O‘quv fani dasturi - ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqul usullari ko‘rsatilgan normal hujjat10.
Oliy ta’limning birinchi bosqichida ta’lim dasturlari ta’limdagi uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqishi va talabaning quyidagi fanlar bloklarini o‘zlashtrishini nazarda tutadi.
-gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy;
- matematik va tabbiy ilmiy;
- umumkasbiy;
- ixtisoslik;
- qo‘shimcha.
Magistratura ta’lim dasturida esa quyidagi majburiy bloklar o‘zlashtrilishini nazarda tutadi:
- umummetodologik fanlar;
- mutaxassislik fanlari;
- ilmiy faoliyat.
O‘quv predmetlari
Har bir o‘quv predmetida o‘ziga oid fanning umumiy asoslari beriladi. Fan va o‘quv predmeti bir-biridan quyidagi belgilariga ko‘ra farq qiladi.
Birinchidan, fan xajm va mazmun jihatidan keng bo‘lib u shu fanga oid G‘oYalar, qarashlar, bilimlar, tushunchalarining barchasi o‘z aksini topadi. O‘quv predmeti esa xajm va nisbat bo‘lib, unda bolalarning hayotiy tajribalari, real imkoniYatlari mos keladigan bilimlarni o‘rgatish ko‘zda tutiladi.
Ikkinchidan, fan hamma uchun – yoshu qari, o‘zbeku qozoqqa bir xil xizmat qiladi. O‘quv predmetlari esa faqat yoshlariga mo‘ljallab tuziladi.
Uchinchidan, fan va o‘quv predmetining faqat o‘zigagina vositalari mavjud.
To‘rtinchidan, fan o‘zini-o‘zi rivojlantiradi, tarbiyalaydi.
Lekin farqlariga qaramasdan ular o‘zaro o‘zviy boG‘langan.Fan taraqqiyoti o‘quv predmetlarining mazmuni mundarijasiga ta’sir qiladi. Fan rivojlangan sari o‘quv predmetlari sayqallashib, takomillashib boradi.
O‘quv predmetlarida ko‘zda tutilgan muammolar o‘quv predmetiga oid ma’lumot mazmunini tanlash, ko‘nikma-malakalarni birlashtirish, me’yorlarni belgilash, bolalarning yoshi tayyorgarlik darajasiga mos topshiriqlar tizimini ishlab chiqarish kabi funksiYalarni bajaradi.
O‘quv pedmetlari bir yoki bir necha yil mobaynida o‘tiladi. Masalan, ona tili predmeti bola o‘qish va yozishni o‘rgangandan boshlab o‘rta umumiy ma’lumot olguncha davom etgan o‘quv kursidir.
O‘quv pedmeti, uning mazmuni, unda ko‘zda tutilgan muammolar moxiYatidan kelib chiqib darsliklar tuziladi.