Norqulov Mirzayusuf Ne’matulla o’g’lining



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/34
tarix02.01.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#44987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Norqulov

KIRISH


Ta’limning sifati va uni tashkil etish usuli o’qituvchining mahoratiga, talabaning xohish-istagiga, qobiliyati va bilim darajasiga bog’liq. Ta’limning natijasi bilim bilan belgilanadi. Bilim ob’ektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in’ikosi, inson miyasidagi mushohada va tasavvurlar natijasida hosil bo’ladigan tushunchalar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi.

2020 yil 24-sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasinig 637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining qoidalariga muvofiq ta’limni sifat va mazmun jihatidan yangi darajaga ko‘tarish vazifasini belgilab quyildi. Shu bois, vatanimizning buyuk kelajagini yaratuvchi barkamol avlodni, yangi zamon, yangi jamiyat kishisini tarbiyalashdek o‘ta mashaqqatli va ayni zamonda sharafli ish shu kunning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoldi. Har bir o‘qituvchi mutaxassis sifatida o‘z fanini ilmiy va nazariy jihatdan chuqur o‘zlashtirgan, pedagogik-psixalogik hamda metodik bilim ko‘nikma va malakalarni egallagan, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor, ularni ta’lim jarayoniga qo‘llay olish malakalariga ega bo‘lishi lozim. Uni amalga oshirish fidoyi o‘qituvchilar zimmasiga yuklanadi.

Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar matematika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda.

Ta’limning barcha bosqichlarida matematika fanini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining ko‘lamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlashga katta eʼtibor berilmoqda.

Shunday ekan bugungi kunda zamonaviy talablar asosida matematika fani o‘qituvchilari tayyorlash jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirish asosiy masala hisoblanadi.

Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Bunday haqiqatni hechqachon unutmaslik zarur chunki bir yurtda unib-o‘sib o‘zimizdan yaxshi nom qoldirishimiz uchun bularning hammasi zarur.

O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi, o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini tanlab olishi, kadrlar tayyorlash tuzilmasini, uning mazmunini qayta tashkil etish, takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi.

Shu zaruratdan kelib chiqib bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va unga aloqador me’yyoriy hujjatlar, ta’lim standartlari qabul qilindi. 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni qabul qildi.

Milliy dasturda kadrlar tayyorlashning mavjud tizimi, ahvoli va muammolari sistemali tahlil etilib, uning qayta isloh qilinishi va yangi modeli yaratilishi zarurati asoslab berilgan. Milliy dasturning maqsadi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini barpo etish strategiyasini hamda asosiy yo‘nalishlarini, uning kompanentlarini: shaxs, jamiyat va davlat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishning vazifalarini hal etishni nazarda tutadi.

Oliy ta’lim oldida turgan muhim vazifa tayyorlanadigan mutaxassislar saviyasini yuqori pog‘onaga ko‘tarish, ilg‘or texnologik jarayonlarga suyanib ish ko‘ruvchi, fanni ichlab chiqarish bilan bog‘lovchi milliy dastur talablariga to‘liq javob bera oladigan yetuk kadrlar tayyorlashdan iboratdir.

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy xuquqlaridan biri bilim lish, ijobiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mexnat qilish huquqi ro‘yobga chiqariladi.

Ilmiy-texnika taraqqiyotida kimyoning ahamiyati katta. Bundan tashqari, kimyo xalq xo‘jaligining hamma sohalariga kirib bormoqda, foydali qazilmalar qazib olish, metallar va xalq xo‘jaligida zarur bo‘lgan metallarning qotishmalari yaratishda kimyo yutuqlaridan keng foydalanilmoqda.Qishloq xo‘jaligining mahsuldorligi ham ko‘p jihatdan kimyo sanoatiga bog‘liqdir.

Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modenizatsiya qilish, tehnik va texnologik yangilanish, uning raqobatbardoshligini keskin oshirish, eksport saloxiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustivor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Dasturga yoqilg‘i energetika, kimyo, neft-gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlari, to‘qimachilik sanoati, qurulish materiyallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalar kiritilgan.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin