Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


«Qush uYasida ko‘rganini qiladi!»



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə228/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   318
«Qush uYasida ko‘rganini qiladi!»
Masala 18. Shuhratning yolg‘iz o‘g‘ilchasining tili chiqqan - biram shirin-ki! Shuhrat o‘zi bolaligida sho‘x o‘sgan, uning ustiga otasiz katta bo‘lgan bo‘lib, ba’zi mahalla bolalariga qo‘shilib tarbiyasi buzildi. Shu sabab uylanganidan keyin ham bosilmadi. Ba’zan xotini bilan san-manga borib qolishganda og‘zidan bodi kirib, shoddi chiqar, hech kimni pisand qilmas, birovga quloq solmas edi. Bir kuni uyga Shuhratning do‘stlaridan biri kelib qoldi. Ular gaplashib o‘tirishganida Shuhratning hovlida qo‘shnilarning bolalari bilan o‘ynayotgan o‘g‘li ularning biri bilan urishib qoldi. Jazavaga tushgan o‘g‘li Shuhratning qo‘y-qo‘yiga qaramasdan haligi bolani urar, tili endi chiqqan bo‘lishiga qaramasdan oldi-orqasiga qaramasdan so‘kar, muomalaga ko‘nmas edi. Bundan hijolat bo‘lgan Shuhratning o‘rtog‘i ketish taraddudiga tushdi. Uning esiga Shuhrat bilan bo‘lgan ba’zi o‘tmish xotiralari tushdi.
Shuhratning o‘rtog‘i ketgandan keyin bu voqeani oila a’zolari quyidagicha qarshiladilar:
A) Dada: Yashavor, ota-o‘g‘il! Boplading o‘rtog‘ingni. Bo‘sh kelma – bo‘shashsang hammadan kaltak eysan. Zo‘r bo‘lsang hamma seni hurmat qiladigan bo‘ladi. Shunday bo‘lsin - katta bo‘lsang qahramon bo‘lasan!
B) Buvi: bolam, senga har doim o‘g‘lingni taltaytirverma, oqibati yomon bo‘ladi, deyman. Boshqalarda ham o‘g‘il bor, faqat senda emas. Undan keyin, sen bolaligingni tashla. Endi o‘zing ham farzand katta qilYapsan. Oxirini o‘yla;
V) qo‘Yavering, oyi. Katta bo‘lsa, esi kirib qoladi. hali yosh-ku, nimani biladi. Ayb qo‘shnining o‘g‘lidan o‘tgan-da, bo‘lmasa bunaqa qilmas edi.
«Bolani qanday rag‘batlantirishni bilish lozim?»
Masala 19. Bir kuni o‘g‘lining maktabdan «besh» baho olib kelganidan hursand bo‘lgan Adhamjon o‘g‘liga cho‘ntagidan 50 so‘m chiqarib bera turib: «Bitta besh olganing uchun 50 so‘m. qani nechta besh olar ekansan». – dedi. Shundan buyon o‘g‘li har bir besh olgani uchun dadasidan 50 so‘m olib turadigan bo‘ldi. Bora-bora o‘g‘lining beshlari ko‘payib ketdi. Bundan Shubhalangan oyisi o‘g‘lining kundaligini tekshirsa, baholarga o‘qituvchining imzosi qo‘yilmagan: baholarni o‘g‘lining o‘zi qo‘yib olayotgan ekan.
Bu voqeadan keyin oilada quyidagi mojarolar va gaplar bo‘ldi:
A) Dada o‘g‘li aldagani uchun uni savalay ketdi;
B) Ona: kim o‘rgatdi senga bunday ko‘zbo‘Yamachilikni? Uning o‘rniga Yaxshi o‘qisang bo‘lmaydimi. Biz senga hamma narsani muhayyo qilib berayotgan bo‘lsak. hammani sharmanda qilding;
V) Buvi: endi bunday qilmaydi. Bilmay qolgan-da, bir gall kechiring, oyisi;
G) Buva: o‘g‘lim, bolangga mehrni ham, qattiq qo‘llikni ham bilib qilgin. Ikkinchidan, bolani bunday yo‘l bilan rag‘batlantirish kerak emas. Uning ko‘zbo‘Yamachilik qila boshlaganiga o‘zing aybdorsan. YAna uni urasan. Bunaqada uni ta’magir qilib qo‘Yasan, nima ish qilsa ham narsani biror narsaning evaziga qiladigan bo‘lib qoladi. Buning o‘rniga eng avvalo o‘ling biron-bir Yaxshi ish qilsa, uni maqta, boshini silab, erkalat. Bundan o‘zingning xursand ekanligingni ayt. Shunday ish qilgan bola kelajakda katta odam bo‘ladi, de. Ana o‘shanda bola astoydil, aldamasdan, chin ko‘ngildan YanaYam Yaxshi ishlar qilishga intiladi. Sendan maslahat so‘raydigan bo‘ladi, suhbatdoshing bo‘ladi. Bundan keyin bu qilgan xatoingni qaytarma.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin