Normurodova m. A. Yosh fiziologiyasi fanidan


Bolalarda nutqning rivojlanishi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə27/71
tarix07.01.2024
ölçüsü0,63 Mb.
#206858
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
маъруза матнлари

Bolalarda nutqning rivojlanishi
Bola katta kishilar va tengdoshlari bilan bevosita muloqatda bo’lib turar ekan, turli so’zlarni eshitib, nutqqa o’rgana boshlaydi. U 6-7 oyligidan boshlab eshitgan so’zlaridan bo’g’in ajrata oladi. Bular ta’sir kuchiga ega bo’ladi va tashqi ta’sirlovchilar bilan bog’lanadi. So’zlar avval shartsiz ta’sirlovchilarning signallari, so’ngra shartsiz reflekslarning signallari sifatida ta’sir etadi, ular asta-sekin shartli va shartsiz ta’sirlovchi-larning o’rnini bosib ketadi.
5 oylik bola so’zlarga tushunadi. So’z ohangi va imo-ishoralarga harakat shartli reflekslari hosil bo’ladi. Bir yasharlik bola 5-10 ta so’zni ayta oladi. 1,5 yoshdan boshlab bolada so’z boyligi orta boradi. 3 yashar bola 500 dan ortiq so’zni biladi. Bolaning so’z boyligi mashq qilishga, o’ziga xos xususiyatlariga, tarbiyaga va nerv sistemasining xususiyatiga bog’liq.
6. Bola oliy nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari va ularni tarbiyalash
Bola tug’ilganidan keyin bir necha kun o’tgach, nerv sistemasida o’zgarish-lar ro’y beradi. Masalan, xolerik temperamentidagi bola tez-tez uyg’onadi va qattiq yig’laydi. Melanxolik temperamentdagi bola esa uzoq uxlaydi, kam yig’laydi, tinch bo’ladi.
Tashqi muhitdagi hodisa yoki predmetlar bilan ularning so’zda ifoda yetilishi bolaning ikkinchi signal sistemasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Masalan, bir yashar bolaga «burningni ko’rsat» deb o’rgatilsa va bu 12-15 marta takrorlansa, bola burnini ko’rsatadi. Keyin«ko’zingni ko’rsat», «qo’lingni ko’rsat» va hokazo so’zlarga javob reaksiyasini olish uchun ko’zini ko’rsatolsa va so’zlarni bir necha marta takrorlansa kifoya bo’ladi.
5 yashar bola asta-sekin umumlashgan so’zlarni takrorlay boshlaydi. Masa-lan, o’yinchoq, daraxt, hayvon va boshqalar. Bolada bu yoshda qon kret predmet-larga nisbatan nutq hosil bo’ladi. 3-5 yashar bola ayrim she’rlarni harakatlar bilan yodlaydi. 5-6 yoshida tashqi dunyoning ko’pgina hodisalarini so’z bilan umumlashtirish qobiliyati ortadi.
I.K.Krasnogorskiy va M.M.Kolsova turli yoshdagi bolalarda tajribalar olib borib, unda so’z integrasiyasi turli bosqichda bo’lishini ko’rsatganlar.
Turli bosqichlarda so’z integrasiyasi rivojlanishining izchilligi bilan aniq misolda qisqacha tanishamiz.
1. Integrasiya darajasida so’z bola sezadigan ma’lum predmetlarning ob-razi hisoblanadi, ya’ni so’z sezilgan predmet obrazining ekvivalenti bo’ladi.
2. Integrasiya darajasida so’z bir turdagi predmetlardan bir necha sez-gilar obrazi vazifasini bajaradi. Masalan, qo’g’irchoq so’zining signal aha-miyati yakka seziladigan obrazga nisbatan kengroq, lekin juda ham aniq emas.
3. Integrasiya darajasida so’z turli xil predmetlardan hosil bo’ladigan bir necha predmetlarni sezadigan obrazlarni ifodalaydi. Masalan, o’yinchoq so’zi (koptokcha, kubiklar, avtomobil va boshqalar). Bunday so’zning signal ahamiyati nihoyatda keng, aniq obrazlardan uzoqlashgan bo’ladi.
4. Integrasiya darajasida so’z oldingi darajalardagi integrasiyalarni umumlashtiradi. Masalan, narsa so’zi: o’yinchoq, idish, mebel va boshqa so’zlarni umumlashtiradi. Bunday so’zning signal ahamiyati keng ma’noda bo’ladi. Birin-chi tartib integrasiya bolaning 2 yoshida hosil bo’ladi, ikkinchi tartib so’z integrasiyasi bola hayotining 2-yili oxirida, uchinchi tartib so’z integrasiyasi 2-3 yoshda, to’rtinchi tartib integrasiya esa 5 yoshda namoyon bo’ladi. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davrda so’z orqali fikrlash qobiliyati ortadi. Bu yoshda ichki nutq kurtaklari hosil bo’la boshlaydi. Maktab yoshidagi bolalarda nutqning ahamiyati yanada ortadi. So’z boyligi ko’paya borgan sari abstrakt fikrlashi ham orta boradi.7-9 yashar bolalarda katta yarim sharlar po’stlog’ining nerv hujayralari ta’sirotlarga chidamli bo’ladi.Bog’cha, boshlang’ich maktab yoshidagi bolalar nerv sistemasida qo’zg’alish jarayonlari ustun turadi.10-12 yoshdan boshlab, nerv sis-temasidagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari muvozanatlasha boradi. 7-10 yoshda qo’zg’alish jarayoni ustun bo’lganidan nerv jarayonlarining harakat-chanligi 11-13 yashar bolalardagiga nisbatan sust bo’ladi. Shuning uchun ham kichik maktab yoshidagi bolalarda ijobiy shartli refleksii salbiy shartli refleksga aylantirish birmimcha qiyin kechadi. Nerv sistemasida tormozlanishga nisbatan qo’zg’alish jarayoni ustun bo’ladigan bolalarda shartli reflekslar tez hosil bo’ladi, lekin yuzaga kelgan shartli reflekslar tez so’nadi. Nerv sistemasida ko’zg’alishi kuchli bo’lgan xolerik teiperamentdagi bolalar harakatchan bo’ladi, turli o’yinlarga tez qiziqadi, biroq bu qiziqish tez so’nadi. Xolerik temperamentdagi bolalar turli o’yinlarni uzoq o’ynamaydi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin