Nomoddiy akti



Yüklə 161,42 Kb.
səhifə2/7
tarix14.06.2023
ölçüsü161,42 Kb.
#130160
1   2   3   4   5   6   7
33-mavzu tayyor.doc

Patent - bu yuridik jihatdan tan olingan va ro‘yxatga olingan mutlaq huquqdir. Patentga oid huquq uning egasiga tashqaridan boshqa shaxslar aralashmasligi sharti bilan patent amal qiladigan buyumdan, jarayon yoki faoliyatdan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini beradi.
Patentning patent organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning himoyala-nishiga kafolat bermaydi va u sudda muvaffaqiyat bilan himoyalanma-guniga qadar raqobatbardosh bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham sudda muvaffaqiyatli himoya qilinishi bilan bog‘liq xarajatlarni patent baho-sining bir qismi sifatida kapitallashtirish lozimligi to‘g‘risida umumiy keli-shuv mavjud.
Agarda sud jarayoni boy berilgan bo‘lsa, u bilan bog‘liq xarajatlar ham amortizatsiya qilinmagan patent qiymati ham hisobdan chiqariladi. Patentning balans qiymati zarardan nolga teng bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiymatgacha kamaytiriladi.
Sanoat mulklari obyektlarining o‘ziga xos xususiyati, ularga egalik huquqini tasdiqlovchi muhofaza hujjatlarining mavjudligi hisoblanadi.
Audit jarayonida nomoddiy aktivlar muhofaza hujjatlarinnig haqiqiy-ligiga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bunda, qoidaga ko‘ra patent egasi-da saqlanadigan, faqat bitta rasmiy muhofaza hujjati berilishini, mazkur obyektdan litsenziyaga asosan foydalanadigan shaxslarda esa muhofaza hujjatining nusxasi bo‘lishi lozimligini nazarda tutish kerak.
Xalqaro amaliyotda «nou–xou» tushunchasi bozor oborotida tijorat qadr - qimmatga ega bo‘lgan, istalgan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish (tashkil etish va boshqaruv tizimini qo‘shgan holda) axborotlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
Shuningdek, «nou–xou» huquqlari ya’ni texnik-tajriba yoki ishlab chi-qarish sirlari ham sanoat mulki obyektlariga taalluqlidir. Bunday huquqlar, odatda, yuridik kuchga ega bo‘lgan qandaydir hujjatlar bilan tasdiq-lanmaydi, lekin ular tijorat siri hisoblanadi va maxsus muhofaza qilishni talab etadi.
Amalda axborotlarga monopol egalik qilish huquqning vujudga ke-lishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. «Nou - xou» ni muhofaza qilish shartlari


quyidagilardan iborat. Birinchidan, axborotning uchinchi shaxsga ma’lum bo‘lmasligi uning tijoriy qadr-qimmatiga zarur shart - sharoit (zamin) bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, u uchinchi shaxslarning bemalol kirish-lari uchun yopiq bo‘lishi kerak (qonun asosida). Uchinchidan, axborot egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish uchun zarur chora - tadbirlarni qo‘llashi lozim. Ushbu maxfiylik shartlaridan birortasining buzilishi axbrot egasini uni himoya qilish huquqidan mahrum etadi. «Nou-xou» egasi hu-quqlarini himoya qilish O‘zbekiston Respulikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa tegishli qonuniy hujjatlar bilan amalga oshiriladi.
Savdo markalari - kompaniyalarga, mahsulot yoki xizmatlarga oid berilgan nomlar, ramzlar yoki boshqa xil (aniqlab beruvchi) identifikat-siyalar. Ular egalik qilishni asoslash uchun ro‘yxatga olinishi, ro‘yxatga olinganlari esa - ularning faoliyat muddatlarini ma’lum bir davrga uzay-tirish asosida yangilanib borishi mumkin. Bunday hollarda nomlanishlar, ramzlar va mahsulotning boshqa aniqlovchi identifikatsiyalari yuridik jihatdan himoyalanadi.
Savdo markasini sotib olish chog‘ida to‘langan pul mablag‘lari sum-masi kapitallashtirib boriladi. Unga ishlov berish, uni himoya qilish, ken-gaytirish, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki sudda himoya qilish natijasida yuzaga kelgan summalar ham kapitallashtiriladi.
Shu tariqa kapitallashtirilgan summalar savdo markasining foydali xizmat qilishi muddati mobaynida yoki ushbu muddatlardan qaysi biri nis-batan qisqa bo‘lib chiqishidan kelib chiqqan holda - 40 yil mobaynida amortizatsiya qilinishi lozim.
Tovar belgilari birorta korxona tovar (xizmat)larini boshqa korxonalar tovarlari yoki xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilardir. Ular og‘zaki, tasviriy, hajmli va boshqacha ko‘rinishlarda bo‘lishlari mum-kin. Asosiy faoliyati har xil xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan (mehmon-xona, turistik byuro, transport korxonasi va shunga o‘xshash) tashkilotlar tomonidan foydalanadigan xizmat ko‘rsatish belgilari ham tovar belgilari-ga tenglashtirilgan. Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari ishlati-ladigan tovarlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarga maxsus (alohida) huquq-qa egalikni tasdiqlaydi. Bu belgilar tovarlarga yoki qadoqlangan idish (upakovka)larga, chizmalarga, prospektlarga, schyotlarga, blankalarga, tovarlarni kuzatuvchi yoki ularni sotishga doir muomalalar bilan bog‘liq hujjatlar yorliqlariga tushiriladi.

Yüklə 161,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin