Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə47/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   318
Muammoli darslar
YAngi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash darsning Yana bir turi muammoli darslardir. O‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyati bunday darslarning psixologik zamini sanaladi. Bu darslarga ham an’anaviy darslarga o‘xshab qator pedagogik talablar qo‘yiladi. Ilmiylik,sistemalilik, izchillik, onglilik va didaktik talablar sanaladi. SHu bilan birga, muammoli darslarning o‘ziga xos hususiYatlari ham mavjud. Muammoli dars ta’limning boshqa turlari, tizimlarini, metodlarini tamomila inkor etmaydi. Uning asosiy hususiYati ta’lim jarayonining ma’lum bo‘limida Yangi bilimlarni o‘rganish jarayonida Yangicha bilim, Yangicha faoliyat ko‘rsatish metodlarni ijodiy egallash bilan harakterlanadi.
Muammoli darslar quyidagicha tashkil etiladi: -darsning boshlanishi, bu bosqichda bolalarning o‘quv materialiga qiziqishlarini oshirishga oid ishlar qilinadi, mavzuga doir muammo yoki muammolar qo‘yiladi;
-qo‘yilgan muammo ustida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikda ishlashi. Bu bosqichda o‘quvchilar muammo, uni bajarish bo‘yicha o‘z fikrlarini o‘rtaga tashlashib fikrlashadi;
-muammoni echish metodini tanlash. Bu bosqichda bolalar aytgan metodlar(farazlardan) biri tanlanadi;
-tanlangan metod asosida ko‘plab muammo bajariladi;
-muammo yuzasidan xulosa chiqariladi, chiqarilgan xulosa Yangi o‘quv sharoitiga tatbiq etiladi.
O‘tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari
O‘quv fanlari bo‘yicha o‘rganilgan bilimlarning puxtaligi ko‘p jihatdan takrorlash va malaka hosil qilish darslarini tashkil qilishga bog‘liq. Bunday darslarda oldin o‘rganilgan bilimlarga, qoida va ta’riflarga takroriy duch kelinadi. O‘rganilgan o‘quv materialiga takroriy qaytish va shu mavzuga oid omil to‘plash, tahlil etish, solishtirish asosida olib boriladi, mavzu bo‘yicha etarli mashq qilinadi. Mashq qilish, bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etish yo‘li bilan o‘rganilgan bilimlar takroriy tasavvur etiladi. Ana shunga ko‘ra bu dars turi oldin o‘rganilgan bilimlarni qayta esga tushirish va esga tushirilgan bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etish shakli sanaladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin