Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


O‘quv darsliklari va ularning tuzilishi



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə33/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   318
O‘quv darsliklari va ularning tuzilishi

Darslik o‘quv jarayoning zarur qismidir. Ko‘p vaqtlardan beri o‘qitishning eng muhim vositasi hisoblanadi.


Darslik – o‘quvchilarning ikkinchi “muallimi”. CHunki, u o‘quvchi uchun zarur qo‘llanmadir.
Darslik – davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi, uslubiYati va talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol G‘oYalari muayyahi o‘quv fanining mavzulari to‘liq yuritilgan, fanning asoslarini mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan nashri.
Har bir o‘quv fanining mazmuni darslikda batafsil yuritiladi. Unga tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktik bilimlariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir. Bilim ta’lim tizimiga pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi darsliklarni ham shunga mos xolda Yaratish zarurdir.
YAngi pedagogik texnologiYaga asoslangan darsliklarning modeli o‘z tarkibiga ikkita kompanentni mujassamlashtirish talab etiladi: a) ta’lim mazmuni; b) ta’lim beruvchi metodik tarbiyachining faoliyati Ya’ni o‘qituvchining kasb maxorati. O‘quv pedmetining loyixasini ifodalagan karta va xokozo. Chunki, bizning mintaqamiz bilan bog‘liq holda o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan fiziologik-geginik hamda psixologik xususiYatlardan, davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqqan xolda darsliklarda bayon qilinadigan o‘quv materiallarining xajmi o‘quv materiallarini strukturalashtirish muammolari, darsliklarda metodik instirumentlarning o‘rni o‘quvchini darslik bilan ishlatish yo‘llari, bu jarayonda o‘qituvchining tutgan o‘rni kabi muammolar chuqur tatqiq etilishi lozim.
Darsliklarning Yangi avlodini Yaratishda davlat ta’lim standarti talablari va o‘quv dasturi xajimida me’yorlangan o‘quv yuklamasining modeli va xavola etilayotgan o‘quv materiallarining ta’limiy-tarbiyaviy qiymatligini ta’minlash parametriga o‘quvchilarni Yangi bilim va axborotlar bilan qurollantirishning didaktik va texnologik asoslariga taYanish maqsadga muvofiqdir.
Darsliklar Yaratish muammosining muhim masalalari sifatida quyidagilarni ta’minlash aloxida axamiYatga ega.

  • O‘quv fani asoslarining mazmuni, Ya’ni o‘quv modili bilan o‘quvchilar bilish faoliyati ko‘rinishlarini uyG‘un xolda ifodalash;

  • Ko‘p tarmoqli o‘quv materiallarini taqdim etish;

  • Giper matnlarni berish, multimedium yondashuvga asoslanish;

  • Informatsion banklarni taqdim etish;

  • O‘quv materiallarini texnik va texnologik talablar asosida ifodalash;

  • Darslikning o‘quvchilar bilan bevosita muloqotga kirishishini ta’minlash. Buning uchun esa Yangi darsliklar tipologiYasini ilmiy pedagogik jixatdan asoslash va ishlab chiqish talab etiladi;

  • Ta’lim jarayonini darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, metodik vositalar, o‘quv luG‘atlari va biofilimlar bilan ta’minlashga erishish;

  • Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar mazmuni “Milliy istiqlol G‘oYasi: asosiy tushunchalar, tamoillar” i bilan boyitish;

  • Ko‘p tarmoqli o‘quv materiallarni darslik va qo‘llanmalar orqali taqdim etishga erishish;

  • Darslik va o‘quv qo‘llanmalarning o‘lchamlari va xajmi ustida jiddiy izlanishlar olib borish;

  • Darslik dizayni soxasida tatqiqotlar olib borish bu borada jaxon va tarixiy tajribalarni uyG‘unlashtirishga erishish;

  • Darslik va o‘quv qo‘llanmalari ta’lim jarayoninig axborot modili sifatida nomoyon bo‘lishini ta’minlash uchun keng ko‘lamda tatqiqotlarni yo‘lga qo‘yish;

  • Integrativ darsliklar Yaratilishini ta’minlash va boshqalar. Darslik bilan bir qatorda ayrim o‘quv fanlari yuzasidan o‘quv qo‘llanmalar ham tuziladi. Masalan, masalalar va mashqlar to‘plami, matolar, atlaslar, luG‘at kitoblar shular jumlasidandir.

O‘quvchilarning o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanishlari ularning o‘quv materiallari ustida tizimli ish olib borishlari, ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan Yanada mukammalroq foydalanishlariga keng imkoniYatlar Yaratadi.
O‘quvchilar darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ham darsda, ham uy sharoitida mustaqil ish olib boradilar. Darslik materiali tarbiyaviy axamiYatga ega. U bilan ishlash o‘quvchilarning tarbiyasiga, ularda ilmiy dunyoqarashning, axloq-odobning shakllanishiga, tafakkuri va nutqining, ishdagi mustaqilligining rivojlanishiga yordam beradi.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin