Normurodova m. A. Yosh fiziologiyasi fanidan


Fanning asosiy vazifa va maqsadlari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/71
tarix07.01.2024
ölçüsü0,63 Mb.
#206858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
маъруза матнлари

2.Fanning asosiy vazifa va maqsadlari
Yoshga oid fiziologiya –odam va hayvonlar umumiy fiziologiyasining bir bo’limi hisoblanadi. U bir butun organizm uning qismlari-sistemalari,organlari, hujayralari hayot faoliyatini yosh nuqtai nazardan, shuningdek, organizmning hayot faoliyati sabablari, mexanizmlari va qonuniyatlarini xamda uning tashqi muhit bilan o’zaro ta’sirini o’rganadi.
Fanning asosiy vazifasi odam va hayvonlar asab tizimi faoliyatining va organizmning o’ziga xos fiziologik qonuniyatlarini ochishdan iborat,qaysiki, organizmni barcha hayotiy ko’rinishlarini va eng avvalo moddalar va energiya almashinuvi, ruhiyat va xulq-atvorni boshqarish tadbirlarini ishlab chiqish uchun zarur.Shu bilan birgalikda yosh fiziologiyasi fani odam ontogenezining turli davrlarida sodir bo’ladigan fiziologik o’zgarishlarni,o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini,bolalik va o’smirlik davrlarida yuzaga keladigan fiziologik jarayonlarni,o’z navbatida ana shu davrlarda organizmda yuzaga keladigan kasalliklar xamda ularni oldini olish choralarini o’rgagnishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan.
Fiziologiya fani quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi: 1) tirik organizmdagi mo’tadil funksiyalarni tinimsiz ravishda o’zgaruvchan va rivojlanuvchi sharoitga bog’liq holda bajarilish qonunlarini o’rganadi; 2)tirik organizmning funksiyalari tarixiy, filogenetik, xususiy va ontogenetik rivojlanishini va ularning o’zaro bog’liqligini o’rganadi.
Yosh fiziologiyasi, fan sifatida, embriologiya, anatomiya, gistologiya, biofizika, biokimyo, sitologiya, genetika kabi fanlar bilan ham chambarchas bog’liq hisoblanadi va ushbu fanlar yutuqlaridan foydalanib boradi.
3.Yosh fiziologiyasi fani tarixi Yosh fiziologiyasi bo’yicha qadimda ham ko’plab olimlar yirik asarlar yaratishgan va ilmiy izlanishlar olib borishgan. Masalan, tabobat ilmining yirik vakili –Buqrot eramizdan oldingi IV-asrda «Bola tabiati» haqida deb nomlangan kitob yozgan.IX-X asrlarda esa O’rta Osiyodan etishib chiqqan, Ibn Sino, Beruniy, al Farobiy, Najimitdin Samarqandiy kabi olimlar, Sharqdan Abu Bakr Roziy kabi etuk olimlar o’zlarining tibbiyotga bo’lgan qiziqishlari bilan ajralib turishgan. Jumladan Abu Bakr Roziy «Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi» deb nomlangan yirik asarida bola tarbiyasi, bolalar va chaqaloqlarni to’g’ri ovqatlantirish qoidalari haqida so’z yuritilgan.Undan tashqari Roziy «Bolalar kasalliklari» degan asar ham yaratgan. Bobokalonimiz Ibn Sinoning mashxur «Tib qonunlari» asarida bolalarda tomir urushi (puls)ning o’ziga xosligi, bolalar va o’smirlarda ko’p uchraydigan ichki, yuqumli kasalliklar va ularni davolash usullari ko’rsatib o’tilgan.
Yosh fiziologiyasi fanining rivojlanishiga rus olimlari ham katta hissa qo’shishgan. Jumladan Filatov N.F, Maslov M.S, Pavlov I.P.,Sechenov I.M. kabi olimlar shular jumlasidandir. Hozirgi kunda O’zbekistonda yosh fiziologiyasi fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan olimlar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Jumladan U.Z.Qodirov, S.Sh.Shamsiev,Oripov kabi olimlarimiz yosh fiziologiyasi sohasida ulkan ishlarni amalga oshirishganlar.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin