22-Mavzu: Mavzu Xalqaro baholash dasturlari. Reja. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ta’lim sifatini oshirishgava baholashga oid fikrlari
O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 997-son
qarori( 08.12.2018) ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida 3.Xalqaro baholash dasturlari TIMSS, PISA va PIRLS O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasida davlat va jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qatorida ta’lim sifatini oshirishga, 2021 yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq ta’lim vazirligi,Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uning huzuridagi Milliy markaz, Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko‘rish yo‘lida amalga oshirilayotgan vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Qayd etish lozimki, Prezidentimiz farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA xalqaro baholash dasturining reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish ustuvor vazifa etib belgilangan edi.
SHuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida dunyoda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha etakchilik qilib kelayotgan xalqaro baholash dasturlari, jumladan PISA va PIRLS dasturlarida ishtirok etishga kirishildi.
Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liqdir. Unda ishtirok etish, nafaqat O‘zbekiston, balki, jahon hamjamiyatida o‘quvchilarning o‘quv dasturlarini yodda saqlab qolganligini baholashdan ularning kompetensiyalarini baholash, ya’ni maktabda egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishi, ijodiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va uni baholashga o‘tishda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi.
O‘qituvchilar va o‘quvchilarning PISA va PIRLS tadqiqotlari haqidagi tasavvurlarini boyitish, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, o‘quvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shu orqali ta’lim sifatini oshirishga hissa qo‘shish maqsadida Ta’lim inspeksiyasi, uning huzuridagi Milliy markaz hamda xalq ta’limi tizimidagi mutaxassislar bilan hamkorlikda 2019 yil davomida qator ishlar amalga oshirildi.
Xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha xorijiy davlatlarda Inspeksiya va Xalq ta’limi tizimining 30 nafar xodimlari malaka oshirdi.
Respublikamizning 14 ta hududida, jumladan, xorijiy ekspertlar ishtirokida Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida seminarlar tashkil etilib, umumta’lim muassasalarining 2800 nafarga yaqin jamoalari qamrab olindi, 260 nafar trener tayyorlandi.
Xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha 191 ta maktablarda PISA savollari negizida dastlabki tajriba-sinovlar o‘tkazilib, 4873 nafar o‘quvchilar qamrab olindi. TIMSS dasturi savollari negizida Jahon banki bilan hamkorlikda 150 ta maktablarda tadqiqot o‘tkazilib, 4051 nafar o‘quvchilarning matematik savodxonligi baholandi.
PISA va PIRLS doirasida tajriba-sinov o‘tkazish uchun 200 dan ortiq topshiriqlar tarjima qilinib, xalqaro lingvistika markazlari tasdig‘idan o‘tkazildi.
O‘quvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan 20 ta videodars va videoroliklar, 7 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va topshiriqlar to‘plami, shu jumladan 4 nomdagi metodik qo‘llanmalar 10,0 ming nusxadan chop etilib, barcha maktablarga etkazildi, shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.
1.Respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Ta’lim inspeksiyasi deb ataladi), Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining:
a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni (keyingi o‘rinlarda xalqaro tadqiqotlar deb ataladi) tashkil etish:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun;
The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun;
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga:
xalqaro tadqiqotlar o‘tkaziladigan o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash hududiy mintaqaviy va tarmoq markazlarining o‘quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borish;
xalqaro tadqiqotlar dasturlarining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida loyihalar tayyorlash va amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Milliy markazning murojaatiga asosan uni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir hafta muddatda PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarida O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishi yuzasidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan hamkorlik shartnomalarining imzolanishini tashkil etsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari moliyaviy tashkilotlari kreditlarini jalb etish choralarini ko‘rsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbaev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri SH.X. SHermatov zimmasiga yuklansin.