Tartibga solish ta’sirini baholash “ko‘prigi” Yangi Qonun bilan tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi NHHlar va ularning loyihalari tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazilishi belgilandi.
Qonunda tartibga solish ta’sirini baholash tushunchasiga ham ta’rif berilib, u NHH loyihasining qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy oqibatlarni va uning tartibga solish maqsadlariga erishilishini, shuningdek amaldagi NHHning ushbu NHH bilan tartibga soluvchi munosabatlarga ta’sirining samaradorligi va natijadorligini aniklash va baholashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidan iborat ekanligi nazarda tutildi.
Shuningdek, Adliya vazirligining NHHlar ijrosini tashkil etishga doir vakolatlari qonun doirasida mustahkamlandi.
Yangi qonunning muhim yangiliklaridan yana biri unga ilova tarzida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdeq ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyoti tasdiqlangani bo‘ldi. Ushbu yagona uslubiyot barcha turdagi NHH loyihalarini tuzish, ularni yuridik-texnik rasmiylashtirish tartibini belgilab berdi. Bungacha bunday tartiblar har bir NHH turi uchun alohida ishlab chiqilgan bo‘lib, turli hujjatlarda belgilangan edi.
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari Ushbu Qonunning asosiy vazifalari normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, o‘zaro nisbatini aniqlashdan, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga va ularning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilashdan, shuningdek ularning ijrosi tashkil etilishini ta’minlashdan iborat.
2-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va o‘zaro nisbati, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga hamda ularning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar va ularning ijrosi tashkil etilishini ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham belgilanadi.