Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə217/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   318
Masala 30. Bolangiz yugurganicha ko‘chadan kirib keldi, qo‘lida chiroyli mashinacha. Bu o‘yinchoq o‘rtog‘i Bobirniki, ko‘chada unutib qoldirgan. Bolangiz: o‘yinchoq meniki bo‘laqolsin, oyijon, uyda o‘zim o‘ynayman, - dedi. Sizning munosabatingiz.
A) Juda chiroyli ekan, mayli, Yashirib qo‘Yaqol. Uning boshqa mashinalari ko‘p;
B) Biroz vaqt o‘ynagin-da, keyin olib chiqib ber. Birovning narsasini olishga o‘rganma. U sening narsangni olsa, Yaxshi bo‘ladimi? Buning o‘rniga narsalaringni, o‘yinchoqlaringni Yaxshi asrab, birgalikda o‘ynanglar. O‘shanda Yaxshi o‘rtoq bo‘lasizlar. Katta bo‘lganlaringda bir-birlaringga yordam beradigan bo‘lasizlar. YAxshi odamlar Shunaqa bo‘lishadi.
Bolalaringizni narsalarni ehtiyot qilib, asrashga o‘rgating!”
Masala 31. Ruchkasini yo‘qotib qo‘ygan Jamshid maktabga ketish oldidan opasi Masturaning ruchkasini talashib, sindirib qo‘ydi. Ikkaloviga ham ruchkalarni Yaqinda olib berishgan edi. Oila a’zolarining bu holatga bo‘lgan munosabatlari.
A) Opasi Jamshidni kaltaklab ketdi;
B) Dadasi: Bitta ruchka bir haftaga etmaydi. Bo‘ldi endi ruchka olib bermayman. Nima qilsang qilaver, - deb jahl bilan ishga chiqib ketdi;
V) Oyisi: Jamshid, o‘g‘lim, talashganingda nima bo‘ldi endi – butun ruchka sindi. Opangdan Yaxshilab so‘raganingda u ruchkasini berib turar edi. Mana endi Yana ikkita ruchka olishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun hamma narsani avaylab tutish kerak. Ana o‘shanda men bilan dadangning oyligi tejeladi. Tejalgan pulga o‘zlaringga boshqa narsalar olib beramiz.
Noz-ne’matni uvol qilmang!”
Masala 32. qumri xola kelini Lolaning piyolasida toza ichilmay qolgan shakarni ko‘rib: Bolam, piyolangizning tagida shakar qolibdi, tozalab ichib qo‘ysangiz bo‘lardi – uvol bo‘ladi, - dedi. Bunga kelinining javobi:
A) Voy-bo‘y, Shu ozgina shakar bilan boy bo‘lib qolamizmi? YUvib tashlayvering;
B) SHakar tugab qoladi, deb qo‘rqaYapsizmi? Dadamga aytaman, bir qop shakar olib kelib beradi;
V) Xo‘p, oyijon, uzr, shoshib turgan edim-da, deb choy quyib ichib qo‘yishi kerak.
Sepli kelin bo‘lma, epli kelin bo‘l!”
Masala 33. Umida opa qo‘shnisinikidan kayfiYati buzilib chiqdi. qo‘shnisi kelinining saruposi, tilla taqinchoqlari, to‘ylarida qilingan tog‘oralarni aytib, rosa maqtandi. Umida opaning keliniga onasi aqlli bitta zirak ham qilmagani, sarupolarining ham tayini yo‘qligini eslab, ichidan o‘kindi. O‘zini qo‘Yarga joy topolmay, oxiri o‘g‘liga yorildi. Keliniga va uning oilasiga nisbatan achchiq gaplar qildi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin