Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


«Tarbiyachi eng avvalo o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi lozim!»



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə211/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   318
«Tarbiyachi eng avvalo o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi lozim!»
Masala 20. Adabiyot darsida o‘qituvchi yo‘qlama qilayotganda darsga kech qolgan talaba eshikni ochib, kirishga ruxsat so‘radi. O‘qituvchi talabaga qarab, uning ismi-familiYasini so‘radi. Talaba o‘zining ismi-familiYasini aytdi. O‘qituvchi birdan istehzoli kulib: Ota-onang ism quriganday senga Shu ismni qo‘ygan ekan-da, - dedi va o‘tirishga ruhsat berdi. Talaba nima deyishini va nima qilishini bilmay, noiloj joyiga borib o‘tirdi. Darsning qanday o‘tganini bilmadi. Bir necha kun o‘ziga kelolmay yurdi. Ayniqsa bu so‘zni o‘qituvchi-tarbiyachidan eshitganini hech bir qolipga sig‘dirolmay, bir umrga bu «ziyoli»dan qalbida qora dog‘ qoldi.
O‘qituvchining ma’naviy qiyofasini baholang. O‘z nomi, kasbiga loyiq bo‘lgan o‘qituvchi, mohir pedagog bunday vaziYatda o‘z vazifasini qanday qilib ado etgan bo‘lar edi?
«Farzand-zurriyotlaringizning barchasini teng ko‘ring!»
Masala 21. Abdug‘ani akaning ikki o‘g‘li bo‘lib, ulardan kichigining qizi bilan kattasining ikkinchi o‘g‘li bir kunda tug‘ilgan. Nabiralarimni bir hursand qilay deb Abdug‘ani aka o‘g‘il nabirasiga o‘yinchoq mashina oldi. qiz nabiramga nima olsam ekan, deb pulini chamalab ko‘rsa, arzigulik biron narsa olishga etmaydigan. Attang, o‘yinchoqni olmasdan ikkalasiga ham biron-bir shirinlik olib qo‘Ya qolsam bo‘lar ekan, deb o‘yladi-da, qiz nabirasiga bir talay xo‘roz qand oldi. Uyga kelgandan keyin ikkala nabirasini ham suyib, ularga olib kelgan narsalarini berdi. qiz nabira bolalarga xos ishtaha bilan xo‘roz qandlarni eb bo‘ldi-da, mashinaga yopisha ketdi. Ularni Yarashtirolmay halak bo‘lgan qizaloqning onasi xunobi chiqib, qayinotasidan hafa bo‘ldi va: «U nabirasi o‘g‘il bola bo‘lgani uchun unga mashina olib bergan-da», - deb ko‘ngliga o‘ksik oldi.
qayinota qanday yo‘l tutganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi?
A) «Pulim kam edi, Shuning uchun biriga o‘yinchoq, ikkinchisiga shirinlik olib qo‘Yaqoldim», - deb bo‘lgan gapni keliniga tuShuntirishi kerak;
B) «qiz bolaga qolgan pulimga loyiq nima olishni bilmadim. Shuning uchun qiz bola shirinlikni Yaxshi ko‘radi deb unga ho‘roz qand ola qoldim», - deyishi kerak;
V) Ota-ona barcha farzandlarini, zurriyotlarini teng ko‘rishi lozim. Ularning hech qaysi birini biron-bir narsada kamsitmasligi, barcha munosabatlarda adolat tarozisi bilan ish ko‘rmog‘i lozim. Mazkur holda qayinota oldindan pulini chamalab, ikkala nabirasiga ham jinsiga qarab biron-bir narsa yoki bir hil shirinlik olishi kerak edi. Shunda ikkala nabirasi bir-biri bilan talashmagan, kelinlar hursand bo‘lgan va tabiiyki, bundan qayinotaning ham ko‘ngli joyiga tushgan bo‘lar edi.
Masala 22. Nigoraning turmush o‘rtog‘i Jamshid bilan dunyoqarashlari turlicha: Nigorani qiziqtirgan narsa Jamjidga begona, Jamshid yoqtiradigan narsalarga Nigora beparvo. Shu sabab ko‘pincha orada janjal bo‘lib turadi. Keyingi vaqtlarda bu janjallar qo‘ydi-chiqdi haqidagi gaplarga borib taqaladigan bo‘lib qoldi. Orada ikkita farzand bor.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin