Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə197/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   318
Internet saytlari:
1. www.ziyonet.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.tdpu.uz


10- Mavzu:Ta’lim menejmenti
(Amaliy mashg‘ulot ishlanmasi 2 soat)
Reja:
1. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha.
2. Ta’lim muassasasi boshqarish.
3. Ta’lim muassasasi Ustavi- rahbarlik va boshqaruv tizimini aniqlovchi hujjat.
4. Ta’lim muassasasi ichki boshqaruvi. Ta’lim muassasasida metodik ishlarni tashkil etish.
1-topshiriq. Ta’lim menejmenti mavzusiga doir muammoli vaziyatlar
Quyidagi muammoli vaziyat bilan tanishing va fikringizni bayon qiling
1.Siz ishlaydigan maktabda bir nechta o‘quvchiga o‘zingiz o‘tayotgan fandan 1-semestr bo‘yicha baho qo‘ymadingiz. Biroq o‘quv yili yakunida jurnalda mazkur o‘quvchilarga baho qo‘yilganining guvohi bo‘ldingiz. Siz o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga uchrashdingiz. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularga bahoni guruh rahbari qo‘yib yuborganini aytdi. Mazkur vaziyatda siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
2.Siz maktab rahbarisiz. Qo‘l ostingizdagi o‘qituvchingiz ertalab ishga kelib, 1-parani tugatib uyiga ketib borayotgan edi. Siz qaerga ketayotganini so‘raganingizda, darsini o‘tib bo‘lib, uyga ketayotganligini aytdi. Siz ish vaqti tugamaganligini aytdingiz, biroq o‘qituvchi indamasdan ketib yubordi. Mazkur vaziyatni baholang va uni hal eting.
3.Siz maktab rahbari sifatida Pedagogik Kengash o‘tkazyapsiz. Lekin orqada o‘tirgan yosh o‘qituvchilardan ikkitasi gapni eshitmasdan, o‘zaro gaplashib o‘tirishibdi. Siz ogohlantirish berdingiz. Lekin ular mazkur holatni qayta takrorlashib o‘tiribdi. Mazkur vaziyatni baholang. Siz qanday yo‘l tutar edingiz?
«To‘g‘ri maslahatni olmagan – nodon!»
Masala 27. Shoira qishloqdan keldi-yu, o‘zgardi-qoldi. O‘ziga bino qo‘yadigan, dugonalarini mensimaydigan bo‘lib qoldi. Uning oldiga tanish-bilish yigitlari tez-tez kelib turadigan, uzoq qolib ketishadigan, xonadosh dugonalarining dars qilishlari, dam olishlariga halaqit beradigan bo‘lishdi. Bundan xabar topgan kurs rahbari Shoiraga murabbiyga xos bosiqlik bilan, ehtiyotkorona maslahat berdi. Shoira bunga javoban: Men sizning faningizdan va boshqa fanlardan yaxshi o‘qiymanmi, dars qoldirmaymanmi, jamoat ishlarida qatnashamanmi, bo‘ldi-da qolgani meni shaxsiy ishim bo‘lsa kerak, - deb javob berdi.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin