Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


«Farzandingizni Yaxshi ishlari uchun rag‘batlantirib boring»



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə214/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   318
«Farzandingizni Yaxshi ishlari uchun rag‘batlantirib boring»
Masala 25. O‘rtoqlari bilan har kuni quvnab o‘ynaydigan Nigora bugun o‘ynagani chiqmadi, chunki oyisining mazasi qochib, uyida isitmalab yotar edi. Nigora: qanday qilib oyimga yordamlashsam ekan, - deb o‘ylar edi. Ammo u ovqat qilishni hali bilmas, yig‘ilib qolgan bir talay kirni kecha oyisi yuvib qo‘ygan edi. NihoYat nimalarnidir reja qilib, ishga unnay ketdi. CHala qilib uyni supurdi. qo‘lining kiri bilan nari-beri qilib piyolalarni yuvdi. Oyisiga choy qo‘ydi. qizining ivirsilab taqir-tuqir qilib yurganidan xavotirlangan ona o‘rnidan turib, uni navbatdagi ish ustida ko‘rdi. Onaning bu vaziYatda qiziga bo‘lgan munosabati:
A) Uyni ham Shunaqa supuradimi, qizim? Bu – piyolalarni yuvganingmi yoki yuvmaganingmi?
B) Piyolalarni o‘zi yuvib qo‘ydi. qiziga: hech narsaga tegma, tuzalganimda o‘zim qilaman. Bor, sen o‘ynayver, - dedi;
V) Voy, asal qizim, katta bo‘lib qolibsan-ku. Sen menga choy qo‘yib, uylarni supurib, yordamchi bo‘lib qolganingga Shukur. Faqat-chi, qizim, piyolalarni yuvishdan oldin qo‘lni Yaxshilab yuvib olish kerak. Keyin uy supurganda bir chetdan, tozalab supuradi. Xo‘pmi, qizim? – deb qizining peshonasidan o‘pib qo‘ydi.
«Inson xotirasi muqaddasdir!»
Masala 26. XosiYat opa olamdan o‘tganlaridan keyin uning tilla taqinchoqlariga talashib, arazlashib qolgan ikki qizi, onalarining qarindosh-urug‘lar yig‘ilib, o‘tkazayotgan ma’rakalaridan biriga kelmadi.
Bundan hijolat bo‘lgan kenja qiz qanday yo‘l tutishi kerak?
A) Kelmasa-kelmas deb o‘zlari o‘tkazaverishlari kerak;
B) Borib opalarini murosaga keltirishga harakat qilishi, tilla taqinchoqlarni qanday taqsimlash haqida maslahatlashib olishlari kerak;
V) Opalarining oldiga borib, bu ishlarining noma’qul ekanligini tuShuntirishi, bunday qilsalar el-yurt oldida nomusga qolishlari, onalarining ruhi-poklari bezovta bo‘lishini, sha’nlariga dog‘ tushishini aytishi, ma’rakalarni o‘tkazib bo‘lgandan keyin bu masalani sharoitga qarab bafurja hal qilish mumkinligini uqdirishi kerak.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin