaktika shuG‘ullanadi.
Didaktika – grekcha so‘z bo‘lib, «didasko» - o‘qitish, «didaskol» - o‘rgatuvchi degan so‘zlardan kelib chiqqan. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonining tushunchasi va mohiyatni, ta’lim qoidalarini, uslublari hamda tashkiliy shakllarini o‘z ichiga oladi. Didaktika o‘z oldiga o‘qitishning o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini qo‘yadi. Ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurolantirishdan iborat.
Demak, didkatika pedagogikaning «nimaga o‘qitish», «nimani o‘qitish» va «qanaday o‘qitish» kabi savollarga javob izlaydi. Umumiy didaktika esa o‘z navbatida, ayrim o‘quv fanlariga oid usullar bilan juda mustahkam bog‘lanadi. SHu usullar ma’lumotiga tayanib, o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini echib boradi va ayni vaqtda har bir o‘quv fanini o‘qitish usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilar: ta’lim, ma’lumot mazmuni, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish, ta’lim metodlari, ta’limning tashkiliy shakllari.
Ta’lim didaktikada qo‘llaniladigan eng sermazmun tushunchadir. Umumiy didaktika darajasida ta’lim ma’lumot mazmunini o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining birligi, ularning o‘zaro ta’siri ma’nosida ishlatiladi.
Ta’lim – insoniyati tarbiyasining ma’lum tomonlarini, ya’ni o‘quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir. O‘qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi., balki bu jarayonda o‘quvchi, alabga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini Yanada faollashtiradi, natijada o‘quvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchilariga aylanadi. Ta’limdagi yutuqlar avvalo o‘qituvchiga bog‘liq.
Ta’limning asosiy vazifalari Shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi, Ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliYatlarini o‘stirishdir.
Ta’lim «ma’lumot mazmuni», «ta’lim mazmuni», «ta’lim jarayoni» kategorYalari bilan boG‘liqdir.
Ma’lumot mazmunida hozirgi zamon fani, texnikasi, madaniyati, ishlab chiqarishi va fikrlashning umumiy asoslari aks etadi. Unda fan, texnika, madaniyat ishlab chiqarish, tafakkurga oid etakchi qarashlar, G‘oyalar, nazariyalar, faktlar beriladi. Ma’lumot mazmuni to‘rta elementdan iborat:
Bilimlar tizimi. Bilim-tabiatda, jamiyatda, inson ongida amal qiladigan qonuniYatlarning turli belgilar (masalan yozuv) vositasida modiylashtirilgan ko‘rinishdir. Bilimlar qarash, G‘oya, ta’rif, qoida, aniqlik, aksioma, teorema, fakt va h.k. shaklida beriladi;
Ko‘nikma va malakalar – bilimlarni o‘zlashtirish, o‘zlashtirilgan bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tadbiq etish yo‘llari bilan shakllanadi. Ko‘nikma mashq qilish natijasida beriladigan harakatlar yiG‘indisidir. Demak, ko‘nikma hosil qilish mehnat qilish yo‘llari va usullarini bilib olish, o‘z bilimlarini amalda qo‘llay bilish demakdir. Ko‘nikma malakaning quyi bosqichi, mashq va takrorlash natijasida ko‘nkima yuqori bosqichga-malakaga aylanadi. Malaka-avtomatlashgan ko‘nikmadir;
Ijodiy faoliyat tajribasi – an’anaga aylangan fikrlash va faoliyat chegarasidan tashqariga chiqish demakdir;
Munosabatlar tizimi – bola o‘zida shakllangan munosabatlarga ko‘ra tevarak-atrofdagi narsalarni, voqealarni baholay oladi; oq-qorani taniydi; ilmiy va G‘ayriilmiy hodisalarning farqiga boradi6 .
Ta’lim mazmuni – bu ma’lumot mazmunining o‘qitish (o‘qituvchi) va o‘qish (o‘quvchi) maqsadida ta’lim jarayoniga olib kirilgan va didaktik jihatdan ishlov berilgan shaklidir.
Ta’lim jarayoniga - o‘qituvchi faoliyati nuqtai nazardan yondashsak, «o‘qitish jarayoni», iboralari ishlatiladi. O‘qitish-kollektiv sub’ektning faoliyati. O‘qitish ishi bilan mashG‘ul qishilarga nisbatan ishlatiladi. Unda o‘qituvchilik kasbi, uning o‘ziga xos xususiYatlari va mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘rganiladigan bilimlar chatishib ketgan. O‘qish bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashga oid ishlardir.
Ta’lim metodlari - o‘qitish va o‘qish faoliyatlarining o‘zaro bog‘liqlik asosida birga amal qilish tizimidir.
Ta’limning tashkiliy shakllariga – dars va uning tiplari, uy ishlari, ekskursiYa, o‘tkir zehnlilar munozarasi va shu kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |