Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə30/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   318
O‘quv rejasi
Ta’lim mazmunini o‘zida aks ettiruvchi asosiy normativ hujjatlaridan biri o‘quv rejasidir. Maktab o‘quv rejasi – barcha umumta’lim maktablarida bajarilishi shart bo‘lgan davlat hujjatidir. Unda sinflar bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv predmetlari tartibi va miqdori, u yoki bu o‘quv predmetiga ajratilgan o‘quv soatlari, o‘quv yilining boshlanishi, davomi, Yakuni, ta’tillari ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Maktabning Yagona o‘quv rejasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O‘quv rejasi deb, o‘qitiladigan fanlar, o‘qitish uchun ajratilgan soatlari o‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi.
O‘quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi.
1. O‘quv rejasi, o‘quv-tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi. Maqsad-ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga o‘rgatishdir.
2. Ta’lim tizimining uzluksizligiga asoslanadi. (YA’ni: boshlanG‘ich maktab I-IV sinflar, to‘liqsiz maktab - V-IX sinflar, umumiy ta’lim maktabining X-XI sinflarining o‘zaro boG‘liqligi).
3. To‘liqsiz va o‘rta maktablarda o‘quvchilarga bir butun tugal bilim beriladi.
4. O‘quv rejasiga kiritilgan fanlarning hajmi qaysi sinfda o‘qitilishi, ajratilgan soat, bolalarning yoshi va bilim saviYasiga qarab beriladi. Fanning hajmi, oG‘ir-engiligi, didaktik ahamiYati ham e’tiborga olinadi. O‘quv rejasiga kirtiligan fanlar, birinchi navbatda, umuminsony tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgandir.
O‘quv rejasida tabbiy fanlar va ijtimoiy fanlar uchun soatlar ajratilgan, ayrim faanlar bo‘yicha o‘quvchilarning qiziqishi, xohishlarini qoniqtirish, qobiliYatlarini rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladigan fakultativ mashG‘ulotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limning me’yoriy hujjatlarida o‘quv rejasiga shunday ta’rif beriladi: «O‘quv rejasi – oliy ta’limning muayyahi yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyat turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchinlligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan normativ hujjat»8. Oliy ta’limda bakalavr yo‘nalishilari va magistr mutaxassisliklar uchun alohida o‘quv rejalari tuziladi.


O‘quv dasturi

O‘quv dasturi ma’lumot mazmunini moddiylashtirishning o‘ziga xos darajasi bo‘lib, ular har bir o‘quv predmeti uchun alohida – alohida tuziladi. O‘quv dasturi o‘quv rejasi asosida ishlab chiqilgan davlat hujjati bo‘lib hisoblanadi. O‘quv dasturining kirish qismida u yoki bu o‘quv predmetini o‘qitishning maqsadi, vazifalari, yo‘nalishlari, dasturni amalga oshirishga oid metodik maslahatlar beriladi.


Dasturning asosiy qimida o‘quv predmetlarining mazmuni, tushuncha va terminlar tizimi, o‘rganiladigan nazariy va amaliy materiallar, ular orasidagi aloqadorlik, o‘rganiladigan bilimlarning, ko‘lami, mazmuni qayd etiladi.
O‘quv dasturining uchinchi qismida u yoki bu mavzular bo‘yicha shakllantiriladigan malakalarning hajmi belgilab boriladi. Dasturda har qaysi o‘quv fanlarining mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko‘rsatiladi.
O‘quv dasturi quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan holda tuziladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin