Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Akademik letsiy nima-yu, kasb hunar kolleji nima?



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə38/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   318
Akademik letsiy nima-yu, kasb hunar kolleji nima?

“Ta’lim to‘G‘risida” gi qonunimizning 2-bo‘limida ta’lim turlari ko‘rsatib berilgan bo‘lib, uning 13-moddasi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi haqidadir. Kadrlar milliy dasturida ta’kidlanishicha: “Umumiy o‘rtata’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O‘rta maxsus, kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi”16


1998 yil 13 mayda Vazirlar Maxkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘G‘risida”gi 204-sonli qarori va qarorga ilova tarzda “O‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi to‘G‘risida Nizom” e’lon qilindi. Nizomda ko‘rsatilganidek: “Kasb-hunar bo‘yicha chuqurlashtirilgan, tabaqalashtirilgan ta’lim berish, o‘quvchilarning intellektual rivojlanishi va ularning o‘z qobiliYatlari va moyilliklariga muvofiq kasb-hunar ta’limining maqsadi xisoblanadi”.17
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida kunduzgi o‘qish shaklida amalga oshirilishi belgilandi.
Akademik litsey - o‘qitish muddati uch yil, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradi. O‘quvchilarning imkoniYatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning inteliktual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilmi saviYalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniYatiga ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni o‘qishni muayyahi oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ruyobga chiqarishlari mumkin.
Akademik litseylar oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etiladi.
Kasb-hunar kolleji – o‘qitish muddati uch yil, davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus layoqatlarini, ko‘nikma va o‘quvlarini rivojlantirish, ularning tanlangan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir nechta mutaxasislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi.18
Kasb-hunar kollejlari jixozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jixatidan Yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilargi o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shuG‘ullanish xuquqini beradi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur19

  • akademik litsey va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;

  • soha uchun oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish, fan va madaniYat sohasining mutaxasisilarini jalyu etgan holda yuqori malakali mutaxasislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyolash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun ta’lim kasb-hunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;

  • akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyat ko‘nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar io‘lab chiqish va joriy etish;

  • kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxasislarga nisbatan ixtisos va kasb-hunar, malaka talablarining ruyxatini ishlab chiqish;

  • hududlarning juG‘rofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli sohadagi mutaxasislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini ta’minlash, ularga o‘quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish;

  • akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy texnika va axborot bazalarini mustaxkamlash.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin