Нормаллаштириш тамойили куйидагича таърифланади: интеллектуал ва бошка функционал бузилишларга эга булган шахслар учун кундали


Normallashtirish tamoyilini tashkil etuvchilari



Yüklə 365,8 Kb.
səhifə7/34
tarix19.12.2023
ölçüsü365,8 Kb.
#186315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Очилова Зарина

Normallashtirish tamoyilini tashkil etuvchilari
1. Normal kundalik (sutkalik) ritm .
Normallashtirish - funksional buzilishlarga ega bo’lgan shaxslarga imkon qadar normal kundalik ritmni tashkil etishni anglaydi. Bu degani insoni harakat doirasida va rivojlanishida sezilarli orqada qolish bo’lganda ham krovatdan o’rindan turib kiyinishi zarurdir. Bu esa ovqatni normal sharoitlarda iste’mol qilish zarurligini anglatadi: kun davomida bir marotaba ko’pchilik bilan guruxlarda yeyish mumkin - maktabda, ishda - ammo, asosan ovqatni oilaviyga o’xshash tinch, osuda sharoitlarda iste’mol qilish (qabul qilish) kerak.
Normal kundalik ritm shuningdek, o’z tengdoshlaridan kichik uka va singillaridan ertaroq uxlash zaruriyatini yo’qligini anglatadi va bu faqat xizmat ko’rsatuvchilarning yetishmasligidandir. Atrof muhit ham shunday tuzilishi kerakki, unda konkret inson uchun shaxsiy kundalik ritm ham e’tiborga olinishi kerak: bu esa ba’zida gurux tartibidan chetga chiqish uni buzish imkoniyatining mavjudligini anglaydi.
Normal kundalik (sutkalik) ritmni yo’qligi - yirik yopiq muassasalarda nogironlikni shakllanishini yaqqol namoyondasi bo’la oladi: u yerda tartibga nogironlikni shakllanishini imkoniyati bo’lmaydi. Qatiy intizom va tartib barchada kuchsizlik va yordamga muhtojlik hissini vujudga kelishiga olib keladi. Yangi muhitda yakka tartibdagi mashg’ulotlarni olib borilishi hatto iqtisodiy jihatdan ham yaxshi natijalarga xizmat qilishi (olib kelishi) mumkin. Shvesiyadagi yirik yopiq muassasalarda o’tkazilgan eksperimental ish natijalari shuni ko’rsatdiki, ushbu dasturning qo’llanilishi yuvilishi zarur bo’lgan kiyim va choyshablar sonini bir yilda besh tonnaga qisqarishiga olib keldi. Shunga asosan 600 ish soatlari bo’shadi, uni ishchilar pol artish va choyshablar almashtirishga emas, balki parvarishlaridagi inson bilan ijobiy ishga bag’ishlashlari mumkin bo’ldi. Normal kundalik ritmda yashash uchun pedagogik metodlarni qo’llab kundalik hayotda zarur bo’lgan turli faoliyat turlariga, ijtimoiy malakalarga alohida e’tibor berish lozim. Ular bilim va malakalarni egallashdagi aniq qiyinchiliklarga moslashgan bo’lishi lozim.
Og’ir nuqsonlarga ega nogiron bola va uning oilasi yoki o’z yaqinlari bilan yashovchi qo’shimcha nogironlikka ega bo’lgan katta yoshdagilar iloji boricha normaga yaqin kundalik ritmga ega bo’lishlari uchun ko’p hollarda maxsus malakaga ega bo’lgan uy xizmatchisi tomonidan qo’llab quvvatlanishi talab etiladi. Barcha nogironlar kun davomida tayyorlov yoki oddiy maktablarga borishlari, xizmatga yoki biror mashg’ulotlarga qatnashlari uchun uydan chiqish imkoniga ega bo’lishlari kerak. Shuningdek bo’sh vaqtlarini o’z istaklariga ko’ra o’tkazishlari kerak. Bularning barchasi nogironlar uchun maxsus transport vositalari bo’lishi kerak. "Normal kundalik ritm" tushunchasi yopiq muassasalarning kamchiliklarini bo’rttirib qo’yadi va yopiq muassaalarda yashovchi funksional buzilishlarga ega insonlarni ochiq jamiyatdagi ehtiyojlarini ko’rsatadi"9.
Normal xaftalik ritm. Ko’pchilik insonlar bir joyda yashashadi, boshqa yerda ishlashadi yoki o’qishadi, bo’sh vaqtlarida esa turli joylarda o’tkazishadi. Demak, aqliy buzilishga ega inson masalan, u uchun uy bo’lib qolgan muassasada yoki binoda u kundalik faoliyati bilan shug’ullanishi va shu bilan bo’sh vaqtlarini ham shu yerda o’tkazishi noto’g’ridir.
Uy - bu shunday shaxsiy maydonki, u yerda inson o’zi xoxlaganicha yashaydi, shaxsiy, oilaviy hayot kechiradi. U yerdan osudalik va tinchlik topish mumkin. Maktab va ish joyi katta hisobda shaxsiy bo’lmagan funksiyani bajaradi: ular individning madaniy va ijtimoiy munosabatlarini shakllantiradi. Shuningdek, madaniy meros assimilyasiyasini yoki jamiyatning talablari va baholashiga moslashish imkonini yaratadi. Bo’sh vaqtini o’tkazilishi shaxsiy va shaxsiy bo’lmagan funksiyalari birligini beradi, shuningdek o’zini ko’rsatish, tanlash va o’z qiziqishlarini qondirish imkonini beradi. U o’z ichiga boshqa insonlar bilan (kontaktda) muloqotda bo’lishni va ularga moslashishni oladi.
Bo’sh vaqt o’smirlar uchun ijtimoiy treninglar, yangi tajribalarga ega bo’lish imkonini beradi, va ular uchun keng yo’l ochadi va shu bilan o’zlariga baho berishlarini oshiradi. Kattalarga esa ijtimoiy munosabatlar, boshqa insonlar singari yashash, shuningdek o’ziga baho berishni chuqurroq shakllanishiga imkon beradi.
Jamiyatdagi hayot ayrim insonlar yoki kichik guruxlar uchun ish ta’minlovchi hamkorlar yordamida topish imkonini kengayishini - bu ish inson qiziqishlari va imkoniyatlariga to’g’ri kelishi, shuningdek ushbu joyning o’ziga xos shart sharoitlariga mos kelishini anglatadi. Bu ijtimoiy integrasiya uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
O’quv va ish haftasining so’nggida dam olish kunlari keladi, ular oila bilan birga bo’lish, biror joyga borish, do’konga chiqish, hordiq chiqarish, bayram tashkil etish, do’stlar va yaqinlari bilan uchrashish, sayr qilish, tabiatda hordiq chiqarish sport bilan shug’ullanish, musiqa eshitish, sevimli ish bilan shug’ullanish imkonini beradi . Bu shunday narsaki, uni oldindan kutishadi, rejalashtirishadi va xursanchilik bilan kelishishadi. Bu uyda alohida o’zi yoki biror kim bilan yashaydigan barchaga tegishli. Dam olish kunlarida yolg’iz qolish - g’amgin tuyuladi, bo’shlik hissini uyg’otadi va inson ko’nglini cho’ktiradi – ayniqsa agar u doim takrorlanib tursa.
Ushbu asosdagi xaftalik ritm (uy - maktablar, ish -bo’sh vaqt-uy) shuningdek, nogironlarni parvarishlash bo’yicha jamiyatni barcha harakatlarini funksional rejalashtirishni va koordinasiyani talab etadi. Bolalar bog’chalari, tayyorlov va oddiy maktablar nafaqat o’z oilalarida yashovchi nogiron bolalarga balki maktab yotoqxonalarida va jamoa bilan yashash uylarida yashovchi bolalarga mo’ljallanishi lozim. Aynan shu narsa maxsus jihozlangan ustaxonalarga va kattalar uchun mo’ljallangan kunduzgi markazlarga ta’lluqli. Ular nafaqat o’z uylarida balki ijtimoiy uylarda yoki jamoa bo’lib yashovchi uylarda ham imkoniyat darajasida bo’lishi kerak. Xuddi shu singari bo’sh vaqtni o’tkazishni jamiyat dasturi ham o’z uylarida yashovchilar va boshqa turmush tarzida hayot kechiradiganlarni ham mo’ljallashi kerak. Shuningdek, ularni dam olish kunlarida ijtimoiy ehtiyojlari inobatga olinadi. Bunday funksional rejalashtirish nafaqat yopiq muassasalarni "ochishga" yordam beradi, balki uyida aqliy buzilishga ega bo’lgan farzandlari bor ota-onalarga tanlash erkinligini beradi10. Ularni katta yoshdagi o’g’il va qizlari o’zlari ko’nikkan uyga monand turar joy tanlashlari mumkin.
Normal xaftalik ritmda yashash funksional buzilishlarga ega odamlar uchun ijtimoiy treningga va tajriba yig’ishga ko’p imkoniyatlar beradi, jamiyatni boshqa a’zolari bilan bir xil hayot shart sharoitlarida ekanligini anglashi, inson o’z rivojlanishi va yetilishida salmoqli o’rin tutadi.
Shakliga ko’ra turlicha turar joy yoki mashg’ulot o’tish uchun mo’ljallangan joy vakillari harakatiga binoan atrofdagilarni kuzatish va axborot almashinish jarayoni natijasida u yangi tajriba va bilimlarini egallaydi. Bu esa uning shaxsiy motivasiyasini va kasbiy statusini oshiradi. Yopiq muassasalarda bu rivojlanish vakillari (xizmatchilari).
Ilgari o’z parvarishlarida bo’lgan insonlar uchun "xos" bo’lgan o’zini xulqi, tutishi shakllarini yo’qotib hayot sharoitlarini yaxshilashishi tufayli o’z shaxsiy motivasiyasini oshib borishi sezilarli tusda bo’ladi.
Yirik yopiq muassasalarda normal haftalik ritmni ilojisi bo’lmagan - ilojisi yo’q va u jamiyatni, nogironlarni parvarishlash bo’yicha barcha harakatlarini funksional koordinasiyasini talab etadi.

Yüklə 365,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin