Mavzuning dolzarbligi va kurs ishining maqsadi. Kimyo fani xozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining barcha sohalariga kirib bormoqda. Bugungi kunda har bir kimyoviy reaksiya sanoat ahamiyatiga ega bo‘lib bormoqda. Shulardan nitrobirikmalar olish va hossalariga oid reaksiyalari ham alohida ahamiyat kasb etadi.Organik kimyoda o‘rin olish reaksiyalari juda ko‘p uchiraydi.Ayniqsa aromatik uglevodorodlardagi o‘rin olish reaksiyalari xam nazariy, xam amaliy jihatdan alohida o‘rin tutadi. Chunki aromatik uglevodorodlarni o‘rin olish reaksiyalaridan olingan hosilalar va birikmalarning amaliy ahamiyati kattadir. Masalan bo‘yoqlar ishlab chiqarishda, qishloq xo‘jaligi uchun pesditsidlar, tibbiyotda turli dorivor moddalar olishda ushbu reaksiyalardan foydalaniladi. Shunday ekan, aromatik uglevodorodlardagi o‘rin olish reaksiyalarini mexanizimini takomillashtirish orqali kimyo sanoati texnologik jarayonlari samaradorligini oshirish hozirgi zamon organik kimyo fanining dolzarb muammolaridan biridir. Bundan tashqari yosh avlodni zamonaviy fan asoslari bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan yuqori darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlari hamda oily ta’lim muassasalari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Ana shu mulohazalarga asoslanib, ushbu kurs ishida biz aromatik uglevodorodlardagi o‘rin olish reaksiyalari haqidagi adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.