Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


O’quvchilarning ekologik tarbiyasi



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə101/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   318
O’quvchilarning ekologik tarbiyasi
«Ekologiya» - yunoncha so’z bo’lib, tirik mavjudotlarning yashash Sharoiti va tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro munosabatlari hamda Shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o’rganadigan fandir.
O’zbekiston Respublukasi Konstitusiyasining 18-moddasida yer va yer osti boyliklarini, suv manbalarini, o’simlik va hayvonot dunyosini qo’riqlash, bu boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy boyliklarni uzluksiz ko’paytirib borishni ta’minlash, insonning atrof-muhitni yaxshilash uchun chora va tadbirlar ko’rishi zarurligi ta’kidlangan.
O’zbekiston Respubilikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilgan «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonuni, «Sog’lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta’lim tarbiya konsepsiyasi»ning ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg’armasining tuzilishi mamlakatda ekologik muammolarni bartaraf etishga kirishilganidan dalolatdir.
Ayniqsa, umumta’lim maktablarida ham ekologik yo’nalishdagi sinflarning tashkil etilishi, bu asosda litsey maktablarining shakllanishi yosh avlodga maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishilganini ko’rsatadi. Maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo’ygan har bir yosh, qanday ixtisos egasi bo’lishidan qat’i nazar, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga oid nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishi kerak.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning tabiatga ta’sir etish darajasi ham shunchalik ko’p bo’lar ekan. Aholi sonining tez o’sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko’payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muamolar butun dunyo (global) muammolariga aylanib bormoqda. Yer bag’ridan har yili 120 mlrd. Tonnadan ortiq turli xildagi xom ashyo, qurilish materiallari, yoqilg’ining qazib olinishi va sarf qilinishi tabiiy boyliklar miqdorining kamayib borishiga sabab bo’lmoqda. Ko’pgina zararli korxonalar, zavodlarning ham oqar suvga yaqin joylashganigi sababli suv havzalarini toza saqlash muammo bo’lib borayotir. Markaziy Osiyoda yashayotgan fuqarolarning salomatligi yomonlashib, kasalliklar ko’paymoqda. Yer kurrasida insonning yashab qolish-qolmasligi masalasi endi ekologik muammolarni yechishga bog’liq bo’lib qoldi.
Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigiyenik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo’nalishlari mavjud. Bu yo’nalishlar ichidan pedagogik yo’nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik yo’nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko’zda tutiladi.
Ekologik ta’lim deganda o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo’lib, maktabda barcha fanlarni o’qitishda amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o’rgata boriladi. Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbe» ni ochib, birinchi so’zini xijjalab o’qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim» deb ta’kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichiklagidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir.
Ekologik tarbiyada o’quvchilarni o’z maktabini; yashaydigan muhiti-Shahar va qishloq ko’chalarini ko’kalamzorlashtirish, mevalli va manzarali daraxt ko’chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.
Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik duyonqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog’liqdir. Agar bu masala oilada to’g’ri yo’lga qo’yilmagan bo’lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo’ladi.
Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e’tibor bilan qaraganlar va bu borada ibratli an’analarni vujudga keltirganlar. Bolalar go’daklik chog’laridanoq ahloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muhabbat, atrof-muhitga hurmat, obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish xissi sabot bilan singdirilgan. Masalan, atrofni ifloslantirmaslik uchun axlatlarni alohida chuqurchalarga tashlash; xojatxonalarni ariiq, soy, buloq suvlaridan uzoqroq joyda kovlash; yong’in chiqmasligi chorasini ko’rish; turli ehtiyojlar uchun yashnab turgan daraxtda emas, balki ko’rib qolganlaridan foydalanish; nihollarni sindirib, payxon qilmaslik; qushlarni uyasini buzmaslik kabi xatti-harakatlar Shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga «Suvga tuflama, uini iflos qilma, Chunki barcha jonivorlar uni ichib baxra oladi", "Gullab turgan mevali daraxtning Shoxini sindirma, u meva beradi, uni o’zing iste’mol qilasan", "pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh ish bo’ladi, Chunki unda ahli mo’minning nasibasi bor" deb pandu-nasixatlar qilganlar.
Ekologik ta’lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog’chalarida, umumiy ta’lim maktablarida, keyingi ta’lim bosqichlarlda hamda mehnat jamoalarida davom ettiriladi. Bu o’rinda hayotiy misollar orqali hozirgi paytda oilalarda ekologik savodxonlikning pastliligi uqtiriladi. Masalan, hozir ko’plab odamlar mollarini ekinzorlarda, bog’larda xatto mevali va manzarali daraxtlarga bog’lab boqadigan bo’lib qolishmoqda. Axir o’tmishda xalqimiz qaramog’idagi hayvonlariga maxsus podachi saqlagan-ku. Buning ustiga hozirgidek hayvonlarni duch kelgan yerda emas, alohida ajratib qo’yilgan yaylovlarda o’tlatgan yoki oilaviy dam olishga chiqilganda o’t-o’lanlar payxon qilinmagan, qir-adirlarda shisha siniqlari, ovqat qoldiqlari tashlab ketilmagan. Daraxtlarga, o’simliklar olamiga, hayvonlarga zarar keltirilmagan.
O’lkamizming tabiiy o’simliklar dunyosi, ularning foydasi, bu boyliklarni muhofaza qilish kerakligi haqidagi masalalar bilan yoshlarni maktab partasidan keng tanishtirib borish o’zining samarasini beradi. Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o’qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni o’qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul’tetiv mashg’ulotlarda, darsdan tashqari to’garak yig’ilishlarida, ekskursiya davrida hamda o’zlariniig kundalik faoliyatlari davomida ekologik muammolarni o’rgana boradilar.
Fanlarni o’qitishda o’quvchilarga tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanishga oid beriladigan bilim, ko’nikma, malakalarini shakllantirish o’qitishda qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos ravishda hamda tanlangan ekologlk materiallar mazmuni mavzu mazmuniga mos holda tanlab olinishiga e’tibor qilinadi.
Hozirgi zamon ekologiyasining qonun va qoidalarini, dastlabki ekologiya ma’lumotni hamda madaniyatni shakllantirish 3 yo’l bilan -dars mashg’ulotlarida, sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarda va ekskursiyalar vaqtida amalga oshiriladi. Bunda tabiat o’quvchilarga ekoligiya haqida ekoligiya qonuniyatlar va tushunchalar to’g’risida bilim beriladi.
Ekologik tarbiya berishga tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-Atrof muhit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’siri;
-Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash;
-Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilani hamkorligi;
-O’z tumanini, shaharini, qishloq va maktab hovlisini, ko’kalamzorlashtirishda, xatto, sinf xonasidagi o’simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini oshirish;
-Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;
-Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalarini namunalari;
-Oiladagi, maktabdagi tarbiyani, o’simliklar va hayvonot dunyosini e’zozlashga o’rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish;
-Tabiatga ongli munosabat jarayonida o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish;
-yoshlarning ekoligiya tarbiyalashda milliy an’ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e’tiborni kuchaytirish;
Bolalarda ekoligiya xususidagi tasavvurlarni kengaytirishda tarix fanining imkoniyati katta. Bundan besh yuz yil, ming yil avval o’lkamiz tabiati qanday bo’lmagan, o’simliklar va hayvonot olamini, uning ekoligiyasi-chi kabi savollarga tarix fanidan javob topish mumkin.
Maktabda o’quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim tarbiyani geografiya darslarida har bir mavzuga bog’lab berib borish mumkin.
Ekoligiya va tabiatni muxofaza qilish darslarida joy nomlaridan foydalanish ona tili bo’yicha mashg’ulotlarni yanada qiziqarli qiladi. Ona tili darslaridagi ko’plab mashqlar o’quvchilarda tabiatga mehr uyg’otishda qo’l keladi. Mashqlardagi suv va havo, o’simlik va hayvonot olamiga taalluqli fikrlar ifodalangan matnlarni tahlil qilish orqali ham tabiatga mehr uyg’otish mumkin.
Adabiyot fani ham ekoligiya bilan chambarchas bog’langan. Bunda har bir asarni o’qib tahlil qilish vaqtida va o’quvchiga tushuntirayotganda faqat bezash nuqtai nazaridan emas, ya’ni tabiatny muxofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Mana shu usul bilan adabiyot darslarida ham o’quvchilar ongiga ekologik tarbiyani singdirib boriladi. Shuningdek, 5-11sinflarda "Tabiatni asrash-Vatanni asrash", "Tabiatni e’zozlaylik" kabi mavzularda turli baxs va she’rxonlik kechalari uyushtirish orqali ham ekologik tarbiyani amalga oshirish mumkin. Adabiyot fanida o’qitilayotgan xalq og’zaki ijodi misolida esa o’quvchilar ajdodlarimizning ekoligiya xatolari nimadan iboratligini hamda bu sohada ularning qanday ibratli ishlari borligini o’rganadilar. O’quvchilarga aytiladigan ertaklarda hayvonlar va o’simliklarning xususiyatlari, ularning tabiatdagi 3 o’rni ochib beriladi. O’qilgan badiiy asarlar misolida, o’tkazilgan suhbatlarda tabiatga yaxshi munosabatda bo’lish va toshbag’irlik bilan qarash dalillari muhokama qilinadi.
Matematika fanida beriladigan ekologik ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilar tabiatdagi salbiy va ijobiy o’zgarishlar inson sog’lig’iga qanday ta’sir qilish haqida aniq tasavvurga ega bo’lishadi. Masalan, Respublikada 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular havoga bir yarim.ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, bunday holat 10 yil, 20 yildan keyin Shunday holda ketaversa, nimalarga olib kelishi mumkinligi kabi misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari tasvirlanadi, yoki boshqa bir misol. Dunyo bo’yicha har yili taxminan 6-7 mln.gektar yer ishdan chiqmoqda. Uning tiklanishi uchun juda ko’p vaqt kerak bo’ladi. 3 sm qatlamidagi tuproqning tiklanishi uchun 300-500 yil vaqt zarur. 18 sm qalinlikdagi tuproq tiklanishi uchun esa taxminan 2700 yil talab etiladi. Bunday aniq raqamlar bilan ifodalangan misollar asosida tuproqning insoniyati boyligi ekanligi, uni asrab avaylash har bir kishining kelajak oldidagi burchi hisoblanishini uqtiriladi.
Mehnat ta’limi darslari esa bolalar olgan bilimlarini amaliyotda ko’rishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda sinfdan tashqari darslarni ahamiyati kattadir. Xususan, tabiat qo’yniga sayohatlar, ekologik yo’nalishdagi to’garaklar, Shu mazmundagi kechalar o’tkazish o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanadi. Sayohatlar mazmuni asosan tevarak-atrofni kuzatishga qaratiladi. Sayohatlarda o’quvchilar tabiatdan inson qanday foydalanayotganligini ko’radilar, kattalarning tabiatga to’g’ri yoki noto’g’ri munosabatda bo’layotganligini guvohi bo’ladilar. Tabiat qo’ynida bo’lish, o’quvchilarda estetik kechinmalarni paydo qiladi. O’quvchilar qushlarni sayrashini eshitib, o’simliklarni yashnashini ko’rib quvonadilar. Bu holatdan ular ham estetik, ham ekologik tarbiya oladilar.
Ekologik yo’nalishdagi to’garaklarda bolalarni tabiatga zarar yetkazmaslikka, tabiat go’zalliklaridan zavqlanishga, atrof-muhitni sevishga o’rgata boriladi. To’garak mashg’ulotlarida o’tiladigan "Tabiatni e’zozlaylik", "Tabiat va inson", "Ekoligiya va inson", "Orol madad suraydi", "qushlar -bizning do’stimiz" kabi mavzularda tabiatga qiziqishni yanada oshiradi. Bag’ritoSh, ; Shafqasiz, tabiatni mensimaslik kayfiyati bilan qaraydigan bolalarni hushyorlikka chorlaydi. To’garak mashg’ulotlarida yana hashoratlarni tugab, ularga ozor beradigan, chumolilar inini, qushlar uyasini buzadigan, o’simliklarni bosib, yulib oladigan o’quvchilarning xatti-harakatlarini muhokama qilish zarurligini uqtiriladi. O’quvchilar to’garak ishlarida faqat mavzular o’rganib yoki turli kechalar o’tkazibgina qolmay, bevosita amaliy ishlar ham qiladilar. Ya’ni, gullarni o’stiradilar, qushlarni, quyonlarni boqib, parvarish qiladilar. Demak, o’quvchilarni tabiatni muhofaza qilishda, tabiat hodisalarini kuzatishga o’rgatishda ekologik to’garaklarni ta’siri katta.
Maktabda ekoligiyaga oid ta’lim-tarbiya birligi amalga oshirilsagina, o’quvchilarda bir butun ekologik bilimlar tizimi shakllanishi mumkin. Bunda, albatta, butun maktab jamoasining - sinf rahbarlari, fanlar o’qituvchilarining o’zaro hamkorligi talab qilinadi.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin