Umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim standartlarining moxiYati va .
Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standart O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘G‘risida”gi qonunining muayyahi qismi ta’minlovchi asosiy me’yoriy xujjat xisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti deganda umumiy o‘rta ta’limning istiqboldagi ijtimoiy maqsadlarini aks ettiradigan hamda o‘quvchilarning jamiyat va davlat tomonidan ilgari surilayotgan ta’lim maqsadlariga erishish borasidagi imkoniYatlarini xisobga oladigan bilim olganlik, davlat me’yorlari sifatida qabul qilinayotgan parametrlar tizimi tushiniladi.
Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishga doir pedagogik nazariYa, pedagogik tajribani o‘zaro boG‘lanishi asosida umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi me’yorlar, parametrlar, qoidalar, o‘qitish metodikasi va sifati ko‘rsatkichlarini belgilab beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti strukturani, mazmunni va uni taqdim etish darajasini aniqlab beradi, ta’lim-tarbiya natijalarini va o‘quvchilarning rivojlanishini o‘lchash va joriy qilish metod va shakllarini belgilaydi. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti vositasida umumiy, o‘rta ta’lim talab olayotgan darajasi stabilligi, unga doimiy ravishda qayta erishuv va davlatning rivojlanishi, fan, madaniYat va texnika taraqqiyotining jahon darajasi istiqbollariga javob beradigan takomillashtirish ishi ta’minlanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti mohiYatan umumiy o‘rta ta’limning quyidagi asosiy ko‘rsatkichlariga – tarkibiy qismlariga doir minimal majburiy talablar bayonini ifoda etadigan taYanch o‘quv rejasi (Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining yuqori darajasi sifatida), ta’lim sohalari (o‘quv fanlari) mazmuni, Shaxsning akademik letsiy va kollejlarida o‘qishni davom ettirish uchun umumiy ta’lim tayyorgarligi.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2001 yil 16 avgust №343 qarori bilan tasdiqlandi
.