Po’stloqosti gangliyalar. Katta yarim sharlar ichida peshona bo’lagi bilan oraliq miya o’rtasida kulrang moddaning jamlamasi joylashgan. Bular po’stloqosti yoki bazal gangliyalardir. Bularga uch juft hosilalar: dumli yadro, po’chog’ (gangel) va rangsiz sharlar kiradi.
Dumli yadro va po’choq hujayra tuzilishi va embrional rivojlanishi borasida o’xshashliklarga ega. Ularni ko’pchilik hollarda bitta tizimga biriktirib –olabayroq tana deb atashadilar. Filogenetik jihatdan bu yangi hosila dastlab reptiliylarda yuzaga kelgan. Rangsiz shar –ancha qadimgi hosila ular barcha suyakli baliqlarda mavjud. U bilan qo’l va oyoqlarni yurgan paytdagi harakati, mimik muskullarning qisqarishi kabi murakkab harakat aktlarini boshqarilishi bog’langandir. Rangsiz shar funksiyasi buzilgan odamlarning yuzi niqobsimon bo’lib qoladi. Bunday kasallarning harakati sekinlashgan, qo’llarning hamkorlikdagi harakati yo’qolgan, barcha harakatlar qiyinlashgan bo’ladi.
Po’stloqosti gangliyalari bosh miya po’stlog’i, miyacha va talamus bilan markazga intiluvchi yo’llar orqali tutashgan bo’ladi. Bu gangliyalarning funksiyalari yaxshi o’rganilmagan, qaysiki birinchidan anatomik jihatdan unga yetishishning qiyinligi bo’lsa, turli turdagi hayvonlarda turli funksiyalarni bajaradi. Olabayroq tananing odamlarda jarohatlanishi odamlarda qo’l va oyoqlarning tinimsiz harakati va kuchli –shaytonlash, biron-bir tartib va navbatlashuvga ega bo’lmagan harakatlar va boshqalar kuzatiladi. Po’stloqosti yadrosi organizmning vegetativ funksiyalari bilan bog’langan. Ularning ishtirokida murakkab oziqlanish, jinsiy va boshqa reflekslar bajariladi.
Bosh miyaning katta yarim sharlari. Bosh miya katta yarim sharlari po’tloqosti gangliyalari va miya plashidan iborat bo’lib qaysiki yonbosh qorinchalari bo’shlig’ini o’rab turadi. Voyaga yetgan odamlarda katta yarim sharlarining vazni bosh miya vaznining qariyib 80 % ni tashkil etadi. O’ng va chap yarim sharlar bir-biridan uzunasiga chuqur egat bilan bo’lingan. Bu egatning tubida nerv tolalaridan tashkil topgan qadoqli tanalar joylashgan. Qadoqli tanalar o’ng va chap yarim sharlarni bir-biriga tutashtirib turadi.
Odamlarda miya plashi, bosh miya po’stlog’i holida tan olinadi. Bu katta yarim sharlarning kulrang moddasidir. Ular nerv hujayralaridan va ulardan chiquvchi o’simtalar va neyrogliya hujayralaridan (neyronlar uchun tayanch funksiyasini bajaruvchi hujayralar: taxmin qilinishicha neyrogliyalar neyronlarning modda almashinuvida ishtiroki bor ekan) hosil bo’ladi.
Bosh miya katta yarim sharlarining po’stlog’i markaziy asab tizimining oliy filogenetik jihatdan ancha yosh hosilalaridan hisoblanadi. U katta yarim sharlarning yuzasini to’lig’icha 1,5 dan 3 mm. bo’lgan qalinlikdagi qatlam bilan qoplab turadi. Voyaga yetgan odamlarda katta yarim sharlar po’stlog’ining umumiy yuzasi 170-200 sm3 ni tashkil qiladi. Po’stloqda 12 dan 18 minggacha nerv hujayralarini sanash mumkin. Bosh miyaning umumiy yuzasi juda ko’plab egatlar hisobiga ortib boradi, chunki egatlar yarim sharlarni shishsimon chigalliklarga va bo’laklarga bo’ladi.
Asosan uchta bosh –markaziy, yonbosh va tepa –ensa egatlar har bir yarim sharni to’rtta: peshona, tepa, ensa va chakka bo’laklarga bo’ladi.
Markaziy egatni oldi tomonida peshona bo’lagi yotadi. Tepa bo’lagi old tomonidan markaziy egat bilan, ort tomondan tepa-ensa, pastdan-yonbosh egatlar bilan chegaradoshdir. Tepa – ensa egatining ortida ensa bo’lagi turadi. Chakka bo’lagi yuqoridan chuqur yonbosh egati bilan chegaralanadi. Chakka va ensa bo’laklari orasida keskin biron chegara yo’q. Miyaning har bir bo’lagi o’z navbatida egatlar bilan qator chigalliklarga bo’linadi.