Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


-Mavzu: Ta’limni metodlari va vositalari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə40/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   318
7-Mavzu: Ta’limni metodlari va vositalari
Reja
1.Talim metodlari va usullari tushunchalari.
2.Ta’lim metodlarining mohiyat.
3.Interfaol ta’lim metodlari.
4. Talim metodlarini tanlab olishshartlari.
5. Talim vositalari va ularning funktsiYalari.

Ba’zi didaktik metodistlar ta’lim metodlarini o‘quvchilarni bilmaslikdan bilishga borish yo‘li, ayrim olimlar esa, ularni o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘zaro bog‘lovchi metodlar, deb qarashadi. Ta’lim metodlarini o‘quv ishlari majmui, shuningdek, ta’lim mazmuni shaklida qarash g‘oYasi ham bor. Bu qarashlarning qay biri asosida ta’lim metodlarining mohiyat, o‘quv-tarbiya jarayonidagi funksiYalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? Didaktikada hali ham eng munozarali muammolardan biri ta’lim metodlari tasnifi masalasidir.


Ularni ta’lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash shakllariga qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta’lim metodlarini tasnif etishda shu yo‘nalishlardan qay biri ma’qul? Yoki ta’lim metodlarini tasnif etishning boshqa mezonlari ham mavjudmi? Adabiyotlarda «o‘qitish metodlari», «o‘qish metodlari» kabi terminlar qo‘llanadi. SHunday bo‘lgach, «ta’lim metodlari» iborasini ishlatishga ehtiyoj bormi? Metod termini yunonchadan tarjima qilinganda ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li, faoliyat usuli ma’nolarini anglatadi. Ta’lim metodi deganda ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Ularga ko‘ra ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga mos faoliyat tanlanadi.
Ta’lim metodlari o‘quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, ularsiz ta’lim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirish mumkin emas.
Ta’lim metodlari ham o‘quv materiali mazmuniga, binobarin, bolalarning ma’lumoti, taraqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o‘qitish, o‘qish faoliyatlarining bir-biriga kirishuvi va shu asosda o‘zaro ta’sirning yuzaga chiqishiga yo‘nalgan. Ta’lim metodi vositasida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi. Ta’lim metodi-o‘qituvchi va o‘quvchilarning ma’lumot mazmuniga yo‘nalgan faoliyatini tartibga solish yo‘lidir. Ta’lim metodlari tarkiban o‘qitish metodlari va o‘qish metodlaridan iborat.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin