Didaktikaning tadqiqot predmeti
Didaktikaning tadqiqot predmeti, uning munozara bahsi haqida turlicha qarashlar mavjud. Masalan, T.A. Llina: «Didaktika» - grekcha «didaktikos» so‘zidan olingan bo‘lib, «o’qitish» ma’nosini anglatadi, «didaktikaning predmeti-ta’lim jarayoni va uning qonuniyatlaridir»!, - deb yozadi. To‘G‘ri qadimgi greklar o‘qitish faoliyatiga nisbatan «didasko», o‘qituvchi o‘rnida «didaskal», o‘quvchiga nisbatan «didaskales» atamalarini ishlatishgan. Ammo, didaktika termini o‘zining dastlabki ma’nosidan ancha uzoqlashgan. Hozir bu tushunchaning hajmi va mazmuni ancha boyigan hamda kengaygan bo‘lib, u faqat o‘qituvchining faoliyatini emas, shu bilan birga, o‘quvchining faoliyatini ham o‘ziga qamrab olgan.
SH. Ganelin, B.R. Esipov «ta’lim» va «ma’lumot» tushunchalari, o‘rtasida munosabatga asoslab, didaktikaning predmetini bayon qilishgan: ularning fikricha ta’limning ma’lumotga munosabati, vositaning maqsadga munosabati shaklida amal qiladi; har qanday Yaxlit didaktik nazariYa ta’lim va ma’lumot nazariYasidir. «Didaktikaning predmeti, - deb qayd etishgan edi bu olimlar, - har doim yosh avlodning ma’lumoti mazmuni va shu mazmunni egallash jarayonini tashkil etishdir»7.
PolYak didaktik Ch.Kupisevich «o‘qitish» va «o‘qish» atamalarining dahldorligiga asoslanib didaktikaning tadqiqot predmetini belgilaydi. Uning fikricha, didaktikaning tadqiqot predmeti o‘qitish va o‘qish jarayonlar bilan birga ularni yuzaga keltirish faktorlari, shart-sharoitlari va bu jarayon olib keladigan natijalardir
Didaktikaning tadqiqot predmetini aniqlash uning tadqiqot ob’ekti-tadqiqot sohasini belgilashga, ularning farqalarini ajratishga boG‘liq. Didaktikaning tadqiqot sohasi nima? - degan savolga O. Roziqov shunday javob beradi: «Didaktikaning tadqiqot sohasi – ta’lim jarayoni turli-tuman munosabatlar, boG‘lanishlardan iborat. Bu boG‘lanishlar orasida eng qadimiy, tarixiy ginetik jihatdan birlamchi hodisa o‘qituvchisi bilan o‘quvchining o‘zaro ta’siri, ularning o‘zaro boG‘liqligidir». Olim didaktikaning fan sifatida shakllanishi jarayonini ko‘rsatar ekan uni o‘qituvchilik kasbining paydo bo‘lishi bilan boG‘laydi. O‘qituvchilik kabi paydo bo‘lishi natijasida ta’lim ma’lum maqsad, reja, tizim asosida tashkil etila boshlandi. O‘quv-tarbiya jarayonini alohida loyixalar-o‘quv rejalari, dastur va darsliklari asosida tashkil etish, boshqarish, nazorat etish G‘oYasining asoslanishi ta’limning ijtimoiy institut sifatida shakllanishiga sabab bo‘ladi. Bularning natijasi o‘laroq ta’lim-tarbiya muassasalari yuzaga keldi. Demak ta’limning ijtimoiy institutiga aylanishi, o‘quv loyihalarining asoslanishi, tarbiya muassasalarining paydo bo‘lishi didaktikaning fan sifatida shakllanishiga olib keladi.
Didatika ta’lim jarayoni, uning zvenolari, maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, prinsiplari, vositalari, metodlari, natijalari, ta’limning tashkiliy shakllarini o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: |