Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə18/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   318
Pedagogik jarayon – pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy kategoriyalaridan biri. Pedagogik jarayon kattalarning pedagogik faoliyati va tarbiyachilarning boshqaruvchilik roli tufayli faol hayotiy faoliyat natijasida bolaning o‘zini-o‘zi o‘zgartirishining maqsadga yo‘naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir. U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib boruvchi tizim sifatida mavjud bo‘ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, pedagogning ijodkorligi va ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlari dinamikasiga asoslanadi.
Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, madaniy va boshqalar) bilan chambarchas bog‘langan. Uning mohiyat, mazmuni va yo‘nalganligi ijtimoiy jarayonlarning holati, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining real o‘zaro harakatiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quv-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati – yagonalik, undagi barcha muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati. Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’minlash pedagogik jarayonning mohiyatni tashkil etadi.
Pedagogik jarayon – ko‘plab jarayonlarning ichki aloqadorligi yig‘indisidir. Unda o‘qitish, ta’lim, tarbiya, Shaxsning shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari birlashadi. Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi barcha jarayonlarni yagona maqsadga bo‘ysundiradi. Pedagogik jarayonning murakkab ichki munosabatlari:

  • Uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi;

  • Undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi;

  • Umumiy mavjudlik va o‘ziga xoslikni saqlashda namoyon bo‘ladi.

2-chizma. Yaxlit pedagogik jarayonning tarkibiy qismlari.


Pedagogik jarayonga uning tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqadorlikda qonuniy joy egallashi birligini o‘zida ifoda etuvchi yagona tizim sifatida qarash mumkin. Tuzilish (struktura) – bu tarkibiy qism (element) larning tizimdagi joylashuvidir. Tizimlarning tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida belgilangani bo‘yicha, bundan tashqari ular orasidagi aloqadorlikda tashkil etiladi. Pedagogik jarayonning o‘zi maqsad, vazifa, mazmun, metodlar, pedagog va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro harakati shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar bilan xarakterlanadi.


Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:

  • pedagoglar;

  • tarbiyalanuvchilar;

  • tarbiyaviy shart-sharoitlar.

Professor I.P.Rachenko ta’lim tizimidagi tarkibiy qism(komponent)larni quyidagicha bo‘lib ko‘rsatadi:

  • tizim faoliyatini aniqlashtiruvchi maqsad va vazifalar;

  • ta’lim va tarbiya mazmuni maqsad va vazifalarining amalga oshishini ta’minlovchi pedagogik kadrlar;

  • tizimning ilmiy asosda ishlashini tashkil etuvchi ilmiy kadrlar;

  • ta’lim oluvchilar (ta’lim oluvchilar);

  • moddiy-texnik ta’minot;

  • tizim va uning samaradorligi ko‘rsatkichlarining moliyaviy ta’minoti;

  • shart-sharoit(psixofiziologik, sanitar-gigienik, estetik va ijtimoiy);

  • tashkil etish va boshqarish.

Amerikalik pedagog F. G. Kumbs quyidagilarni ta’lim tizimining asosiy tarkibiy qismlari deb hisoblaydi:

  • tizimning faoliyatini aniqlashtirib beruvchi maqsad va birinchi galdagi vazifalar;

  • ta’lim oluvchilar hamda tizimning asosiy vazifasi hisoblanmish o‘qitish;

  • tizim faoliyatini muvofiqlashtirish, rahbarlik va baholashni amalga oshiruvchi boshqarish;

  • turli vazifalar bilan bog‘liqlikda o‘quv muddati hamda ta’lim oluvchilar guruhining tuzilishi va taqsimlanishi;

  • mazmun – eng asosiysi, ta’lim oluvchilar ma’lumotga ega bo‘lishlari shart;

  • o‘qituvchilar;

  • o‘quv qo‘llanmalar: kitoblar, doskalar, xaritalar, filmlar, laboratoriyalar va boshqalar;

  • o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan bino;

  • texnologiya – ta’limda foydalaniladigan barcha metod va usullar;

  • bilimlarni baholash va nazorat qilish: qabul qilish, baholash, imtihonlar, tayyorgarlik sifati qoidalari;

  • bilimlarni oshirish va tizimni takomillashtirshi uchun tadqiqot ishlari;

  • ta’lim samaradorligi ko‘rsatkichlari xarajatlari.




Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin