o’quv amaliyoti. o’quvchilarning dam olish oromgohlarida tarbiyaviy ishlarni olib borish;
oromgohlarda sayohat va turistik yurishlarga olib chiqish bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.
“Pedagogika nazariYasi” fanidan masalalar to‘plami
«Avliyoni hatlab o‘tma!» Masala 1. Maosh olgan Ravshanjon bozordan shirinlik va ho‘l meva olib, uyiga qaytdi. qo‘lidagi paketi bilan darvoza oldidagi onasining xonasiga kirmay to‘g‘ri o‘zlari turadigan uyga o‘tib ketdi. Bu holatni ko‘rgan onaning ko‘ngli o‘ksib, o‘g‘lidan ranjidi.
Kelin bu vaziYatda qanday ish tutishi kerak? A) paketdagi narsalarni ko‘rgan bolalariga ham ularni bermay olib qo‘yishi va keyin o‘zimiz eymiz deyishi kerak;
B) taqsimchaga mevalardan solib, bolalaridan qayinonasiga berib yuborishi kerak;
V) Oyijon! O‘g‘lingiz maosh olgan ekanlar – bizlarga ilinib, bozor qilib chiqibdilar. Shuni o‘zingiz taqsimlab, rejalab bersangiz, deb paketni oldilariga olib chiqib, maslahatlarini olishi kerak.
To‘g‘ri javob (v) tahlili. Kelinimiz bu harakatlari bilan ham bolalarida mehr-muruvvat, kattalarga hurmat hissini tarbiyalaydi, ham turmush o‘rtog‘i hurmatiga sazovor bo‘ladi, ham qaynonasining mehrini qozonadi, uning qalb duosini, roziligini oladi. Bu farzandlar uchun juda katta tarbiyaviy saboq, namuna bo‘ladi. Xalqimiz «Taomning oldini ota-onangga ber o‘zing ham oldini eysan», - deb bejiz aytmagan.
«Ota-ona eng tabarruk zotlar!» Masala 2. Botiralining xotini tug‘ruqxonada – u qizlik bo‘lgan. Bu voqeadan xursand bo‘lgan Botirali keksa onasini urintirmay o‘zi tovuq sho‘rva qildi. Uyda qari onasidan boshqa hech kim yo‘q. Boshqa ishlarga alahsib, haYallagan Botirali kelib ovqatdan habar olsa, u qaynayverib juda kam qolibdi.
Botirali qanday yo‘l tutishi kerak? A) onasiga hech narsa demay, bor sho‘rvani quyib, tug‘ruqxonaga olib borishi kerak;
B) oyi, siz non-choy bilan tamaddi qilib turing, tug‘ruqxonadan kelgandan keyin biron narsa qilib beraman, deb bor sho‘rvani tug‘ruqxonaga olib borishi kerak;
V) oyi, sho‘rva qaynayverib, juda mazali bo‘libdi. Keling issiqligida ichib oling, deb hech narsani bildirmasdan oyisiga loyiq sho‘rva quyib berishi, qolganini boricha tug‘ruqxonaga olib borishi va vaziYatni turmush o‘rtog‘iga tuShuntirishi kerak.