Normurodova m. A. Yosh fiziologiyasi fanidan



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə31/71
tarix07.01.2024
ölçüsü0,63 Mb.
#206858
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71
маъруза матнлари

Ranglarni sezish.Ko’rinadigan narsalarning hammasi rangli bo’ladi. Narsalarning turli uzunlikdagi yorug’lik to’lqinlarini yutishiga yoki aks ettirishiga qarab, rangini sezamiz. Spektrda 8 xil rang bo’lib, ular orasida oraliq ranglar juda ko’p. Bizning ko’zimiz 200 ga yaqin oraliq ranglarni ajratadi. Spektrdagi barcha to’lqinlarning aks etishi oq rang sezgisini keltirib chiqaradi, narsa hamma ranglarni yutganda esa qora bo’lib ko’rinadi. Kolbachalar to’r pardaning rang sezuvchi hujayralari hisoblanadi. Tayoqchalar narsaning rangini sezmaydi. Shuning uchun ham kechasi hamma narsa bir xilda kul rang bo’lib ko’rinadi. Ba’zi odamlar ranglarni ajrata olmaydi. Bu kasallikni birinchi marta Dalton aniqlagani uchun uning nomi bilan daltonizm deb ham ataladi.
Ikkala ko’z bilan ko’rish. Ikkala ko’z bilan ko’rganda ko’z charchamaydi, chunki narsaning turli nuqtalari bir guruh retseptorlar yordamida ko’rinadi, shu vaqtda biokimyoviy reaksiya qaytadan asli holiga keladi. Narsalarni ikkala ko’z bilan ko’rganda, bitta ko’z bilan ko’rgandagiga qaraganda ko’rish maydoniga nisbatan keng bo’ladi. Ikkala ko’z bilan ko’rishda ko’z o’tkirligi oshadi, chunki narsaning tasviri har bir ko’zning to’r pardasiga tushadi. Ko’zning ko’rish o’tkirligini o’lchash uchun maxsus Golovin jadvalidan foydalaniladi.
Ko’rish analizatorlarining yoshga bog’liq xususiyatlari.Bolalarning ko’zi tuzilishiga ko’ra katta odamning ko’zidan farq qiladi. Ularning ko’z kosasi chuqurligi va ko’z soqqasi katta yoshli odamlarnikiga qaraganda kattaroq bo’ladi. Ko’z soqqasi bola hayotining birinchi yilida birmuncha tez o’sadi. Yangi tug’ilgan bolaning ko’zi qisqa vaqt ochilib, keyin yumilib oladi. Qovoqlari birinchi oydan boshlab uyg’un harakat qila boshlaydi. 2 oylikdan ko’z soqqasi turli narsalarga va yorug’likka nisbatan harakatlanadi. Ko’zning uyg’un harakati asosan mashq qilish tufayli 6 oylikdan yoki bir yoshdan boshlanadi. Ko’rish analizatorining avval periferik, so’ngra markaziy qismi rivojlanadi.
Yangi tug’ilgan bolada ko’rish nervining tolalari kam tabaqalashgan bo’ladi. Bu nervning miyelinlashuvi bola 1-1,5 yashar bo’lguncha davom etadi. Yangi tug’ilgan bola ko’zining nur sindrish qobiliyati katta kishilarnikidan farq qiladi. Ko’pincha bog’cha va maktab yoshidagi bolalarda ko’zning gavhari nihoyatda elastik bo’lganidan akkomodasiya xususiyati asta-sekin rivojlanib boradi. Yosh ortishi bilan gavharning elastikligi kamayib boradi.



24-rasm. Turli uzoqlikdagi nuqtalardan nurning kirish yo’llari.


Uzoq nuqtadan A (parallel nurlar) va yaqin nuqtadan B (tarqaluvchi nurlar)
Yaqindan va uzoqdan yaxshi ko’rmaslik har xil sabablarga bog’liq bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda uzoqdan ko’rish uchraydi. Odatda, maktab yoshidagi bolalarda yaqindan ko’rish uchraydi. Yaqindan ko’rish yotib o’qish yoki juda egilib o’qish tufayli kelib chiqadi, chunki doim yotib o’qiganda, egilganda ko’zga qon to’lishi ortadi, bosimi ko’tariladi, natijada ko’z soqqasi kattalashadi va fokus oralig’i o’zgaradi. Yorug’lik yetarli bo’lmaganda ham kipriksimon muskullar uzoq vaqt davomida qisqarib turadi va gavharning nur sindirish xossasi ortadi. Partalar, sinf doskasi, ish joyi yetarli darajada yoritilmaganda esa o’quvchilar yaqindan ko’radigan bo’lib qoladi. Ishlab chiqarishda mayda detallarni uzoq muddat qayta ishlash, mayda harflarni terish kipriksimon muskullarni qattiq charchatadi va yaqindan ko’rishga sabab bo’ladi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin