Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


«Qaynona-kelin – oilaning nozik bo‘g‘ini !»



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə209/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   318
«Qaynona-kelin – oilaning nozik bo‘g‘ini !»
Masala 15. Adolatning qayinisinglisining to‘yi Yaqin. U bir kuni institutdan kelsa, qayinonasi Adolatga salomda qo‘ygan, Yaqinda eshik va ayvonga osib qo‘ygan 10 metrlik pardasining yo‘qligini ko‘rdi. qayinonasidan so‘rasa, u pardalarni qizining yuklariga qo‘shib, kuyov tomonga berib yuborgan ekan.
Adolat qayinonasiga bu holatda qanday munosabat bildirishi kerak? qayinona bu erda qanday ma’naviy xatoliklarga yo‘l qo‘ydi?
A) Nega bergan narsangizni Yana qizingizga berib yubordingiz? Mendan bir og‘iz so‘rasangiz bo‘lmasmidi? Peshonam sho‘r bo‘lmasa, Shunday qashshoq oilaga kelin bo‘lib tusharmidim?
B) qizim, jon bolam, o‘zingiz bilasiz, quda tomon to‘yni tezlashtiraylik deyishaYapti. Shuning uchun harid qiladigan narsalar ko‘payib ketdi. Hammasini sotib olishga qo‘lim kaltalik qilYapti. Haddim sig‘ib sizning pardalaringizni berib yubordim. Kelsangiz uzr so‘rab o‘zingizga tuShuntiraman deb, o‘tirgan edim;
V) Kelin: mayli, oyijon, sog‘-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, mehr-oqibat bo‘lsa, qolgan hamma narsa topiladi. Barnoxon baxtli bo‘lsinlar. Hammamiz xursand bo‘lib, yo‘qlab borib-kelib yuraylik.
«Bola boshidan!»
Masala 16. Toparman-tutarman ota hali balog‘atga etmagan o‘g‘lidan pulini aYamas, u bilan gaplashganda faqat boylik, pul topish haqida gapirar va unga buning ba’zi yo‘llarini ham o‘rgatgan bo‘lar edi. Bir kuni uyga otaning obro‘li ziyoli do‘stlari mehmon bo‘lib kelib qolishdi. Ular mehmonxonada chaq-chaqlashib gaplashib o‘tirishganda, birdan erkatoy o‘g‘li ruhsatsiz, salomsiz kirib kelib qoldi. hijolat bo‘lgan ota o‘g‘liga: «Ie, mehmonlarga salom qani, o‘g‘lim», - dedi. O‘g‘li: «O‘rtoqlaringiz o‘zingizga o‘xshagan boy biznesmenlarmi? 25 so‘mlik salom beraymi, 50 so‘mlik salom beraymi yoki 100 so‘mlikmi?» Ota nufuzli do‘stlarining oldida o‘g‘lining kutilmagan bunday savollaridan er yorilsa-yu, erga kirib ketgudek izza bo‘ldi.
Otaning o‘g‘liga bergan «tarbiya»sini tahlil qiling. Bunday o‘ziga to‘q oilalarda farzand tarbiyasining o‘ziga xos xususiYatlari nimalardan iborat?
Masala 17. 15 yoshga to‘lishi nishonlanayotgan Tohir mehmonlardan sovg‘a qabul qilar, ammo bu galgi sovg‘alar unchalik qimmatli, dabdabali emas edi. Bundan ko‘ngli to‘lmagan Tohir mehmonlar ketganidan keyin o‘zlari yig‘ilishib o‘tirishganda dadasiga dedi: «Dada, og‘aynilaringiz amaldaligingizda katta-katta sovg‘alar qilishar edi. Amaldan tushganingizdan keyin olib kelgan sovg‘alarini qarang». Tohirning bu fikriga oiladagilar quyidagicha munosabat bildirdilar:
A) Ona: to‘g‘ri, uYalmasdan ko‘tarib kelgan sovg‘alariga o‘laymi. Shu sovg‘alar bizga munosibmi? Eb-ichganiga ham arzimaydi. Undan ko‘ra olib kelmay qo‘Yaqolishmaydimi?
B) Buvi: Mayli, bolam, sovg‘aning katta-kichigi bulmaydi. Shunchalik olib kelganlariga rahmat de. Dadang ham bundan buyon ular bilan Shu sovg‘alariga qarab muomala qiladi;
V) Buva: (o‘g‘liga) Bolam, senga ming marta aytganman, tug‘ilgan kunlarni oilaviy o‘tkazaylik, deb. Bolalaringni ham Shunga o‘rgatishing kerak. Ko‘nikishsin Shunga. Ana Shunda ular boshqalardan sovg‘a kutmaydi. qolaversa, sovg‘a – bu olib keluvchining himmati. Sovg‘a qilingan otning tishiga qarama, deyishadi. Sovg‘aga qarab muomala qiladigan odam Yaxshi odam bo‘lmaydi. O‘zing ham birovga sovg‘a beradigan bo‘lsang, chin yurakdan ber. Minnat qilma. Bergan sovg‘angni nasiYa deb bil. Uning orqasidan biror narsa kutma. Ana o‘shanda xotirjam bo‘lasan, ko‘ngling orom oladi. Amalga keladigan bo‘lsak, u qo‘lning kiri – hozir bor, ertaga yo‘q; hozir yo‘q bo‘lsa, ertaga bo‘ladi. Buning uchun eng muhimi - amaldaligingda odamlarning ko‘nglini qoldirma, qo‘l ostingdagilarga e’tiborli bo‘l, ularni hurmat-izzat qil, adolatli bo‘l, toki amaldan tushganingdan keyin ham ular sening hurmatingni joyiga qo‘Yadigan bo‘lishsin, obro‘-e’tiboringga putur etmasin.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin