Normurodova m. A. Yosh fiziologiyasi fanidan


-rasm. Uzoqni ko’ruvchi (1), mo’tadil (2) va yaqinni ko’ruvchi (3) ko’zlar



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə32/71
tarix07.01.2024
ölçüsü0,63 Mb.
#206858
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71
маъруза матнлари

25-rasm. Uzoqni ko’ruvchi (1), mo’tadil (2) va yaqinni ko’ruvchi (3) ko’zlar
refraksiyasining chizmasi
Yaqindan ko’radigan o’quvchilar albatta shifokor maslahati bilan ko’zoynak taqishi kerak. Bog’cha bolalari avval narsaning shakliga, o’lchamiga, so’ngra rangiga ahamiyat beradi. Ular ranglarni asta-sekin ajrata boradi. Qiz bolalarning rang ajratish qobiliyati o’g’il bolalarnikiga qaraganda yaxshi rivojlangan bo’ladi.



26-rasm. To’r pardaning tuzilishi.
1-pegmentli qatlam; 2-tayoqchalar; 3-kolbachalar; 4-bipolyar neyronlar; 5-gorizontal hujayralar;
6-amakrinli hujayralar; 7-gangleonar hujayralar. To’r parda qatlamlari punktir chiziq bilan belgilangan.
Odam ko’zining o’tkirligi yoshi kattalashgan sari o’zgara boradi. Bolalar va o’smirlar ko’zining o’tkirligi kattalarnikiga nisbatan yuqori bo’ladi. Gigiyena talablariga ko’ra, o’qiyotgan yoki yozayotgan vaqtda xonaga yorug’lik chap tomondan tushishi, kitob bilan ko’zning orasi 30-35-40 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Anna shunda ko’z charchamaydi va o’tkirligi normal saqlanadi.
Ko’ruv gigiyenasi. Yaqindan va uzoqdan yaxshi ko’rmaslik har xil sabablarga bog’liq bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda uzoqdan ko’rish uchraydi. Odatda, maktab yoshidagi bolalarda yaqindan ko’rish ko’p uchraydi. Yaqindan ko’rish yotib o’qish yoki juda yegilib o’qish tufayli kelib chiqadi, chunki doim yotib o’qiganda, yegilganda ko’zga qon to’lishi ortadi, bosimi ko’tariladi, natijada ko’z soqqasi kattalashadi va fokus oralig’i o’zgaradi. Yorug’lik yetarli bo’lmaganda ham kipriksimon muskullar uzoq vaqt davomida qisqarib turadi va gavharning nur sindirish xossasi ortadi. Partalar, sinf doskasi, ish joyi yetarli darajada yoritilmaganda esa o’quvchilar yaqindan ko’radigan bo’lib qoladi. Ishlab chiqarishda mayda detallarni uzoq muddat qayta ishlash, mayda harflarni terish kipriksimon muskullarni qattiq charchatadi va yaqindan ko’rishga sabab bo’ladi.
Yaqindan ko’radigan o’quvchilar albatta shifokor maslahati bilan ko’zoynak taqishi kerak. Bunday bolalarni yorug’lik yaxshi tushib turadigan oldingi partalarga o’tqazish zarur.
Gigiyena talablariga ko’ra, o’qiyotgan yoki yozayotgan vaqtda xonaga yorug’lik chap tomondan tushishi, kitob bilan ko’zning orasi 30, 35, 40 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Ko’zning zo’riqib ishlashiga aloqador mashg’ulotlarda (rasm chizish, applikasiya) ko’z charchamasligi uchun bolalarni vaqti-vaqti bilan boshqa ishga chalg’itib turish kerak. Ana shunda ko’z charchamaydi va o’tkirligi normal saqlanadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin