Normal yillik ritm. Normallashtirish bu barcha fasllar almashinuvi va shaxsiy bayram va an’analarni inobatga olgan holda normal yillik ritmda yashashni anglaydi. Normal yillik ritm nafaqat fasllar almashinuvi yoki an’analarni, oila a’zolarining shaxsiy bayramlarini balki, shuningdek ijtimoiy tadbirlar va mahalliy va diniy bayramlar bilan bog’lik odatlarni ifodalaydi. Yil davomida ish kunlari izchilligini buzuvchi bu bayramlar va to’xtalishlar faollik va tajribaga ovqatlanishi va kiyim tanlashga, uydagi va uning tashqarisidagi hayotga, masalan diniy va madaniy, sport an’analariga ta’sir etadi. Bu ijtimoiy malakalarni bo’lishini talab etadi. Lekin hech kim o’z funksional buzilishlari tufayli chetda qolishi kerak emas.
Turli jamiyat tadbirlarida ishtirok etish, fuqarolik tajribasini va o’ziga bo’lgan ishonchni, o’zini to’g’ri baholashni va umum tan olingan ijtimoilashuvni beradi. U yoki bu muhitda og’ir nogironlarni mavjudligi alohida ba’zi fikrlarni yengib o’tishga sabab bo’ladi.
Yirik yopiq muassasalar o’zida normal bo’lmagan muhitni namoyon etadi. U yerda yil fasllarini almashinuvi tashqariga nisbatan sustroq seziladi.
Yopiq muassasalarda normal yillik ritm qandaydir sun’iy, notabiiy bo’lgan, bo’lyapti, ochiq jamiyatlarda esa u jamiyat hayot ida ishtirok etishni ta’minlaydi.
Hayot siklini kechishining normal shakllari.Normallashtirish shuningdek, hayotda rivojlanishning barcha bosqichlarini bosib o’tish imkonini mavjudligini anglatadi: bolalik, o’quvchi, o’smirlik, katta yoshdagi inson.
Ota-onalar tangliklari. Funksional buzilishlarga ega farzandlari mavjud ota - onalar hayot sikli mobaynida 2 bosqichdan o’tadi: ular davomida normal jarayonlar sinadi yoki buziladi. Bu bir yoki bir nechta funksional buzilishli farzand dunyoga kelganida yoki biror oqibatda bolada bunday buzilish vujudga kelgani birinchi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqich bolani o’sib borishi bilan kechadi, ikki bosqich ham ota-onalar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega va shuning uchun ular bola va o’smirning rivojlanishi va ilk hayot yutuqdariga yetarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Aynan shuning uchun yosh va yoshi katta ota-onalarning osuda hayotlarini qo’llab quvvatlash ota-onalar tashkilotlari oldida turgan asosiy masalalardan biridir. Ota-onalar o’z hayotlari oxiriga yaqinlashgani sari yana bir tanglik vujudga kelishi mumkin. Bunda ular qisman yoki to’liq nutqning yo’qligi bilan kechadigan funksional buzilishlarga ega farzandlari bilan shaxsiy tajribada va bebaho hotiralari bilan o’zga hech kim tanish emasligidan aziyat chekishadi.
"Hayot tarixi" ni fotosuratli kitoblar, tabriknomalar, rasmlar va kichik hikoyalar tuzish xizmatchilarda bu bola haqida chuqurroq bilimga ega bo’lish va ular bilan muloqotga kirishishga yordam beradi, bu esa ota-onalarni tinchlantiradi.